DOSTON TILINING FONETIK XUSUSIYATLARI Doston tilida asosan 9ta unli, arab-fors so’zlaridagi ā bilan birgalikda 10 ta unli qo’llangan : a,ā, ә, o, ө, u, ү, i, ы, ye (e). Bunda alif a, ā, i, ы, u, ү, o, өunlilarini yoy i, ы, ye (e), ā, unlilarini Vov esa u, ү, o, ө unlilarini, hoyi havvaz e, a unlilarini ifoda qilishda qatnashgan. Bu transkripsiya beyagilarining izohi o’zbek tilining tarixiy grammmatikasiga oid asarlarda berilganligi tufayli ularga maxsus to’xtalmasdan dostondan quyidagi misollarni keltirish bilan chegaralanamiz:
Ataga kim bu yanlыg’ qilsa xizmat
Oz oglshsh anshtek tapg’a izzat (141)
Adl belgusi bilgurdi ozindә,
Jahan tutmaq nishanm ham yuzindә. (141)
27 Bu kichik matnda yuqoridagi barcha unlilar aks etgan.
Adabiyotlarda (dz) -d undoshining turkiy tillarda qo’llanishi
haqida aynan bir xil fikr bayon qilinadi, ya’ni bu undoshning qadimgi turkiy tilda bo’lmaganligi, lekin turkiy urug’lardan biri bo’lgan chigillar dialektiga xos ekanligi aytiladi va d-d-ztaraqqiyoti ko’rsatiladi. Haqikatan ham, qadimgi turkiy til bo’yicha yaratilgan darsliklarda (dz) undoshi haqida ma’lumotlar uchramaydi. Ayrim ishlarda undoshining paydo bo’lishi XI—XII asrlar bilan belgilanadi.
Savol va topshiriqlar: 1. XIV asrdagi tarixiy jarayon va adabiy til an’anasi haqida gapirib bering.
Bu davrning tayanch dialekti deganda nimani tushunasiz?
5. X1-X1U asrlarda adabiy tilning «Qoraxoniylar», «Oltin O’rda» va «Chig’atoy» nomlari bilan atalishi va uning sabablari nimadan iborat. Bu davr yozuv yodgorliklarini sanang.
Tayanch tushunchalar: Karluq-xorazm adabiy tili- qoraxoniylar davlati hukmronligi tugagandan keyin vujudga kelgan adabiy til bo’lib, bu til mo’g’ullar istilosidan so’ng ikki bir-biriga yaqin bo’lgan adabiy tillarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Ulardan biri Oltin O’rda yoki Xorazm adabiy tili va ikkinchisi Chig’atoy ulusining tili. Oltin O’rda adabiy tili – XII-XIV asrlarda Xorazmni ham qo’shib olgan Oltin O’rda davlati tuziladi. Oltin O’rdaning bir qismi bo’lgan Xorazmda adabiy til qipchoq-o’g’uz tili elementlari asosida rivojlandi. Shuning uchun Oltin O’rda sikliga kiruvchi yodgorliklarni ko’pchilik adabiyotlarda Xorazm yodnomalari deb ham yuritiladi.
Chig’atoy adabiy tili – Mo’g’ullar istilosi natijasida tuzilgan davlat Chig’atoy davlati deb yuritila boshlandi. Chig’atoy adabiy tili ilmiy adabiyotlarda qoraxoniylar davrida tashkil topgan qarluq-chigil-uyg’ur va g’arbiy xorazm tilining davomi hamda taraššiy etishi natijasida paydo bo’ldi, deb e’tirof etiladi.