2. Etiket
Axloqiy m adaniyat yaqqol k o ‘zga tashlanadigan m u n o sab atlar
ko'rinishidan biri, bu — etiket. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini,
o ‘zaro munosabatlardagi o'zini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini
boshqaradi. Agar muomala odobida inson o ‘z munosabatlariga ijodiy
yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil m uom ala qilish im koniga
ega bo'lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib
q o ‘yilgan xatti-harakatni taqozo etadi.
Etiketning qamrovi keng, u, m a’lum m a’noda, xalqaro miqyosda
qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o ‘z ichiga oladi. M asalan,
siyosiy arbob etiketi, mehm ondorchilik etiketi va h.k. Etiketga rioya
qilishning mumtoz nam unasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko‘rib
tu ra m iz . P re z id e n tim iz Islom K arim ov g a xo rijiy m a m la k a tla r
elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. U nda
faqat bir xil holat, xalqaro miqyosda o'rnatilgan qoida hukm ron. U ni
Prezidentning ham , elchilarning ham buzishga haqqi yo‘q. Yoki ju d a
oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni o ‘ng
q o ‘lda sanchiqni chap qo‘lda ushlash zam onaviy m ehm ondorchilik
etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi — uni buzish atrofdagilarda
hayrat va istehzo uyg'otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan,
q a t’iylashtirilgan muom ala odobi deyish ham mumkin.
Etiketning bunday zamonaviy ko‘rinishlari bilan birga, shunday
m illiy-an’anaviy shakllari ham borki, ularsiz millat madaniy hayotini
tasaw u r qilish qiyin. M asalan, salomlashish odobini olib ko'raylik.
Etiketning bu turiga ko‘ra, ko‘chadan o ‘tib ketayotgan odam , k o ‘cha
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'yida o‘tirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda
o ‘ng qo‘l chap ko‘krakda, yurakning ustida turishi, bosh esa yengil
ta ’zimga egilishi lozim. Ko‘rishish etiketida esa qo‘lning uchini berib
salomlashish ko‘rishayotgan odamga nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikm
bildiradi - odobdan emas. Ko‘rishganda yosh yoki martaba nuqtayi
nazaridan katta kishi birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi lozim; ayollar bilan
k o ‘rishganda ham erkak kishi to m o n d an shunday etiket qoidasi
bajarilmog‘i talab qilinadi.
Milliy m entalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga
ega. To‘y marosimida, xususan, qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh
kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap tom onda tu tib,
to ‘yxonaga boshlab kirishi va h.k. etiket qonun-qoidalari to liq bajarilishi
lozim. Yoki aza marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to n va
d o ‘ppi kiygan, belbog‘ bog‘lagan holda, qo‘l qovushtirib, boshni bir
yonga quyi tutgan tarzda kutib olish qat’iy qoidaga asoslanadi. Bular,
bir qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat, rasm-rusumlardan
farqi yo‘q ekan, degan taassurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg‘on
taassurot. C hunki udum , odat, rasm -rusum lar muayyan darajada
erkinlikka ega, b a ’zan ularni bajarmaslik ham mumkin. Lekin etiketda
buning imkoni yolq — etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega.
Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob bilan go zallikning
uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli
xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Demak, etiket estetika
bilan ham bog‘liq, aniqrog‘i, o‘zni tutish estetikasi talablariga javob
beradi.
Shunday qilib, etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha
ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ко zini
quvontiradigan muom ala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl axloqiy
asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo ladi.
etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o ‘z xohish-ixtiyoriga qarshi
ish ko‘rayotgan b o ‘lishi ham mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning
bir ko‘rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa shoshilib, darvozadan
chiqdingiz, deylik. R o‘parangizda tanishingiz yoki qo shningiz uchraydi.
Siz ko'rishib, hol-ahvol so‘rashib, so‘ng sharqona etiketga rioya qilib
Uni: «Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb
ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini aslo
istamaysiz, vaqtingiz yo‘q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni
o ‘ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o ‘z istagingizga qarshi, etiket-
www.ziyouz.com kutubxonasi
mulozamat yuzasidan yolg‘on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham na
chora — munofiqlik qilasiz. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket
shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda b o ‘lmasin,
bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga o ‘rgatishi bilan aham iyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |