Abdulla sher axloqshunoslik


Ясперс К. «Смысл» и назначение истории. М ., Политиздат, 1991. С. 454



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209
1 Ясперс К. «Смысл» и назначение истории. М ., Политиздат, 1991. С. 454.
172
www.ziyouz.com kutubxonasi


degani emas. U barcha odam lar uchun m as’uldir. Biz, inson o ‘zini- 
o ‘zi tanlaydi, deganimizda, harbirim izning o ‘zini-o‘zi tanlashini nazarda 
tutamiz, biroq, shu bilan birga, biz o ‘zimizni tanlar ekanmiz, barcha 
odamlarni tanlaymiz, degan gapni ham aytishni xohlaymiz»1. Zero, 
о zimizni tanlashim iz, qanday holda b o ‘lmasin, biz hech qachon 
yovuzlikni tanlam aym iz, ayni p ay td a, bu tanlov tan lo v im izn in g
qadriyatini barqaror etishni taqozo qiladi. Bizning tanlovimiz esa ezgulik 
bo lishi shubhasizdir. Lekin, shuni aytish kerakki, hamma uchun ezgulik 
hisoblanmagan narsaning biz uchun ezgulik bo‘lishi m um kin emas. 
Bizning mas’uliyatimiz butun insoniyatga taalluqli, taxmin qilganimizdan 
ancha katta. Biz o ‘zimiz uchun ham , ham m a uchun ham javobgarmiz 
va о zimiz tanlagan muayyan inson qiyofasini yaratamiz; o ‘zimizni 
tanlash bilan biz umuman insonni tanlaymiz.
Sartr xavotir hissi haqida batafsil to ‘xtaladi. Yolg‘on gapirayotgan 
odamlar baribir xavotirlanib turadilar. Chunonchi, ko‘pincha odam lar 
o ‘zlarining harakatini faqat o'zlarigagina taalluqli deb o'ylaydilar, ulardan 
agar hamma shunaqa qilganda, nim a b o ‘ladi, deb so'rasalar, ham m a 
ham bunday qilavermaydi-ku, deya javob beradilar. Lekin «H am m a 
shunaqa qilsa nima boMadi»? deb doim o so‘rash o ‘rinli. Bu savoldan 
faqat yolg'on ishlatibgina qochish m um kin, ya’ni, aldayotgan kishi, 
hamma shunday qiladi-ku, deb o ‘zini oqlashga urinadi, o ‘z vijdoniga 
xilof yo 1 tutadi. Zero, sodir etilgan bu yolg'on yolg‘onga universal 
qadriyat darajasi berilayotganini bildiradi. Yolg‘onni sodir etgan odam 
garchand xavotirini yashirsa-da, uning mavjudligini sezib turadi. H ar 
bir inson o ‘z-o ‘ziga: «Haqiqatan ham qilmishlarimdan butun insoniyat 
namuna oladigan tarzda harakat qilishga haqqim bormi»? deyishi kerak. 
Agar о ziga shu savolni bermasa, u o ‘z xavotirini o ‘zidan yashirgan 
bo ladi. Bu, qay darajadadir, m as’uliyatni o ‘z bo‘yniga olgan h ar bir 
kishiga m a’lum bo'lgan xavotirdir.
Sartr shu о rinda harbiy boshliqni misol qilib keltiradi: u hujum ga 
buyruq berib, odamlarni oMimga yo‘llar ekan, javobgarlikni o ‘z b o ‘yniga 
oladi, ya’ni mohiyatan bir o ‘zi qaror qabul qilgan b o ‘ladi. A lbatta, 
yuqoridan berilgan buyruqlar bor, lekin ular juda um um iy va aniq- 
ravshan izohlashni talab etadi. Bunday izoh mazkur harbiy boshliqdan
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqadi; bir necha, o ‘nlab yoki yuzlab kishining hayoti ana shu izohga 
bog‘liq. Harbiy boshliq qaror qabul qilar ekan, m a’lum bir xavotirni 
ko‘ngildan o ‘tkazmasligi m um kin emas. Shunday xavotir barcha 
rahbarlarga xos. Lekin rahbarlarning harakatiga u xalaqit bermaydi, 
aksincha, ko‘pdan ko‘p, turli imkoniyatlar borligini bildiradi va harakat 
shartini tashkil etadi. Xavotir, demak, bizni harakatdan ajratib turadigan 
to ‘siq emas, balki o ‘sha harakatning bir qismidir.
Erkinlikka faqat holatdagi erkinlik sifatida qarab fikr yuritar ekan
Sartr 
o ‘zga 
muammosini o ‘rtaga tashlaydi. M en, deb yozadi faylasuf, 
m a’nosi o ‘zgalar tom onidan belgilangan olamga itqitilganman. Men 
harakat qilayotgan va narsalarga m a’ni bag'ishlaydigan bu olamda 
narsalarning m a’nisi o ‘zgalar tom onidan allaqachon belgilab qo yilgan. 
Bu mening erkim uchun muhim, zero, ma’nisi bor narsa mening oldimga 
aniq maqsad va talab qo‘yadi. Shaharlar, uylar, tramvaylar — bularning 
hammasi m a’niga yo‘g‘rilgan narsalardir; ular menga m a’lum harakat 
tarzini belgilab beradi: uyda yashash, ko‘chada yurish, tramvayga minish 
va h.k. Bir so‘z bilan aytganda, 

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin