Abdulxakimov a. B



Yüklə 162,28 Kb.
səhifə4/34
tarix17.02.2023
ölçüsü162,28 Kb.
#84678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
5-10 sinflar uchun nazorat ishlari (@geoedu uz)

Javob: Mobilizm

  1. NAZORAT ISHI

Mavzu: Dunyo okeani
Nazorat shakli: Test sinovi


9





  1. Dunyo okeanining umumiy maydoni qancha?

A) 361 mln.km.2; C) 149 mln.km.2;
B) 180 mln.km.2; D) 510 mln.km.2.


  1. Dunyo okeani atamasini fanga qachon, qaysi olim kiritgan?

A) 1917-yil Y.M. Shokalskiy; B) 1520-yil F. Magellan;
C)1492-yil X. Kolumb; D) 1960-yil J. Pikar.

  1. Buyuk geografik kashfiyotlar qaysi okeandan boshlangan?

  1. Atlantika; C) Tinch;

  2. Hind; D) Shimoliy Muz okeani.

  1. Dunyo okeanida jami nechta dengiz ajratilgan?

A) 56 ta; B) 67 ta; C) 75 ta; D) 33 ta.

  1. Eng ko‘p dengizlar qaysi okeanda joylashgan?

  1. Tinch; C) Atlantika;

  2. Hind; D) Shimoliy Muz okeani.

  1. A. Vegener fikricha, bundan 200 mln yil avval qanday materik va okean bo‘lganini ayting.

A) Gondvana va Tetis; B) Lavraziya va Tinch okeani;
C)Yevrosiyo va Paleotind; D) Pangeya va Pantalassa.

  1. Okean suvlari necha °C da muzlaydi?

A) -2°C; B) -4°C; C) -10°C; D) -12°C;

  1. Bering, Oxota, Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy dengizlari qaysi okeanga tegishli?

A) Atlantika; B) Hind; C) Tinch; D) Shimoliy Muz okeani.

  1. Tayfun shamollarining tezligi eng ko‘pi bilan soatiga necha km gacha boradi?

A) 30 km/s; B) 50 km/s; C) 70 km/s; D) 100 km/s.


  1. Kurosio oqimi qaysi okeanda vujudga keladi?

  1. Hind okeani; C) Tinch okean;

  2. Shimoliy Muz okeani; D) Atlantika okeani.

Test raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10


10




Javob

A

A

A

B

A

D

A

C

D

C


Javobi yoziladigan testlar
11.1960-yil „Triyest” batiskafida qaysi okean botig‘i aniqlangan?
Javob: 1960-yilda fransuz Jan Pikar Mariana cho‘kmasini zabt etdi.

  1. .Hozir Dunyo okeanida qancha hayvon va o‘simlik turi mavjud?

Javob: Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida o‘simlik turi mavjud.

  1. .Nektonlar qanday organizmlar?

Javob: Nektonlar - erkin ko‘chib yuruvchi organizmlar bo‘lsa, planktonlar suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlardir (fitoplankton va zooplanktonlar).

  1. .Hozir Dunyo okeani sohilida qancha dengiz port-shaharlar mavjud?

Javob: Hozir Dunyo okeani sohillarida 2700 ta dengiz port - shaharlari mavjud.

  1. . Dengiz turizmidan olinadigan daromad qancha dollarni tashkil etadi?

Javob: Undan tushgan yillik daromad 220 mlrd. dollar ($)ni tashkil etgan.
3-NAZORAT ISHI
Mavzu: Afrika materigi
Nazorat shakli: Amaliy topshiriq
I variant.

  1. Afrika materigini 20° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho‘zilganligini gradus va km larda hisoblang.

Javob: 20° meridian yoyi bo‘ylab Afrikaning chekka shimoliy nuqtasi 32° shimoliy kenglikdan, janubi esa 35° janubiy kenglikka to‘g‘ri keladi. Bu ikki nuqta ikki xil yarimsharda joylashganligi sababli ular o‘zaro bir-biriga qo‘shiladi, ya’ni 32°+35°=67°. Demak, 20° meridian yoyi bo‘ylab Afrika materigi shimoldan janubga 67° ga cho‘zilgan. Endi uni km larda ifodalaymiz. Buning uchun bizga 1° meridian yoyining o‘rtacha


11




uzunligining qiymati kerak bo‘ladi. Bu qiymatda 1° meridian yoyining o‘rtacha uzunligi 111,1 km ga teng. Bundan 67x111,1 km = 7443,7 km. Afrika materigi 20° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga 67° ga cho‘zilgan. Bu o‘rtacha 7443,7 km ni tashkil etadi.

  1. Materikning quyida berilgan iqlim xususiyatlariga ega bo‘lgan hududlari iqlim mintaqalari qanday nomlanadi?

ushbu hudud ekvatorning har ikkala tomonida joylashgan. Yil bo‘yi harorat yuqori va yog‘inlar miqdori ko‘p (1500-1800 mm) bo‘ladi. Ayrim joylarga 10.000 mm gacha, o‘rtacha yillik va oylik harorat 26°С ga teng;
hudud yuqori atmosfera bosimi oblastida joylashgan. Passatlar uzoq davom etadi. Yog‘inlar 100 mm dan kam. Bu yerda yanvar oyining o‘rtacha harorati 10°C, iyul oyiniki esa 38°C.

Yüklə 162,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin