Subtropik mintaqa Masala. Livan shahrida yanvar oyining o‘rtacha harorati -43,3°C, iyul havo harorati +19,1°C. Yillik havo haroratini o‘zgarish amplitudasini aniqlang.
Javob: agar haroratlar ko‘rsatkichi ikki xil (musbat va manfiy) bo‘lsa bu haroratlarni kattasidan kichigi ayriladi. Ya’ni +19,1°C - (-43,3°C) = +19,1°C +43,3°C= 62,4°C; NAZORAT ISHI
Mavzu: Afrika suvlari va tabiat zonalari Nazorat shakli: Test topshiriqlari Afrikaning oqmas ko‘lini belgilang.
A) Viktoriya; B) Tanganika; C) Nyasa; D) Chad. Sersuvligiga ko‘ra Amazonkadan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi daryo qaysi?
A) Missisipi; B) Nil; C) Kongo; D) Dunay. Uzunligiga ko‘ra Afrikaning ikkinchi daryosini aniqlang.
A) Kongo; B) Zambezi; C) Nil; D) Niger. Oq Nil qaysi ko‘ldan oqib chiqadi?
A) Chad; B) Nyasa; C) Viktoriya; D) Tanganika. Nil daryosi qaysi tog‘lardan boshlanadi?
A)Drakon (Ajdaho), Atlas tog‘lari; B) Efiopiya tog‘ligi, Tibesti tog‘ligi; C) Sharqiy Afrika yassi tog‘ligi, Efiopiya tog‘ligi;