Abdumannonov Sardor 730-23 guruh Falsafa fanidan mustaqil ish Mavzu: Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar Reja:
1. Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati.
2. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
3. Haqiqat tushunchasi. Haqiqatning turlari. Bilishda amaliyotning o‘rni
4. Falsafa metodlari. Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo
tadqiqot metodlari. Hozirgi zamon metodologiyasi.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi. Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng oliy darajasidir. Bilish va bilim to‘g‘risida so‘z yuritganda o‘rta asrlardagi kabi bilim va e’tiqodni qaramaqarshi qo‘yish yaramaydi. E’tiqod – moddiy va ma’naviy dunyo narsalari, jarayonlari va hodisalarini dalil-isbotsiz bilish demak. «Men Xudoning borligiga ishonaman»; «men yaqinda bahor kelishiga ishonaman»; «men o‘z ishimning muvaffaqiyatiga ishonaman» va h.k. va sh.k. E’tiqod – bu insonning ishonchi. Bilim bizga aniq-ravshan ko‘rinib turadigan narsalarni kashf etish imkonini bersa, e’tiqod, ishonch insonga hozircha ko‘rinmaydigan sirli narsalarni aniqlashga yordam beradi. Shu tariqa e’tiqod bilish jarayonida faol ishtirok etadi va uning muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir vaqtda, zamirida aqlning so‘qirligi, mutaassiblik va insonning kuchsizligi yotuvchi soxta e’tiqod ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim. Bilish – inson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni u bilish muammolari va vazifalarini qo‘yish va echish yo‘li bilan, izchil anglab etadi. Axborot miyaning mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2 2 4) kasb etadiki, bu unga ishlov berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.