savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash mumkin: optimizm, agnostitsizm va skeptitsizm. Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. YUzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi. Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan