Abdumannonov Sardor 730-23 guruh Falsafa fanidan mustaqil ish Mavzu: Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar



Yüklə 63,27 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2024
ölçüsü63,27 Kb.
#205708
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Bilish

o‘zaro nisbati
o‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish
bilan shug‘ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz,
ongning o‘z-o‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri
natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda
ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni
kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida
turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning
moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z
muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada
sinalganmi? degan «oddiy» masalani echishdan iborat: Bu savolga javob
izlash va masalaning echimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana:
bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor
etuvchi ratsionalizm to‘qnashadi.
Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik,
uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar
mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik
mavjud emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm
surishini ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon,
Avgustin va ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga
xos tug‘ma g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd
etadilar; boshqa, mo‘‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf,
Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da,
biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida

Yüklə 63,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin