EKLEKTIKA. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir- biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir. Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib, inson psixikasidagi an’analar, ko‘nikmalar, intilishlarni bo‘rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga tayanadi. SINERGETIKA. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda. Sinergetika so‘zi yunoncha ("sinergena") bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha sinergetika hamkorliqdagi harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qilinadi. Asosiy adabiyotlar manbalari:
Asosiy adabiyotlar:
1. Falsafa. Axmedova M. Tahriri ostida.-T.: UFMJ, 2006.
2. Falsafa. Mamashokirov S. Tahriri ostida. -T.: Sharq, 2005.
3. Shermuxamedova N.A. Falsafa.-T.: Noshir, 2012. -1207 b.
4. Shermuxamedova N.A. Gnoseologiya-bilish falsafasi-T.: “Noshir”, 2009.
5. Shermuxamedova N.A. Falsafaga kirish.-T.: Noshir, 2012. 320 b.
6. Shermuxamedova N.A. Borliq va rivojlanish falsafasi.-T.: Noshir, 2013,
720 b
7. Shermuxamedova N.A. Inson falsafasi.-T.: Noshir, 2017. 460-b. 8.
Иззетова Э., Пўлатова Д. Философия.-Т.: Шарқшунослик, 2012. 340-б
9. Sharipov M. Fayzixo‘jaeva D. Mantiq. -T.: Universitet, 2007.