Abduqayumova mukammalxonning materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanidan


Yevrosiyoning tabiiy geografik rayonlarnig ichki suvlari va iqlimi



Yüklə 41,06 Kb.
səhifə4/7
tarix29.11.2022
ölçüsü41,06 Kb.
#71092
1   2   3   4   5   6   7
“Avstraliya materigiga umumiy tasnif”

1.2.Yevrosiyoning tabiiy geografik rayonlarnig ichki suvlari va iqlimi.
Ichki suvlarini yer usti va yer osti suvlariga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ularning geografik joylashishi birinchi navbatda iqlim va relyefga bog‘liq. Yer usti suvlari daryo, ko‘l va muzliklar, suv omborlari va kanallardan tashkil topgan. Eng yirik sersuv daryolar mo‘'tadil va musson iqlimli o‘lkalarda joylashgan. Ular Sharqiy Yevropa, G‘arbiy va O‘rta Sibir, Uzoq Sharq, Janubi-sharqiy Osiyo o‘lkalaridan oqib o‘tadi. Quruq iqlimli o‘lkalarda daryolar ancha siyrak. Yevrosiyo daryolari suvlarini beshta havzaga quyadi. Bular - Shimoliy Muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari havzalari hamda berk havzadir. Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga, Dnepr, Hind, Gang yirik daryolardir. O‘lkamizdagi Amudaryo va Sirdaryo, Yevropadagi Volga berk havzaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Qurg‘oqchil o‘lkalarda daryolar siyrak, nam iqlimli o‘lkalarda esa zich joylashadi. Shimoliy muz okeaning Yevrosiyodan shimoliy-g`arbda va shimolda joylashgan orollari tabiati bir qancha umumiy belgilarga ega bu umumiylik ularning arktika va subarktika mintaqalarida joylashganligi bilanbog’liq. Bu teritoriya tabiatining tafovutlari esa ularning paydo bo`lishi,strukturasi va relefi,shuningdek qaysi sektorda joylashganligi bilan bog`liq xolda yuzaga kelgan.Arktikaning Atlantika sektori Shimoliy Atlantika oqimi tarmog`ining tufayli iqlim nisbatan yumshoq ekanligi bilan ajralib turadi. Sharqqa tomon iqlimning kontenentalligi va arktika tabiiy sharoitining og`irligi ortib boradi
Yevrosiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra to‘rt tipga bo‘linadi: yomg‘ir, qor, muz va yer osti suvidan to‘yinuvchi daryolar. Lekin daryolar ko‘pincha aralash holda to‘yinadi. Masalan, yomg‘ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va yer osti suvlaridan, yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi.
Daryolarning suv rejimi va to‘yinishi yil fasllariga bog‘liq. Masalan, daryolar yozda qurg‘oqchil joylarda tog‘lardagi qor va muzlarning erishidan, musson iqlimli o‘lkalarda yomg‘irdan, mo‘'tadil mintaqada bahorda qorning erishidan va yomg‘irdan, nam subtropiklarda hamda ekvatorial mintaqada yil davomida yomg‘irdan suv oladi.
Yevrosiyoning eng yirik daryolaridan Volga, Ob, Irtish irmog‘i bilan, Yenisey, Lena, Pechora, odatda, qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinib, bahorda to‘lib oqadi va qirg‘oqlaridan toshib ketadi. Shimolga oqadigan daryolar qishda uzoq vaqt muz bilan qoplanadi.
Musson iqlimli o‘lkalardagi daryolar - Amur, Xuanxe, Mekong, Gang, Hind va boshqalar musson yog‘inlaridan to‘yinib, ularnmg suv sathi yozda keskin ko‘tariladi. Bu daryolar boshlanadigan tog‘lardagi qor va muzlar ham yozda eriydi. Natijada daryolar qirg‘oqlaridan chiqib, suv toshqinlariga sabab bo‘ladi. Qishda suv sathi keskin pasayadi; hatto mo‘'tadil mintaqadagi Amur daryosi muzlab qoladi.
Ekvatorial iqlimli Katta Zond orollaridagi daryolar yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi va ularning rejimi yil davomida o‘zgarmaydi. Markaziy Osiyo daryolari - Amudaryo, Sirdaryo, Ili, Tarim baland tog‘ muz va qorlarining erigan suvlaridan to‘yinib, yozning boshida to‘lib oqadi, kuzda va qishda keskin kamayadi.
Yevrosiyoda ko‘llar juda ko‘p. Ularning asosiy qismi materikning shimoliy va sharqiy o‘lkalarida joylashgan. Dunyodagi eng katta (Kaspiy 371 ming km.kv) va eng chuqur (Baykal 1620 m) ko‘l ham shu materikdadir. Hosil bo‘lishiga o‘ra, tektonik (Baykal, Jeneva, Issiqko‘l), to‘g‘onli (Sarez), vulqonli, morena, qoldiq (Kaspiy, Orol) ko‘llar mavjud.
Hozirgi zamon muzliklari chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Shulardan biri Pomir tog‘idagi Fedchenko muzligi. Uning uzunligi 72 km, qalinligi o‘rta qismida 1000 m, eni 1700-3100 m.
Suv oqimiga ko‘ra ko‘llar oqar (Baykal, Onega), oqmas (Issiqko‘l, Balxash, Kaspiy, Orol) ko‘llarga bo‘linadi. Sun‘iy ko‘llar ham mavjud. Deyarli barcha daryolarda elektr energiya olish, yerlarni sug‘orish, selga qarshi kurash kabi maqsadlarda katta-kichik suv omborlari qurilgan. Tekisliklarda kema qatnovini tartibga solish, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish maqsadida ko‘plab kanallar barpo etilgan.
Materik yer osti suvlariga ham boy. Yirik tekisliklarning tagida yer osti suvlarining juda katta zaxirasi bor. Ular faqat daryolar va ko‘llarni suv bilan ta'minlab qolmasdan, aholining ham suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Ko‘p yiilik muzloq yerlar Yevrosiyoning shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ular yer osti suvi bilan tog‘ jinslarining muzlashidan hosil bo‘ladi. Ularning harorati doimo 0°C dan past. Doimiy muzloq yerlarning qalinligi janubdan shimol tomonga ortib boradi (0-1500 m). Geyzerlar, buloq suvlari ham yer osti suvlarini tashkil etadi.
Shipitsbergen Arxipelagi 6,5 va 80,57 orasida joylashgan orollar grupasidan iborat bo’lib, xorijiy Yevropadagi birdan-bir arktika oblastidir. Arxipelagni maydoni -62 ming km.
U asosiy G`arbiy Shipitsbergen oroli, Shimoliy-Sharqiy er oroli va bir qancha kichikroq orollardan iborat, orollar bir-biriga yaqin joylashgan bo`lib tor bo`g`ozlar orqali ajralib turadi.Ularning xammasi paydo bo`lishiga ko`ra materik orollari bo`lib,kaynazoy erasining ikkinchi yarimiga qadar Yevropani Grenlandiya bilan tutashtirib turgan quruqlikning qoldiqlaridan iboratdir.
Arxipelagni 80-parallelyaqinda joylashganligi,yillik radiatsiya balanssining nolga yaqinligi,qutb kechasining uzoq davom etishi bu yerda qoplami muzliklarning, muzdan xoli yerlarda esa, ko’p yillik muzloqlarning xosil bo`lishiga,soxillar yaqinida tundra o’simliklari tog’larda esa sovuq saxrolar o’simliklarining tarqalishiga sharoit tug’diradi.
Orollar relefi qadimgi qoplam muzlanishlarini ta’siri, sovuqdan nurashning keng tarqalganligi, katta-katta er yoriqlarining mavjudligi va muzlanishdan keyingi vaqtlarda ro`y berganko`tarilishlar bilan bog`liqdir. Arxipelagning shimoli-g`arbi va shimoli-sharqida tog` tizmalarining o`tkir cho`qqilari xamda qirralari 1500-1700 m gacha balandlikka ko`tarilgan,boshqa joylarda-muzlik vodiylari bilan bo`lingan vanurash maxsulotlari uyilib yotgan pastroq plotolar ustun turadi.Shimol va g’arbda soxilni er po`sti yoriqlari bo`yicha o`tganfvordlar parchalab yuborgan.
Arxipelagning 1/4qismiga yaqini muzlar bilan qoplagan. Shimoli – Sharqiy Yer oroli va uning atrofidagi orollarda muz qoplami ayniqsa katta bo’lib, bu yerlarda muzlarning qalinligi ba’zan 700 m ga etadi. Hozirgi vaqrda Shpistbergendagi muzlar, shimoliy yarimshardagi barcha qoplama muzliklar kabi, chekinmoqda va kichraymoqda.
Arxipelagda oktyabrning o`rtasidan to febralning o`rtasigacha qutb tuni hukm suradi.Havo temperaturasi yil davomida past bo`ladi.Yanvar oyining o`rtacha temperaturasi sharqda -18c, g’arbda esa-12c gacha. Maksimal temperatura +16C, miimal temperatura esa -40 C gacha bo`ladi.Arxipelagning g`arbiy yarmi issiq oqim ta’sirida serqor va seryomg’ir ob-havoning ustun turishi bilan xarakterlanadi, sharqiy yarmi esa-nisbatan quruq.
G’arbiy soxilning qirg`oqbo`yi suvlari va fordlari faqat iyundan sentyabrgacha muzdan ochiladi hamda navigatsiya (kemalar qatnovi)uchun qulay bo`ladi; sharqiy qo`ltiqlarda yil bo`yi muz bo`ladi.
Arxipelagning muzdan xoli erlarini tundra egallagan,bu erda bo`yi 20 sm dan oshmaydigan pakana tol va qayinlar uchraydi;yozda bo’tako’z, qutb ko’knorisi, gazako’t barq urib ochiladi.Katta maydonlarni torfzorlar egallaydi.
Arxipelag faunasning turlari kam,lekin shunday bo`lsa-da,bu fauna qatorida b’azi bir qimmatli ov xayvonlari bor;bular-havo rang peses (qutb tulkisi), oq ayiq, shimol bug’usi.
Shipitsbergen-Arktikaning yevropalik axoli yashovchi eng shimoliy rayonlaridan biri, orol aholisi asosan ko’mir qazib olish,qisman esa-ovchilik bilan shug`ullanish uchun ko`chib kelgan.
Yevropa iqlimi shakllanishida bevosita uning geografik o`rni, orografik tuzilishi juda katta ahamiyatga ega. Jumladan uni Atlantika okeani xavzasida joylashganligi okeandagi Iliq oqimning mavjud ekanligi hamda xududning shimoliy-sharqiy tomon kengayib borishi xudud iqlimini o`ziga xos tarzda shakllanishiga sabab bo`ladi. Xudud iqlimini shakllanishida radiatsiyaning umumiy mikdori va radiatsiya balansini ahamiyati juda atta. Xududda radiatsiya balansi va radiatsiya mikdori janubdan shimolga tomon kengayib boradi. Sitsiliya va Bolqonda yillik radiatsiya mikdori 160, Parij kengligida 100 kkal.sm ga teng. Radiatsiya balansi ham Yevropaning janubida 80, Parij kengligida 40, Shimoliy Skandinaviyada 30 kkal.sm ga teng.
Butun Yevropa yozda radiatsiya balansi musbat, qishda esa faqatgina O`rta dengiz buyidagina radiatsiya musbat bo`lib, qolgan rayonlarda manfiy yoki O ga yaqindir. Yevropa ustida asosiy tipdagi havo massalari xukmronlik qiladi. O`rta kengliklar havo massalari, Arktika va tropik havo masalari mavjud. Xudud iqlimini shakllanishida Atlantika okeani ustida tarkib topadigan o`rta kengliklar havo massalari ta`siri juda yuqoridir. Mo`tadil kengliklardagi dengiz havosi hamda kontinental havosi o`rtasidagi farq juda katta bo`lib quruqlik havosi uncha katta rol o`ynamaydi. Arktika havosi esa asosan shimoliy xududlarga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Atmosfera sirkulyatsiyasi atmosfera bosimini xudud bo`yicha taqsimlanishiga bog`liq.
Jumladan Arktika va subtropiklarda yuqori bosim mintaqalari va ularning oralig`ida past bosim mintaqalarining mavjudligi, xududga kirib keladigan havo massalarini asosan shu yuqori bosimli mintaqalardan kelishiga sabab bo`ladi. Xududga Markaziy Osiyo va Azor orollari yaqinidagi Azor maksimumlarini ta`siri kuchlidir. Atmosfera sirkulyatsiyalari mavsumiy xarakterga ega bo`lib mavsumlar bo`yicha almashinib turadi. Sharqqa borgan sari havo massalarining o`zgarishi natijasida g`arbiy havo oqimining haroratsi kamaya boradi va bu yerlarda dengiz iqlimi tipi bir muncha o`z xususiyatini yo`qotadi.
Termik sharoitning xudud bo`ylab notekis bo`lishi qishda qor qoplami uzoq vaqt turmasligiga sabab bo`ladi qor Fennoskandiyaning shimolida 6-7 oy, janubida va Germaniya-Polsha tekisligining sharqida 1-2 oy, Dunay bo`yi tekisliklarida 3-4 hafta qolgan xududlarda undan ham kam muddat saqlanib turadi.
Atlantika sohilida ayniqsa yog`in kam yog`ib sharqqa tomon kamayib boradi. Bunga sabab siklon faoliyatining kamayib dengiz havosini quruqlik havosi bilan almashinishidir. Qish fasli havo haroratsi Madridda -12, Pimla - 4,, Londonda -13, Berlinda -26, Murmanskda - 38 ko`rsatkichga ega, Yozda esa Madridda +44, Pimla +39, Londonda +34, Berlinda +38, Murmanskda +33 ko`rsatkichga ega.

Yüklə 41,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin