II.Bob. Yevrosiyoning tabiiy geografik rayonlari. 2.1.Yevrosiyo materigining tabiiy geografik rayonlarining geografik joylashuvi. Yevropa arktika, subarktika, mo`tadil va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan.
Arktika va subarktika mintaqalari. Bu mintaqalarda Yevropaning Shpitsbergen, Islandiya, Yan-Mayyen, Medvejiy orollari joylashgan. Arktika mintaqasida yil davomida Arktika havosi xukmron. Subarktikada qishda arktika yozda mo`tadil havo massalari almashinib turadi.
Mo’tadil mintaqa. Bu mintaqada yil bo’yi o’rta kengliklar havo massalari xukmronlik qiladi. G`arbdan siklonlar kelib turadi. Mintaqaning shimoliy qismida yoz salqin janubida esa issiq. Okean ta`siriga ko`ra dengiz va quruqlik iqlim tiplari ajratiladi. Mintaqaning janubiy qismida Yevropa Atlantika sohilining dengiz iqlimi; Yevropa Atlantika sohilining dengiz iqlimidan sharqiy Yevropaning quriqlik iqlimiga o’tuvchi iqlim Dunay bo’yi tekisliklarining kontinental iqlimi; o`rta balandlikdagi tog`lar iqlimi; baland tog’lar iqlimi tiplari mavjud.
Subtropik mintaqa. Bu mintaqada yozda tropik, qishda mo`tadil mintaqa havosi hukmronlik qiladi. Janubiy Yevropaning katta qismi Venetsiya–Padan pasttekisligi Pireneya va Bolqon yarim orollarining shimolidan tashqari shu mintaqada joylashgan. G’arbiy Yevropa qismida O`rta dengiz tipi xarakterli. Bu mintaqada ham dengiz va quriqlik tiplari ajratiladi.
Reyn daryosinig quyi oqimidan to sovet Ittifoqining chegarasigacha geografik kenglik yo’nalishida tekisliklar polosasi cho’zilib ketgan.Janubda-O’rta Yevropaning tog’lar oblasti,shimolda esa-Shimoliy dengiz bilan Baltika dengizi bu polosaning tabiiy chegarasi bo’lib xizmat qiladi. Niderlandiyaning deyarli barcha qismi,butun Daniya, GDR, GFR, va Polshaning shimoliy tekislik qismlari shu polosa doirasida joylashgan.Qo’shni oblastlarga qaraganda bu yerda tekislik relefi ustun turadi va tabiiy sharoiti hiyla bir xildir.
O’rta Yevropa tekisliklari-Baltika qalqoni bilan paleozoy burmali strukturalari orasidagi juda katta bukilmalardir.
Qatlamlarni bukilib,cho’kishi va dengiz suvi bilan bosishi perm davrida boshlangan.Keyinchalik dengiz sharoiti bir necha marta kontinental sharoit bilan almashinib turgan.Tekislikning geologik tuzulishida perm yotqiziqlaridan tashqari bo’r va paleogen davrining dengiz yotqiziqlari ham ishtirok etadi.Tekislikning g`arbiy qismi balandligi 100m dan oshmaydigan bir xil pastekislikdan iborat bo`lib,bu pastekislikning qirg`oq bo`yidagi katta-katta qismlari dengiz satxidan pastda yotadi.
Soxildan ancha narida Shimoliy dengizda G`arbiy Friz,Sharqiy Friz soxillari yoylari,Yutlandiyaning g`arbiy qirg`oqlari yaqinida esa-Shimoliy Friz orollari yoyi cho`zilib ketgan.Friz orollari dyunalar zanjirlaridan iborat bo`lib,ular quruqlikning yaqin geologik davridagi cho`kishi sababli matirikdan ajralib qolgan. Quruqlik cho`kib Zyoyder-Ze qo’ltig’i va vattlar paydo bo`lgach,go`yo ikkinchi,ichki qirg’oq vujudga kelgan;bu qirg`oq chizig`I qisman dengiz satxidan pastda joylashgan va GDR bilan GFR da marshlar yoki Gollandiyada pol’derlar deb ataladigan yassi pastekisliklardan iborat palasani chegaralab turadi.
Reyn deltasuda ham 25-30 yilga mo’ljallangan katta gidrotexnika ishlari olib borilmoqda.Bir necha to`g`on Reynning suv bosgan o`zaklarini to`sadi va dengiz sathidan pastda joylashgan erlarni suv toshish xafidan xalos qiladi.
Niderlandiyada polderlar polasasida tashqarida vasShimoliy Germaniya pastekislgining shimoli-g’arbida zandra qumli yotqiziqlaridan tarkib topgan biroz balandroq joy bor. Bu kamxosil,ba’zan botqoq joy gestlari deb ataladi.Gestlardan janubroqda tog`larning naq etagi yaqinida lyoss yotqiziqlaridagi xosildor yerlar bor.
Elba daryosining quyi oqidan sharqda tekislik bir muncha kengayadi va relyef o`zgaradi.Tekislikning so`ngi muzlik bilan qoplangan sshimoliy-sharqiy qismi g`arbiy qismidan sertepa relefi va ancha baland ekanligi bilan ajralib turadi.Bu yerda oxirgi morenaning to`p-to`p tepaliklari xosil bo`ladi,ular orasidagi botiqlarda ko`pdan-ko`p to`g`on ko`llar joylashgan.Tekislikning bu qismi ko`pligidan ko`l bo`yimaskani nomini olgan.
Tekislik iqlimi g`arbdan sharqqa tomon asta o`zgara boradi.Biroq chekka rayonlar sharoitini bir-biriga taqqoslasak,ular orasida kattagina farq borligini kuzatish mumkin.Iqlimning o`zgara borishi dengiz havo massalarini materik ichkarisiga tomon harakati vaqtidagi transfomatsiyasi bilan bog`liq. Oblastning chekka g`arbiy qismi-Niderlandiyada yillik yog`in miqdori 700-800mm.Yog`inlarodatda yomg`ir tarzida tushadi va maksimumi qishga to`g`ri keladi.Qish yumshoq,diyarli sovuqsiz,eng sovuq oyining o`rtacha temperaturasi +1dan-1C gacha bo`ladi.
Faqat ayrim hollardagina,sharqdan kontenental havo massalari yoki shimoldan arktika havosi kirib kelganda,havo ancha sovib, qor yog`adi. Niderlandiyada obsolyut minumum -27C ga teng.Ba’zi yillari qishda daryova kanallar qisqa vaqt muzlaydi.
Yoz salqin vaserbulut,eng issiq oyning o`rtacha temperaturasi +17,
+18C.Shsrqqa tomon yillik yog`in miqdori kamaya boradi,yog`in maksimumi bahorga va yozning boshiga to`g`ri keladi, qish sovuqroq, yoz issiqroq keladi.
Bular quydagilardan iborat bo`lib; bu daryolar oblastdan tashqarida tog`lardan boshlanadiva shimolga,Shimoliy dengiz bilan Baltika dengiziga tomon oqadi.Bulardan eng yiriklari – Ems, Vezer, Elba, Order (Odra)vaVisladir. Shimoliy dengizga quyiluvchi daryolar esa katta lagunalarga quyiladi.
Bu daryolar asosan yomg`ir suvlaridan to`yinadi,garchand bu borada, tog`dagi tog’ suvlarining ro`li bo`lsa-da.Ko’l va botqoqliklar daryolarning qo`shimcha to`yinish manbaidir.Elba daryosining suv satxi Chexiya massividagi qorlar erishi sababli bahorda eng yuqori darajada ko’tariladi.
Yevrosiyo maydoni nihoyatda nihoyatda katta ekanligi, uning geologik–tektoniktuzilishi va orografiyasining murakkabligi,okeanlarning ta’siri,shimoliy yarim sharning barcha iqlim mintaqalarida joylashganligi materik teritorial bo`linishining murakkabligiga olib keladi.
Anashu barcha aytilganlar asosida Yevrosiyoda va okeanlarning unga tutash qisimlarida quyidagi yirik regionlarni (subkontenetlarni)ajratish mumkin. Arktika bilan Subarktikaning Yevrosiyo sektori, G’arbiy yevropa,Sharqiy Yevropa,Shimoliy Osiyo, O`rta dengiz bo’yi va Old Osiyo tog`liklari,Janubiy G`arbiy Osiyo (Arabiston yarim oroli va Mesopotamiya), Markaziy va O’rta Osiyo,Baland Osiyo,Sharqiy Osiyo, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo
Materikning har bir ichki qismi (subkontinentllari)yana bo`lingan va tabiiy geografik o`lkalar eng batafsil ko`rib chiqilgan. Ba’zi hollarda (Fennoskandiya, Shimoliy–G’arbiy Xitoy)bir biri bilan chambarchas bog`liq o`lkalar birga(umumiy)ta’riflandi.