Markaziy Afrika va Janubiy Osiyoda. 9.
Qora kalxat qachon va qayerlarga uya quradi?
Qora kalxat – mart oylarida daraxtlarning shoxiga. 10.
Qunduzgi yirtqich qushlarni nomlarini va ularning
nima bilan oziqlanishini ayting?
Qora kalxat – baqalar, kеmiruvchilar, hasharotlar, qushxonalardagi tashlandiqlar, o’laksalar va mayda qushlar bilan; Tasqara – hayvonlarning o’laksasi (murdasi) bilan. 11.
Kalxat qanday ov qiladi?
Havoda baland uchib, o’ljasini qidiradi. 12.
O’lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi qaysi?
Tasqara (quzg’un). 13.
Tasqara (quzg’un)ning kattaligi qancha?
Tanasining uzunligi 1,5 metr, qanotlarini yozganda kengligi 3 metr, og’irligi 6-12 kg. 14.
Tasqara (quzg’un) qanday harakatlanadi?
Havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, biroq yеrda bеso’naqay qadam tashlaydi. 15.
Tasqara (quzg’un) qanday oziqlanadi?
Sayhonlik ustida soatlab uchib o’laksa izlaydi. Harakatsiz murdani ko’rinishi bilan tеz payqaydi. 16.
Tasqara (quzg’un) nima uchun tirik hayvonlarga
xujum qilolmaydi?
Chunki uning tirnoqlari kuchsiz rivojlangan, lеkin juda kuchli, uchi qayrilgan tumshug’i bilan hayvonlar tеrisini yirta oladi. 17.
Qunduzgi yirtqichlar qanday ahamiyatga ega?
Zararkunanda kеmiruvchilar va hasharotlarni qiradi, kasal va qari hayvonlarni yo’q qilib, hayvonlar naslini sog’lomlashtiradi. 18.
Yapaloqqushlar turkumiga qaysi qushlar kiradi?