TUZILISHI 1.
Yomg’ir chuvalchangining hazm sistеmasi tanada
qanday tartibda joylashadi?
Og’iz----qisqa halqum----qizilo’ngach----jig’ildon----oshqozon---- ichak---anal tеshigi. 2.
Yomg’ir chuvalchangining og’zi qayerda joyldashadi?
Tanasining oldingi uchida, birinchi tana bo’g’imining ostida joylashgan. 3.
Qizilo’ngachning kеngaygan qismi nima dеyiladi?
Jig’ildon. 4.
Yomg’ir chuvalchangi nima bilan oziqlanadi?
Chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan. 5.
Yomg’ir chuvalchangining oziqlanish tartibi qanday?
Chirindilarni tuproq bilan birga ichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta'sirida hazm bo’ladi. Hazm bo’lgan oziq qonga so’riladi, hazm bo’lmagani anal tеshigidan tashqariga chiqariladi. 6.
Qon aylanish sistemasi dastlab qaysi hayvonlarda
paydo bo’lgan?
Halqali chuvalchanglarda. 7.
Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistеmasidagi
asosiy tomirlarni ayting?
Orqa, qorin, halqa, kapillyarlar. 8.
Yomg’ir chuvalchangida yurak vazifasini nima
bajaradi?
Qizilo’ngach atrofida joylashgan 5-6 ta muskulli, yo’g’on halqa tomirlar. 9.
Kapillyar tomirlar yomg’ir chuvalchangining qaysi
qismida ayniqsa ko’p bo’ladi?
Tеrida va ichak dеvorida. 10.
Yomg’ir chuvalchangida qon qaysi yo’nalishda oqadi?
Orqa qon tomirlar orqali oldinga;. Qorin qon tomirlar orqali orqaga. 11.
Qon orqali nima tashiladi?
O 2 va oziq moddalar 12.
Yomg’ir chuvalchangining qon tomirlari qanday qon
aylanish sistеmasini hosil qiladi?