– davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarida korrup-
siyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash,
ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi
sabablar va shart-sharoitlarni
bartaraf etish, korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi
prinsipini ta’minlash
76
.
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga
doir chora-tadbirlar
quyidagilardan iborat:
– davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning
hisobdorligini
ta’minlash,
davlat
boshqaruvi
tizimining
samaradorligini
oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor
shaxslarining va boshqa xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish;
– korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining
faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik
nazoratini amalga
oshirish;
davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
– davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa
xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining
bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini
baholash tizimlarini joriy etish;
– davlat organlari xodimlarining
kasbiy hamda xizmatdan
tashqari faoliyatdagi odob-ahloqining yagona prinsiplari va
qoidalarini belgilovchi odob-ahloq qoidalarini samarali amalga
oshirish;
– davlat organlari xodimlari manfaatlarining to‘qnashuvini hal
qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya
etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilishini ta’minlash;
– davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash,
xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy
sifatlar,
ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari
asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini
joriy etish;
76
O‘sha yerda, 5-modda.
– davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi,
murojaatlarning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ular
tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari,
erkinliklarini tiklash hamda qonuniy
manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘rilishi ustidan nazoratni
ta’minlash;
– davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir
tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu organlar tomonidan
ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda
muntazam ravishda monitoring o‘tkazish;
– normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining
korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish;
– davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa
xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta’minot
olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash.
Qonun hujjatlarida davlat boshqaruvi
sohasida korrupsiyaning
oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi
mumkin. Davlat organlarining va o‘zga tashkilotlarning mansabdor
shaxslari hamda boshqa xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z
mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona,
vijdonan, odob-ahloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda
korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni
sodir etishdan yoki
bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar
yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shart
77
.
Dostları ilə paylaş: