Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash natijasida milliy iqtisodiyot
rivojlanishi susayadi, ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar uchun mablag‘lar
ajratish kamayadi, aholi turmush darajasining o‘sishi sekinlashadi.
6.2.Soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy turlari
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash –
yuridik yoki jismoniy
shaxsning faol harakatlari evaziga o‘zini
u yoki bu soliqni turini
to‘lovchilari qatoridan chiqarib (ya’ni, shu soliqni to‘lamasdan) o‘z
soliq majburiyatlarini minimallashtirish shaklidir. Soliqlardan bo‘yin
tovlashga misollar sifatida soliq imtiyozlarini olish maqsadida sun’iy
bitimlar tuzish, soliq stavkalarini pasaytirish uchun biznes tuzilmalari
shakllarini
o‘zgartirish, soliq imtiyozlarini
taklif etadigan
mamlakatlarga yoki offshor zonalarda
korxonalar tashkil va
boshqalarni ko‘rsatish mumkin (qarang:6.2.1-rasm).
6.2.1-rasm. Soliqlardan bo‘yin tovlashning ko‘p tarqalgan
Dostları ilə paylaş: