3. Manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda
quyidagilarni
aniqlash yuzasidan
qo‘shma reydlar o‘tkaziladi:
•
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar;
•
yashirilgan soliq solish ob’ektlari;
•
noqonuniy olib kirilgan tovarlar yetkazilishi, saqlanishi va
realizatsiya qilinishi;
•
yashirin sexlar.
Reyd
– soni cheklanmagan shaxslar (amalda «qo‘lga
tushganlar») yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat tadbiri (tekshiruv).
Shu o‘rinda hozir reydlar Soliq kodeksining 67-moddasida
keltirilgan
soliq
nazoratining
shakllari
ro‘yxatiga
kiritilmaganligini qayd etib o‘tamiz. Soliq tekshiruvi shakllari va
turlari ro‘yxatida ham reydlar ko‘rsatilmagan
(Soliq kodeksining
85, 86-moddalariga qarang)
. Reydga eng o‘xshash soliq
tekshiruvi turi – bozorlar, savdo
komplekslari hududlarida va
ularga tutash avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida
bir martalik yig‘im, ijara to‘lovi to‘liq kelib tushishi va
topshirilishini hisobga olish, fiskal
xotirali nazorat-kassa
mashinalari, plastik kartochkalar orqali to‘lovlar qabul qilinadigan
hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi, shuningdek savdo va
xizmatlar
ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi qismida
o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruv.
Bunday tekshiruvni
o‘tkazish
to‘g‘risidagi
buyruqda
aniq
soliq
to‘lovchi
ko‘rsatilmaydi, u nazorat xaridi o‘tkazilishini ham o‘z ichiga olishi
mumkin. Bunday qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkaziladigan
holatlar ro‘yxati kengaytirilib, boshqa sohalarni ham qamrab
olinadigan ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: