O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq to‘lovchining soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan
majburiyatini soliq majburiyati, deb e’tirof etib, uning tizimini
belgilab beradi. Shunga mos ravishda soliq to‘lovchi tomonidan
ushbu majburiyatlar tizimini buzish bilan bog‘liq huquqshunoslik
sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo tizimi umumiy shartlari ham
Soliq kodeksida belgilangan. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun
javobgarlik boshqa turdagi huquqshunosliklar uchun qo‘llaniladigan
jazo bilan choralaridan farq qiladi. Ushbu toifaga kiruvchi
huquqshunosliklar faqat ma’muriy yoki jinoiy jazo bilan
chegaralanmaydi. Soliqqa oid huquqshunoslik uchun qo‘shimcha
ravishda moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi (6.4.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: