6.2.1-jadval.
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash jarayoni bosqichlari
88
Bosqichlar
Jarayon tavsifi
Birinchi
bosqich
soliq to‘lovchi soliqdan bo‘yin tovlashning yangi
sxemasini o‘ylab topadi
Ikkinchi
bosqich
ushbu sxema soliq to‘lovchilar o‘rtasida tarqaladi
Uchinchi
bosqich
soliq organlari soliq qonunbuzarliklarini samarali
aniqlash, oldini olishning shakllari va usullarini
88
Mualliflar tomonidan tuzilgan.
ishlab chiqadi
To‘rtinchi
bosqich
qonunbuzarliklarga qarshi davlat organlarining
faol va ommaviy qarshi kurash olib borishi
jarayoni
Beshinchi
bosqich
qonunbuzarlar va davlat organlari o‘rtasidagi
muvozanat minimal imkoniyat darajasida
o‘rnatiladi
To‘rtinchi bosqich – qonunbuzarliklarning soni va ular keltirgan
zararni kamaytirishga olib keladigan davlat organlarining faol va
ommaviy qarshi kurashi amalga oshiriladi. Beshinchi bosqichda
qonunbuzarlar va davlat organlari o‘rtasidagi muvozanat minimal
imkoniyat darajasida o‘rnatiladi.
Ta’kidlash lozimki, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning har
qanday
modelida
moliyaviy
oqimlarni
nazorat
qilishni
murakkablashtiruvchi firmalarning uzun zanjiri yaratiladi. Bunda
deyarli barcha operatsiyalar qonuniy hisoblanadi, lekin butun sxema
noqonuniydir.
6.3. Offshor zonalar va firmalar (kompaniyalar) - soliqlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlash vositasi
Offshor bu qulay soliq sharoitiga ega davlatda xorijiy fuqaro
tomonidan
qayddan
o‘tgan, ushbu mamlakatda faol ish
yuritmaydigan firmadir. Huquqiy nuqtai nazardan bu holatda
qonunga qarshi hech narsa yo‘q, shu tufayli dunyoda offshor zonalar
keng yo‘lga qo‘yilgan, taxminiy hisoblarga ko‘ra, yer yuzidagi barcha
mablag‘ning o‘n foizga yaqini ofshorda jamlangan.
Yigirmanchi asrning o‘rtalarida uddaburon firmalardan biri
Amerika soliq inspeksiyasiga chap berib, solig‘i kamroq boshqa
mamlakatda qayddan o‘tganida “offshor” so‘zi birinchi bo‘lib dunyo
og‘ziga tushdi. Biroq tarixni ko‘zdan kechirsak, barcha yangilik
unutilgan eskilik ekanini ko‘ramiz. Pishiq-puxta yunonlar offshor
nimaligini azaldan yaxshi bilishgan, soliqdan qochib qadimgi Afinani
aylanib o‘tishgan, tovarlarini uzoqroqdagi boj to‘lanmaydigan
ko‘psonli orollarga olib borishgan. “Offshor”ning so‘zma-so‘z
tarjimasi “qirg‘oq narisida” ma’nosini anglatib, faoliyatni mohiyatan
to‘g‘ri aks ettiradi: offshor mintaqalar, asosan, iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun tabiiy boyliklari yo‘q, kichik, iliq mamlakatlarda
joylashadi. Bunga Qibris, Kayman orollari, Bermud misol bo‘ladi.
Xorij kapitalini jalb etishning birdan-bir yo‘li ular uchun offshor
biznesidir. Ba’zi mamlakatlarda xorijliklar ta’sis etgan firmalar atayin
soliqqa tutilmaydi. Bu esa mamlakatga pul oqib kelishi va mahalliy
aholini ish bilan ta’minlash imkonini yaratadi. Biznes egalari
firmalarini shunday mamlakatlarda qayddan o‘tkazishadi va budjetga
tushuvchi belgilangan kichik to‘lovlarni to‘lab turishadi. Asosiy
faoliyatni o‘zining mamlakatida yuritadi. Xalqaro huquqqa binoan
kompaniya mustaqil sub’ekt hisoblanib, o‘zi qayddan o‘tgan
davlatdagina soliqqa tutilishi mumkinligi uchun bu hol ro‘y beradi.
Soliqlar yo‘qligidan tashqari offshorning bir qator foydali
taraflari ham mavjuddir: ko‘plab mamlakatlarda buxgalterlik hisobi
yuritish talabi kamaytirilgan yoki umuman yuritilmaydi. Qonunlarda
maxfiylik ko‘zda tutiladi: yollangan direktorlar va boshqaruvchilar
ortida turgan asl sohib kimligini bilishning iloji yo‘q. Offshor o‘z
sarvatini ko‘z-ko‘zlashni istamaganlar uchundir. Shunday qilib bu
jarayon ishtirokchilarining barchasi mamnundir: biznes egasi
soliqdan tejaydi, offshor zona yillik mukofot puli oladi. Ayrim
mamlakatlarda bu to‘lov budjetga yaxshigina kirim bo‘lgani uchun u
yerda pul evaziga xorijiy kompaniyalarni qayddan o‘tkazish faqat
ma’qullanadi: firma ochishingiz yoki xarid qilishingiz uchun
infrastruktura va huquqshunoslarning barchasi xizmatingizga tayyor.
Shu boisdan ham boshqa ko‘plab mamlakatlardan ko‘ra offshor
zonada tez va osongina firma ochish mumkin. Bundan tashqari
offshorlar
xalqaro
sarmoya
bozoriga
chiqishni,
kreditlar
rasmiylashtirishni
osonlashtiradi,
xalqaro
bitimlar
tuzishni
arzonlashtiradi.
Offshor kompaniyasi bu – korxonalarning alohida tashkiliy
yuridik shaxs maqomini tavsiflovchi termindir. Bu maqom unga soliq
to‘lovlarni maksimal darajada tushurishni ta’minlaydi (ko‘p hollarda
nolgacha). Bunday maqom odatda biznes operatsiyalarini ushbu
korxona rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan yerdagi yurisdiksiyadan tashqarida
o‘tkazish talabi bilan bog‘liqdir. Faqat shunday holda offshor
kompaniyasi o‘z yurisdiksiyasidagi soliqlarning barchasidan yoki
ko‘p qismidan ozod bo‘ladi. Qonunchilik offshor kompaniya
boshkaruvi va amaldagi ofisni qayd etilgan hududdan tashqarida
bo‘lishini taqazo etadi. Boshqacha aytganda, offshor kompaniyasi
ko‘p hollarda o‘z rasmiy yuridiksiyasi rezidenti bo‘lishi mumkin
emas.
“Offsher” termini birinchi bor Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan
bo‘lib, u “qirg‘oq ortida” degan ma’noni bildiradi va bir vaqtning
o‘zida “chet elda” degan ma’noni ham anglatadi. Yuridik nuqtai
nazaridan offshor kompaniyasi boshqa kompaniya va korxonalardan
farq qilmaydi. Ya’ni u xo‘jalik huquqiy munosabatlarning teng
huquqli sub’ekti hisoblanadi va boshqa yuridik shaxslar bilan teng
hamkorlik qila oladi. Offshor kompaniyasining bosh afzalliklari
uning rezident bo‘lmagan maqomi bilan bog‘liqdir. Bu degani offshor
firmaning boshqaruv va nazorat markazi chet elda joylashgan bo‘ladi.
Offshor kompaniyasi faoliyat boshlashi uchun kompaniyaning formal
atributlari yaxlitligi yetarlidir, ya’ni kompaniya egalari, direktorlar
(odatda ular ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak), nizom, bankdagi hisob
raqami va qayd etish hujjatlari komplekti mavjud bo‘ladi. Offshor
zona qonunchiligi odatda uning hududida kompaniyaning kayd
etilgan ofisi va kotibi (yoki agenti) joylashgan bo‘lishini taqazo etadi.
Chunki bu hokimiyatning ushbu offshor kompaniyasi vakili (agenti)
bilan bog‘laydigan alohida manzili bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda
u biznes boshqarish uchun ishlatilmaydi. Hatto offshor yurisdiksiyasi
hududidagi shartnomalarni imzolash kabi fakt ham kompaniyani
offshor maqomidan ayirishi mumkin. Offshor kompaniyasi xorijda
o‘zining rezident vakolatxonalari va firmalariga ega bo‘lishi mumkin.
Kompaniyaning amaldagi ofisi ham chet elda bo‘lishi mumkin. Biroq
ko‘p hollarda kompaniya bunday ofissiz ish faoliyatini olib boradi.
Offshor firmaga egalik qilish maxfiyligi nominal egalar va
nominal direktorlar instituti tomonidan ta’minlanadi. Qayd etish
hujjatlarida real bo‘lmagan egalar nomlari emas, balki nominal
shaxslar familiyalari ko‘rsatiladi. Nominal egalar xizmatlari, offshor
kompaniyalari qayd etilishi kabi kompleks xizmatlar bilan
shug‘ullanuvchi kotiblik kompaniyalari bilan ta’minlanadi. Ko‘p
hollarda offshor firma direktori uning egasi bo‘ladi. Biroq tez-tez
shunday hollar bo‘ladiki, offshor kompaniya direktori nominal shaxs
bo‘ladi. Bundan nominal direktor faqat rasman bu amalda faoliyat
ko‘rsatishi kelib chiqadi. Anikroq aytganda, u o‘ziga shartnomada
ko‘zda tutilmagan ishlarni olib bormaslik majburiyatini oladi.
Bunday holda kompaniya boshqaruvini, kompaniya nomidan yuridik
amallar yuritish huquqi hakida ishonchnoma olgan kompaniya egalari
yoki vakili amalga oshiradi. Offshor kompaniyasi qayd etilishi,
offshor firmalar maqomini aniqlovchi qonunchilik bazasiga ega
bo‘lgan yurisdiksiyasida bo‘lishi mumkin. Qoida bo‘yicha bu kichik
mamlakatlar, kollonial hududlar va boshqa huquqiy tuzilishi
o‘zgacha, bo‘lgan davlatlar kiradi. Biroq offshor turiga kiruvchi
firmalar qayd etilishi faqatgina Gibraltar va MEN oroli kabi odatiy
kichik orollarda emas, balki obro‘liroq mamlakatlarda ham bo‘lishi
mumkin. Ko‘pgina Yevropa mamlakatlari qonunchiligi offshor
turidagi biznes operatsiyalarini olib borishiga yul qo‘yuvchi
normalardan iborat. Xatto ayrimlari “klassik” offshor prinsiplaridan
cheklanishlarga yo‘l qo‘yadilar. Xususan ayrim yurisdiksiyalar
qatorida soliqlardan ozod etilgan kompaniyalarga haqiqiy faoliyat
olib boruvchi ofisga ega bo‘lishiga ruxsat etiladi. Masalan, obro‘li
bo‘lgan Shveysariya kabi mamlakatda ham aniq bir firmalarga, ular
bu yerda ofis va personalga ega bo‘lsalar ham, ayrim turdagi offshor
operatsiyalari olib borish ruxsat etiladi (soliq yo‘kotishlari bunda
to‘liq yo‘q qilinadi yoki ko‘p marotaba tushiriladi).
Offshor biznesi metodlari va texnalogiyalari turli-tuman bo‘lib
boryapti. Hozirgi paytda offshor tuzilmalarida faqatgina korparativ
turdagi korxonalar emas, balki biznesning boshqa tashkiliy huquqiy
ko‘rinishlari ham amaliyotda olib bormoqda. Shunday qilib offshor
turiga
kiruvchi
firmalarga
tadbirkorlik
hamkorligi
shakli
moslashtirildi.
Offshor
biznesida
ma’suliyati
cheklangan
kompaniyalar tez-tez uchrab turadi. Kafolati bo‘yicha cheklangan
hamda
ayrim
kombinatsiyalashtirilgan
shakllari
cheklangan
kompaniyalar shulardir. Ixtisoslashgan offshor teritoriyalari – “soliq
gavanlari” offshor investorlariga yangi imkoniyatlar va imtiyozlar
yaratib borishga intiladilar. Bu sohada kapitallarni jalb etishda
yetarlicha o‘tkir raqobat seziladi.
Mamlakatlar qatorida “antioffshor” qonuniyati ham mavjuddir.
Ammo ishonch bilan aytish mumkinki, hozirgi zamon xalqaro
biznesning murakkab tizimida offshor firmalari uchun yirik faoliyat
maydoni qolyapti. Offshor biznesi to‘lik dinamik holatda
rivojlanayapti. Unda har doim yangi ish imkoniyatlari va kapitaldan
foydalanish sohalari paydo bo‘lmoqda.
Yevropa Ittifoqi davlatlari vazirlari «soliq gavanlari»
ro‘yxatiga 10 yurisdiksiyani qo‘shdi, deyiladi Yevrokomissiya
xabarida. Bugungi kunga qadar ofshorlar qora ro‘yxatiga
Amerika Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago, Amerika
Virgin orollari kirardi. Endilikda bu ro‘yxatga Aruba, Barbados,
Beliz, Bermud orollari, Vanuatu, Dominikan Respublikasi,
Marshall orollari, BAA, Ummon va Fiji ham kiritildi.
Yevrokomissiya 2018 yilda 92 davlatdagi soliq shaffofligini
baholadi.
Bu
davlatlarning
aksariyati
qonunchilikka
o‘zgartirishlar kiritgan. Endilikda ularning soliq tizimlari
xalqaro standartlarga javob beradi, deyiladi xabarda. Amerika
Samoasi, Guam, Samoa, Trinidad va Tobago hamda Virgin
orollari 2017 yilda ro‘yxat tuzilganidan buyon soliq tizimiga
hech qanday o‘zgartirish kiritmagan. Ro‘yxatga kiritilgan
qolgan davlatlar esa soliq sohasida o‘zgarishlar qilish
majburiyatini
olgan, ammo majburiyatlarini bajarishmagan. YeI
qonunchiligi
soliq
to‘lashdan qochish imkonini beradigan
mamlakatlar va hududlarni ofshorlar ro‘yxatiga kiritadi. Ofshor
hududlar
rezidentlari
Yevropa
regulyatorlari
tomonidan
kuchaytirilgan moliyaviy tekshiruvdan o‘tadi
89
.
Korrupsiya
bilan
kurashga
yo‘naltirilgan
tergovlarga
ixtisoslashgan Global Witness nodavlat tashkilotining xabar
berishicha, rossiyalik tadbirkorlarning Britaniya ofshorlaridagi
hisoblarida Buyuk Britaniyaning o‘ziga qaraganda yetti barobar ko‘p
mablag‘lar saqlanadi.
The Sunday Times’ning ta’kidlashicha, Britaniya tarkibiga
kiruvchi hududlardagi hisoblarda rossiyalik tadbirkorlar 34 mlrd funt
sterlingdan ortiq mablag‘ni saqlaydi, ulardan 30 mlrd funtdan
89
https://kun.uz/news/2019/03/12/yei-ofshorlar-qora-royxatini-uch-martaga-
kengaytirdi
ko‘prog‘i Britaniya Virgin orollarida joylashtirilgan. Britaniya
tarkibiga kiruvchi hududlar rossiyaliklar orasida mablag‘larni saqlash
ommaviyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Britaniya parlamenti
Britaniya Virgin va Kayman orollaridagi ofshorlar benefitsiarlarini
ochiqlashga
qaratilgan
qonun
loyihasini
ko‘rib chiqishni
rejalashtirmoqda
90
.
O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 23 mayda Normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ofshor
yurisdiksiyalarning ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi
e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-
moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq
qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki
boshqaruvi
qarori
bilan
ofshor
yurisdiksiyalarning
ro‘yxati tasdiqlandi. Bu ro‘yxatga 68 ta offshor zonalar
kiritilgan
(1-ilova)
91
.
Dostları ilə paylaş: |