yaratildi. Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa”ning
bazaviy qismi bepul taqdim etilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Onlayn-nazorat kassa mashinasi yoki virtual kassalardan
foydalanish tizimining eng asosiy yutug‘i xalqimiz hayot tarzini
yengillashishi, turmush sifati yuksalishi bilan bog‘liq. Zero, ushbu
tizim mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni
kamaytiradi. Sohada jamoatchilik nazorati kuchayishiga zamin
yaratadi. Xaridorlarning huquq va manfaatlari himoyasi yanada
kafolatlanadi. Pirovardida “yashirin” iqtisodiyotning yana bir
kushandasi bo‘lgan tizimga aylanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlashga qarshi chora-tadbirlar quyidagilardan iborat deb xulosa
qilishimiz mumkin:
– jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq yukini yanada
kamaytirish;
– soliqlar sonini kamaytirish va oqilonalashtirish;
– soliq stavkalarini maqbul darajada pasaytirish;
– soliqqa tortish bazasini kengaytirish;
– soliq imtiyozlarini keskin kamaytirish va oqilonalashtirish
orqali tadbirkorlar uchun teng raqobat sharoitini yaratish;
– biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish;
– soliq ma’murchiligini takomillashtirish, “raqamli iqtisodiyot”
tamoyillarini joriy etish;
– mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan insofli, halol soliq
to‘lovchilarni rag‘batlantirish;
– soliqdan qochish va bo‘yin tovlash holatlari uchun jinoiy va
ma’muriy javobgarlikni yanada kuchaytirish.
Dostları ilə paylaş: