T/r
To‘lovchilar
Soliq solinadigan
bazaga nisbatan
soliq stavkalari,
foizda
1.
Yuridik shaxslar (2 va 3-bandlarda nazarda
tutilganlari bundan mustasno)
12
2.
Tijorat banklari
20
3.
Yuridik shaxslar:
sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga
oshiruvchilar;
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga
oshiruvchilar;
20
95
“Бўйин товловчиларга” қарши кураш қандай кучайтирилади. 2018 йил 28.
06
//https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/buyin_tovlovchilarga_qarshi_kurash_qan
day_kuchaytiriladi
asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari
ko‘rsatishdan iborat bo‘lganlar
Dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov
manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5
foizgacha pasaytirish;
O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1
milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan
chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan
soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda yillik aylanmaning (yalpi
tushumning) 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori har
3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi;
Barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi
tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik
shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqni joriy etildi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq
to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy
ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga
oshiriladigan bo‘ldi:
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini,
bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan
ob’ektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun
yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5
foizdan 2 foizga pasaytirish;
Yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan
soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz
miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash
tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash
imkoniyatini belgilash;
Yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish
tartibini saqlab qolish belgilangan.
O‘zbekiston Prezidentining soliq siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan
boshlab Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish,
shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvaraqlariga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Bunda fuqarolarning ayrim
toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi
daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab
qolindi. Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan
sug‘urta badallarini bekor qilindi. Budjet tashkilotlari va davlat
korxonalari, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan
ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari
uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik
shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada
belgilanadigan bo‘ldi.
Mamlakatimizda soliq siyosati doirasida amalga oshirilgan
islohotlar natijasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga
murojaatnomasida “Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq
yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy
sektorda
ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan
qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning
hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi.
Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir
yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga
o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha
imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta
yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik
sub’ektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish”
reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi
bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng
yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik”
96
,-deb ta’kidlagan.
Professor T.S. Malikovning fikricha, jahon ilg‘or tajribasining
ko‘rsatishicha, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatdlarini
kamaytirish, soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanligi oshirishning
muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
96
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий
Мажлисга мурожаатномаси. 2020йил 24 январь// Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь.
1.Tadbirkorlik sub’ektini (faoliyatini) ro‘yxatdan o‘tkazish
jarayonlarini takomillashtirish va oqilonalashtirish lozim bo‘ladi. Ana
shu jarayonning o‘zida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlamoqchi
bo‘lganlar uchun “teshikcha” mavjud. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra,
tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazish uning joylashgan joyiga
muvofiq amalga oshirilishi kerak. Shunga qaramay, ularni ro‘yxatdan
o‘tkazish “huquqiy manzil” deb ataluvchi manzilda amalga oshirilishi
mumkin. O‘z navbatida, “huquqiy manzil” tovarga aylanib, ayrim
tashkilotlar va tijoriy tuzilmalarga o‘z manzilini taqdim etgan xususiy
fuqarolar uchun daromadga ega bo‘lish predmetiga aylanmoqda.
Odatda, bunday tadbirkorlik sub’ektlari amalda ro‘yxatdan o‘tgan
manzilida mavjud bo‘lmasdan, bu narsa soliq idoralari tomonidan
ular faoliyatini nazorat qilinishini murakkablashtiradi. Ba’zi bir
tadbirkorlik sub’ektlari uy manzillari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan. Bu
ham soliq to‘lovchilarni nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Shuningdek,
boshqa shaharlik va viloyatlik tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxatdan
o‘tganligini tasdiqlovchi holatlar ko‘plab uchrab turibdi. Juda ko‘p
korxonalarni hech qanday kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan
shaxslar vujudga keltirib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishmoqda.
Albatta, bunday holatlar bizning respublikamizda o‘rnatilgan tartib-
qoidalarga zid emas. Biroq, bunday holatlar soliqlarni to‘lovchilarni
nazorat qilishni murakkablashtiradi hamda soliqlarni to‘lashdan
bo‘yin tovlash holatlarining vujudga kelishiga sharoit yaratadi.
Ta’kidlash lozimki, bunday davlat tomonidan tadbirkorlik
sub’ektlarini ro‘yxatga olish tartibiga bozor iqtisodiyoti rivojlangan
hech bir mamlakatda yo‘l qo‘yilmaydi. Shu boisdan rivojlangan
mamlakatlarda o‘rnatilgan tartibni bizning respublikamizda ham joriy
etish bo‘ladi
97
.
2. Kredit muassasasida tadbirkorlik sub’ektlarining hisob-kitob
schyotini ochish tartibi bilan bog‘liq muammolarni yechish maqsadga
muvofiqdir. Gap shundaki, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari turli
banklarda bir necha hisob varaqa (schyot) larini ochadilar. Bu hol
soliqdan bo‘yin tovlovchilar uchun imkoniyat ochadi. Shu boisdan,
bu holatga cheklovlar o‘rnatish lozim bo‘ladi.
97
Qarang: Маликов Т.С., Жалилов П.Т. Бюджет-солиқ сиёсати.-
Т.:Akademnashr, 2011. Б.248-250.
3.Soliqqa tortish faqat litsenzion yig‘imlarni olish yoki patent
uchun to‘lovlarni amalga oshirish orqali sodir etiladigan yuridik va
jismoniy shaxslarning faoliyat turlari ro‘yxatini aniqlash soliqlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini kamaytirishga imkon beradi.
4.Foydalidan olinadigan soliq va boshqa soliqlarning stavkalarini
tabaqalashtirish, to‘g‘ri (bilvosita) va egri (bilvosita) soliqlar
o‘rtasidagi nisbatni oqilonalashtirish soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlash holatlarini kamaytirish hamda ularning yig‘iluvchanligini
oshirishga xizmat qiladi
98
.
Mamlakatimizda “yashirin” iqtisodiyotning vujudga kelish
omillari tahlil etilib, unga qarshi kurashish dasturi ishlab chiqilmoqda.
Prezidentimizning
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida
qayd
etilganidek, bu borada qiymati 200 million dollar bo‘lgan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan onlayn kassa loyihasi ham amalga
oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |