Academic Research in Educational Sciences volume 2



Yüklə 463,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix13.06.2022
ölçüsü463,59 Kb.
#61330
1   2   3   4   5   6   7   8
maktabgacha-ta-lim-va-tarbiyaning-xorij-davlatlardagi-ilg-or-tajribalari

 
 
Maktabgacha tayyorlov guruhlari 
O‗zbekiston 
Angliya, 
Shotlandiya, 
Uels 
Shimoliy 
Irlandiyada 
Italiya 
Singapur 
6-7 yosh 
5-6 yosh 
4-6 yosh 
3-6 yosh 
3-6 yosh 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 744 www.ares.uz 
MUHOKAMA  
Uzluksiz ta‘lim tizimida xorijiy davlatlarning ilg‗or tajribalarini o‗rganar 
ekanmiz, har bir davlat o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatlariga ega ekanligiga ishonch 
hosil qilamiz. Bu xosliklar qaysidir jihatdan o‗sha mamlakatlarning rivojlanishiga
taraqqiy etishiga ham xizmat qilganligini ko‗rishimiz mumkin. Bunga hattoki 
tarixning ham o‗zi guvohdir. Masalan, yaponlardagi bolalar bog‗chalarida ta‘lim 
dasturlari ham inobatga olingan, yozish va o‗qishdan tashqari bolalarga qo‗shiq 
aytish o‗rgatiladi, sport musobaqalari o‗tkazilib, muntazam sayrlarga chiqib turiladi. 
Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni o‗tkazilishidan maqsad - bolada
xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qo‗shiq aytilsa, xor 
(jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qo‗shiqchi qo‗llanilmaydi, musobaqa 
o‗tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g‗oliblikka erishiladi, mutlaqo yakka 
g‗olib bo‗lmaydi. Bu yapon jamiyatini modernizatsiya qilishda qo‗lni qo‗lga berishga 
yo‗naltiradi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun yapon sidqi dildan xizmat qiladi.
Dunyo bozorini egallagan Xitoy ham bu natijaga ta‘limni isloh qiltish bilan erishdi. 
Xitoy xalqi butun dunyoga o'zining mehnatsevarligi bilan mashhur. Ikkinchi jahon 
urishidan so'ng qisqa muddat ichida Xitoy mahsulotlari dunyo bozorini to‗ldirganligi 
buning yaqqol isbotidir. Xitoyliklar juda ham intizomli va sportsevar xalq. Albatta, 
farzand tarbiyasida ham bu o‗z aksini topgan. Agarda Yevropa mamlakatlarida bola 
tarbiyasiga asosan ota-ona mas‘ul bo‗lsa, Xitoyda bu narsa davlat zimmasidadir. 
Uch oydan boshlab chaqaloq bog‗chaga topshiriladi. Bir yarim yoshdan boshlab 
kichik xitoyliklar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni 
tanishga o‗rgatila boshlanadi. Bog‗chalarda tarbiya bilan birgalikda jismoniy 
rivojlanishga katta e‘tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning 
iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Boshlang‗ich sinfdanoq intizomli 
bo‗lish, injiqlik qilmaslik va yaxshi o‗qish talab etiladi. Itoatkorlik va «men»ni 
yuzaga chiqarmaslik xitoy tarbiyasining asosidir.
Xitoylik bolalarda bolaligidanoq uchta asosiy fazilat: mehnat qobiliyati, intizom va 
kattalarga hurmat shakllantiriladi. Ularga yoshligidanoq, nima bo‗lishidan qat‘i 
nazar, ular eng yaxshi bo‗lishi kerakligi o‗rgatiladi. Ehtimol shuning uchun 
xitoyliklar fan, madaniyat va san‘atning barcha sohalarida yetakchi o‗rinlarni egallab 
kelmoqdalar. 

10, 60-bet

Buyuk Britaniyadagi maktabgacha ta‘lim o‗quv rejasida nafaqat umumiy 
ta‘lim jarayoniga urg‗u beriladi, balki boladagi o‗qish va hisoblash kabi 
ko‗nikmalarga alohida ahamiyat beriladi. Bunda 4-5 yoshdagi bolalar 



Yüklə 463,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin