Academic research in modern science



Yüklə 61,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü61,62 Kb.
#192499
  1   2   3   4   5   6   7
10-mavzu



ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
10 
XVIII - XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA O’RTA OSIYO 
XONLIKLARIDA SUG’ORISH INSHOOTLARINING BARPO ETILISHI
 
Rajabov Alisher Shavkatovich 
Buxoro Davlat pedagogikainstituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi 
Po’lotova Shohinabonu Tolib qizi 
Buxoro davlat Pedagogika instituti 2-1 Tar 21guruh talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8041568 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada XVIII-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo 
xonliklarida sug’orish inshootlarining barpo etlishi va uning kelgusidagi qishloq 
xo’jaligi ishlariga ta’siri haqida fikrlar boradi.
 
Kalit so’zlar: 
O’rta Osiyo,mirob,Shahrixonsoy,Marg’ilonsoy,sun’iy sug’orish 
tizimlari,to’g’onlar,Farg’ona,suv ta’minoti,Kaykovus arig’i.
 
O’rta Osiyo hududi va uning iqlimi qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
yetishtirishga qulay bo’lgan. Bu soha taraqqiyoti sug’orish ishlarining holati va 
suv ta’minotining qay darajada ekanligiga bog’liq edi. Shuning uchun ham 
sug’orish va suv ta’minoti sohasi O’rta Osiyoda muhim hamda davlat ahamiyati 
darajasiga ko’tarilgan. Qolaversa, xazingaga tushadigan asosiy daromadni 
dehqonlardan yig’iladigan soliqlar tashkil qilgan. Har bir hududda aholi va 
ma’muriyat vakillari sug’orish sohasiga mas’ul va javobgar bo’lgan. Sug’orish 
ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan bu sohaning mutaxasislari – miroblar 
shug’ullanganlar. Ular sug’orish ishlari, suv inshootlarinign qurilishi, ta’minoti, 
ta’mirlanishi, tozalanishi suv ta’minotini yaxshi bilgan kishilar bo’lgan. O’rta 
Osiyoda sug’orish tizimi qadimdan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi. Mazkur 
ishlar asosan keng xalq ommasi tomonidan hashar yo’li bilan bajarilgan. Aholisi 
asosan sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan Farg’ona vodiysida sug’orish 
tizimiga katta e’tibor qaratilgan. Vodiy hududida yirik sug’orish inshoootlari – 
Shaxrihonsoy, Andijonsoy, Marg’ilonsoy, Yangiariq, Ulug’nor, Qoradaryo kabilar 
bo’lgan. Suv chiqishi qiyin bo’lgan joylarga maxsus qurilmalar – chig’irlar 
yordamida suv chiqarilgan. Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli sun’iy sug’orish 
tizimlari – kanallar hamda uning bo’ylariga qurilgan to’g’onlar orqali ekin 
maydonlariga yetkazilgan. Bu hududda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini asosan paxta va donli ekinlar tashkil qilgan. Bundan tashqari 
bog’dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan. 
Sug’orish ishlarini xonliklar tarixi bo’yicha ko’rib chiqadigan bo’lsak, 
Buxoroda qadimdan boshlab Zarafshonda bir qancha yirik sug’orish inshootlari 
qurilgan.Buxoro vohasi Samarqandga nisbatan obod va keng bo’lgan.Uning obod 
yerlari 22 rustoqqa(manzilgoh)ga bo’lingan.Bu rustoqlardan 15 tasi vohaning 
ichkarisida,7tasi Kampirakning ichkarisida joylashgan.Narshaxiy va Istaxriy



Yüklə 61,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin