Adabiy tanqid nazariyasi



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə8/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

OLIM SHARAFIDDINOV (Ayn) (1903-1944) taxallusi hilan nom qozongan bu olim,0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, o ‘zbek adabiyotshunoslaridan biri sifatida tanqidchilikni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi. 1903-yilda Toshkentda tug‘ilgan O Sharafuddinov yoshligidan adabiyotga qiziqdi. 1925-yildan boshlab adabiy tanqid bilan shug‘ul!anabordi. Hamisha zamon bilan hamnafas b o ‘lgan, qaynoq adabiy jarayon ichida yetila borgan O.Sharafiddinovning adabiyotshunoslik va navoiyshunoslik faoliyati 30—40-yillarda, ayniqsa, sermahsul bo‘ldi. U birinchilardan boklibs o ‘rta va oliy o ‘quv yurilari uchun darslik vaxrestomatiyalar tuzar ekan, o ‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti mashhur namoyandalari hayoti va ijodini sinchkovlik bilan organdi, ulaming asarlarini mustaqil ravishda tahlil qilib, baholashga jur’at etdi. Hamza, Ayniy, Lohutiy, G‘.G‘ulom, Oybek, Uyg‘un,Yashin, A.Qahhor kabi adiblar hayoti va ijodi haqida berilgan ilkma’lumotlar, M.Solih, Bobur, Ubaydiy, Majlisiy, Xoja, Turdi, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Gulxaniy, Mujrim Obid, Munis, Uvaysiy,Nodira, Xiromiy, Ogahiy, Muqimiy , Furqat, Feruz, Komil, Zavqiykabi ijodkorlar haqidagi birinchi adabiy-biografik materiallar shular jumlasidandir. O. Sharafiddinov ko‘p qirrali adabiyotshunos edi. U adabiy tanqidchi sifatida o ‘zbek adabiyoti masalalari bilan jiddiy shug‘ullandi.Uning «Abdulla Qodiriy romani « 0 ‘tkan kunlar», «Bahor sevinchlari», «S.Ayniy ijodi va faoliyati», «Kecha va kunduz» romani haqida» kabi maqolalari zamonaviy adabiyotning dolzarb ijodiy masalalarini yoritishga bag‘ishlandi. Ayn « 0 ‘zbek shoiri Cho‘lpon» nomli maqolasida shoiming she'riy shakl, til va ifoda vositalari borasida erishgan ba’zi yutuqlarini ta’kidlagani holda uni millatchi, badbin ziyolilar shoiri deb chiqdi; ko‘proq shoir she’rlarining g‘oyaviy mazmuniga e ’tibor qaratdi. Garchand ChoMpon ijodiga baho berishda xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa-da, birinchilardan bo‘lib, o ‘zbek adabiyotshunosligiga sotsiologik tahlil yo‘sinmi olib kiiganlar qatorida tilga olinadi. Zahmatkash, izlanuvchan va talabchan olim o ‘z faoliyatining eng ko‘p qismini Alisher Navoiy hayoti va ijodini tadqiq ctishga bag‘ishladi. Ulug‘ shoir hayoti, ijodi haqida keng va yaxlit tasawur bera oladigan birinchi jiddiy ilmiy-ommabop asar yaratdi (1939). «Alisher Navoiy» (hayoti va ijodi) nomli monografiyasi (1948) i.Sulton tomonidan nashr etildi.
0‘zbek adabiyotshunosligida navoiyshunoslikning tarkib topishida, uning poydevorini yaratuvehilardan biri Olim Sharafiddinov bo‘ldi. ‘zbek adabiy tanqidida janriy izlanishlarga munosabat. XX asr boshlarida o ‘zbek adabiyoti, adabiy jarayonga yangi janriy izlanishlar bilan birga kirib keldi. Turli adabiy tashkilotlar bir-biriga o'xshamagan estetik dasturlarni yarata boshladi. Partiyaning, sovet davlatining adabiyotga farmoyishlari hali urfga kirmagan edi. Poetik ijod hali ustuvor an’analar oqimida kechar, shoirlar an’anaviy aruzga ko‘proq murojaat etar, biroq bulaming barchasidan qat’i nazar «inqilobiy» ruhni berish yangi vazn, yangi shakl, yangi san’atiami izlashni ehtiyojga aylantirayotgani tobora chuqurroq sezilib bormoqda edi. Ana shu vaziyat xalq ijodiga xos barmoq va sarbast vaznlarida jangovor shijoatkorlikka da’vat etuvchi asarlar (marshlar, qokshiqlar, ashulalar) yaratishni taqozo eta boshladi. Bu o ‘rinda ta’sir masalasi ham chetda qolmadi, albatta. V. Mavakovskiyni milliy jumhuriyatlarda tashviq qilish kuchaydi. Nozim Hikmat ta’sirida o kzbek she’riyati shakliga qator yangiliklar olib kirdilar. Adabiy jarayondagi bunday izlanishlar tanqid e ’tiboridan chetda qolmadi.
Abdulla Alaviya (Arabnejad) «Bizda shakl masalasi va Nozim Hikmat» maqolasida xuddi shu masalalarga to ‘xtaladi: «Aruz va hijo vazni» ohista oqar vaznlar boklib, yangi hayotdagi sur’at va harakatni bcra olishga qodir emasdur», - deb yozarkan, sarbast she’rlarning afzalligini ta’kidiaydi. Homil Yoqubov esa «Oybek va uning sh e ’rlari» maqolasida shoirning ijodiy o ‘sayotganligini tahlil qilib, uning e ’tiborini yangi shakllarga qaratadi. Mirtemir erkin she’rni «nozimona she’r» deb ataydi. Erkin she’r ancha murakkab san’at boklib, uni o ‘zlashtirish oson kechmadi. Aslida o ‘zbek she’riyatini yangi ohang va vaznga ko‘chirish harakati Fitrat va Cho'lpon ijodida XX asrning awalidayoq boshlangan bolib, 30-yillardagi adabiyotning mafkuraviylasha borishi sharoitida yangicha mohiyat kasb eta bordi. Shu zaylda sarbast G g‘G ‘ulomning «Dinamo», H. Olimjonning «Ko‘klam», Shokir Sulaymonning «Erk kuylari», Mirtemiming «Shu’lalar qo‘ynida* kabi ilk she’riy to‘plamlarida dastlab o‘zbek she’riyatida inqilob va sho‘ro tuzumini alqovchi mazmunda namoyon bo'la bordi. Mirtemir sochma shc’rlar yozishga jazm etdi. Hatto «Sochma shoirning tuyg‘u va fikrlari to‘lqinlanib, toshib ketgan vaqtda yoziladi», deya unga muhabbatini izhor ham etdi. Qolaversa, o‘sha davrda sochma minbar adabiyoti deb ham ataldi. Lekin sochma faqat sho‘roni ulugklovchi yoxud minbar she'riyatigina bo‘lib qolmadi. Bu shaklda pinhona erk va ozodlik g ‘oyalari kuylangan (Mirtemir) asarlar ham yaratildi.
Lekin tanqidchilik bu maqsadni yetarlicha ilg‘ay bilmadi. Bu davrda adabiy tanqid nasr rivojiga ham sezilarli ta’sir k.o‘rsatdi. XX asr boshlarida A.Qodiriy, A.Fitrat, S.Ayniy, 20-30-yillarda esa H.Shams, Zarif Bashir, Ziyo Said, G ‘.G‘ulom, Sh.Sulaymon, G‘ayratiy, H.Olimjon, S. Abdulla, Cho‘)pon hikoyalar yozdi. A. Sa’diy hikoyachilikda Abdulla Qodiriy ijodi sermahsulligini ta’kidiaydi. I)tahlil jarayonida bu janrdagi xosliklar tabiatiga to'xtaladi. Abdurauf Fitrat «Adabiyot qoidalari» darsligida badiiy adabiyotning nazariy muammolarini yoritdi. Olim Sharafiddinov (Ayn), Sotti Husayn maqolalarida jamoatchilik e ’tiborini hikoya, povest, roman janrlarining xos xususiyatlariga tortdilar.
O‘zbek adabiyotida roman janrining paydo bolishi Hamza, Mirmuhsin Shermuhammedov, Abdulla Qodiriy nomlari bilan bog‘liq.Roman nazariyasiga oid dastlabki ilmiy-nazariy mulohazalar esa, A.Sa'diyning «Amaliy ham nazariy adabiyot darslari» va Fitratning «Adabiyot qoidalari* asarlarida ilgari surildi. S.Husayn « 0 ‘tkan kunlar «ni tahlil qilish jarayonida romanning boshqa adabiy janrlardan farqini tushuntirishga harakat qilsa-da, g‘oyaviy-badiiy jihatdan asami tamomila biryoqlama va xato baholadi. Miyon Buzruk Solihov o lzbek adabiyotida romanchilik tajribasi bo'lmaganini alohida ta’kidlab, « 0 ‘tkan kunlar»ni original asar deb hisoblaydi. Lekin asarning janroviy mansubiyatini bu tarzda to‘g‘ri baholash ushbu muallifm romanning sinfiy, mafkuraviy jihatdan bir qator yanglish fikrlar aytishdan saqlab qololmadi. Aslida chindan ham « 0 ‘tkan kunlar-» o ‘zbek adabiyotida, Yevropada tushunilganidek, haqiqiy realistik roman bunyodga kelganining dalili edi. Adabiy tanqidda shu haqiqat tasdiq topishining o ‘ziyoq uning nazariy-estetik jihatdan balog‘at yo‘nalishida ekanini ko‘rsatadi.
Dramaturgiyaning tug‘ilishi va rivoji masalasiga adabiy tanqid jiddiy e ’tibor bcrdi. XX asr boshlaridagi o ‘zbek tanqidchiligi, eng avvalo, shu tur va janrdagi asarlami tahlil etish asnosida shakllanib bordi. Dramaturgiya tug‘ilishining ilk bosqichida «og‘zaki tanqid» (jonli tanqidiy amaliyot) ham muhim rol o ‘ynadi. U ko‘pincha tashkiliy shakllarda, aytaylik, u yoki bu asarni o ‘qib muhokama etish va repertuami komissiyalar orqali qabul qilish jarayonida ro‘yobga chiqdi. Ammo e ’lon qilingan maqola va taqrizlaming ko‘pi dramatik asardan ko‘ra teatr san’ati masalalari va aktor mahorati tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, ular orasida spektaklning maqsad-mazmuniga asosiy e ’tibor qaratilib, dramatik asaming badiiy qimmatini, chuqur ochib beradiganlari hali yetarli emas edi. Jumladan, «Ch.O‘g‘li» imzoli tanqidchi: «Nafis teatr adabiyotiga ega bo‘lmasak, teatrdan yaxshi foydalana olmaymiz», deb yozadi va boshqa bir maqolada opera, balet san’ati to‘g‘risida mulohazalarini bildiradi.Teatr tanqidchiligi o ‘zbek teatrining yuksalishida katta rol o ‘ynadi.
20-yillar oxiri 30-yillar boshida Fitrat, Cho‘lpon, Ziyo Said kabilar faollik ko‘rsatdilar. Tanqidchilik o ‘z vaqtida ulaming asarlarini tabriklash bilan birga mavjud nuqsonlarini aniqlashga harakat qildi va ijodlariga muayyan ta’sir ko‘rsata bildi. Kitoblar, ilmiy to‘plamlar, tadqicjotlarni nashretish imkoniyatlari ham yetilmagan bir sharoitda, matbuot sahifalaridagi adabiy tanqid ma’lum muddat va ma’lum ma’noda adabiyotshunoslik muammolari hamda adabiyot tarixi masalalarini o ‘rganish, yoritishni ham o ‘z zimmasiga oldi. Ayn, Ayniy, Fitrat, V.Mahmud, A.Majidiy, L.OIimiyning adabiyot tarixi muammo lariga, Yassaviy, Navoiy, Fuzuliy,Bobur, Turdi, Muqimiy, Nodira ijodiga bag‘ishlangan maqolalarishunday xarakterga ega edi.O‘zbek adabiyotshunosligida mumtoz merosga munosabatda ikki yo'nalish mavjud edi: 1) vulgar sotsiologik ruhdagi hamda mumtoz merosni inkor etuvchi qarashlar bo‘lib, bu xususiyat J. Boybo‘latov,Oltoy, Z. Bashir, Z. Said, Yu. Latif singari adabiyotchilar chiqishlarida ko‘p uchraydi; 2) ma’rifiy-ilmiy yo'nalish bo‘lib, - bu tamoyi! Fitrat, V. Mahmud, Oybek, A. Majidiy, Ayn, S. Ayniy, L. Olimiy,O.Hoshim, Botu kabi adib va adabiyotshunoslar ijodiga xos edi. Ilmiy izlanishlar yo ‘lidan borgan Fitrat, V.Mahmud, A.Sa’diy, A.Majidiy, To‘g ‘rul, O.Hoshim, L.Olimiy kabi tanqidchilarning maqolalari, adabiyotshunoslikka oid tekshirishlari merosga to‘g‘ri yondashishga intilishning adabiy tanqiddagi namunalari edi. Bu jihatdan L. Olimiyning «Nodira», A.Majidiyning «Shoir Miriy» kabi maqolalari ayricha e ’tiborga loyiq. Shuni alohida ta’kidlash joizki, V.I. Leninning har bir millatda ikki xil adabiyot: progressiv va reaksion adabiyot bo'ladi, degan xato nazariyasi, nainki, o ‘tgan asming 2 0 -3 0 -yillari, balki, umuman, XX asming deyarli 90-yillarigacha adabiyotshunoslik va tanqid ilmi, umuman, madaniyatimiz tarixida jiddiy ravishda salbiy rol o‘ynadi. Shunga qaramay, bu adib va olimlarimiz milliy merosimizni o‘rganish ishida har qanday sharoitlarda ham millatga sadoqat namunalarini ko‘rsatdi!ar. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, bu masaladagi zamonning juda kuchli tazyiqlariga qaramay, 20-yillardayoq ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy merosini to‘plash, o ‘rganish, nashr etish ishlari boshlab yuborildi. Bu ishga ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, rus va boshqa xalqlaming adabiyotshunoslari ham munosib hissa qo‘sha boshladilar. Jumladan, Abdurauf Fitrat ilk borshoiming forsiy ijodiga e ’tibomi qaratib, «Navoiyning forsiy shoirlig‘i va lining forsiy devoni to‘g‘risida» maqolasini yaratgan bo‘lsa, *Muhokamatul-lug‘atayn»ning turkmancha taijimasi 1925-yilda «Amir Alisher Navoiy» nomi ostida Turkmanistonda nashr etildi. Kitob kirish so‘z, shoiming qisqacha tarjimayi holi va izohlar bilan ta’miniandi.1926-yili Leningradda rus tihda bosilib chiqqan «Mir-Ali-Shir»kito bi sharqshunoslikda sezilarli iz qoldirdi. Undan A.N.Samoylovich, Ye.E. Bertels, V.V. Bartold kabi atoqli olimlarning maqotalari o‘rin oldi.»Chig‘atoy gurungi» tashkiloti madaniy Buzruk asarida Behbudiyning «Samarqandda teatr» nomlimaqolasidan bir parcha keltiradi. Unda «Padarkush» pyesasining yozilishi va sahnalashtirilishi zamonaviy o ‘zbek dramaturgiyasiga kata bir turtki berganini ta’kidlaydi.
Miyon Buzruk « 0 ‘zbek teatri tarixi uchun materiallar» asarida Hamza Hakimzoda hayoti va ijodi, xususan, uning dramaturgiyasi bilan bog‘liq masalalarini ham yoritadi. Shunisi e ’tiborliki, olimHamzaning 1917-yil Oktabr to‘ntarishiga qadar bo‘lgan ijodi vafaoliyati haqida mulohaza yuritganida, aksar hamzashunoslardan farqli o‘laroq, uning jadid shoiri bo‘lganligini, shoir 1918-yilga kelib sho‘rolar pozitsiyasiga o ‘ta boshlaganini aytadi. U Hamzaning «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» va «Boy ila xizmatchi» dramalarini keng tahlil qiigan. Olim «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» pycsasi haqida, ushbu drama jadidchilik g‘oyalari asosida yozilgan, deyamulohaza yuritgan bo‘lsa, «Boy ila xizmatchi» tahlilida esa, bu asar yozilgan 1918-yilga kelib, Hamzaning sovetlar pozitsiyasiga meros bilan bir qatorda zamonaivy adabiyotni o‘rganish ishiga tashkiliy va amaliy jihatdan katta hissa qolshdi. «Qizii qalam» tashkiloti ham adabiy merosni va zamonaviy adabiy jarayonni yoritishda jiddiy ishlami amalga oshirdi. Qisqasi, Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Muqimiy va boshqa ijodkorlarni «hozirgi zamon kemasidan» uloqtirib tashlamoqchi bo'lgan manfur siyosat o‘z maqsadini to ia amalga oshira olmadi. Xulosa shuki, XX asr boshlaridagi yosh adabiy tanqid badiytarixiy jarayonda faol rol o ‘ynadi. Yillar o ‘tgani sari saflarini muslahkamlab, o z ilmiy-estctik qarashlarini chiniqtirib bordi.
Adabiyot rivojiga oid ko‘pgina masalalami ko‘tardi, adabiy hodisalar, badiiy asarlar haqida ba’zan noto‘g‘ri xulosalar chiqarsa-da, lekin asosiy hollarda doimo to‘glri baho berishga intildi. Sho‘roviy tan q id chilik doirasida ham o‘zbek tanqidchiligi umumbashariy mczonlarga mos keluvehi ilmiv-estetik fikrlarni izlab, imkoni doirasida uni yuzaga chiqardi. Va bu intilishlarbesamara ketgani yo‘q. Istiqlol davri arafalari va Mustaqillik davriga kelib yaratilgan erkin sharoitda ular o‘zlarining yangi-yangi natijalarini bera boshladi. Tanqidchilik va adabiyotshunoslikning mustaqil namoyon b o ‘lishi yoki badiiy ijod turi sifatida jralib, o‘z qonun va tamoyillari asosida rivojlanish jarayoniga kirishi — o ‘sha davr madaniy hayotining,ma’naviyal va ma’rifatining katta yutug‘i bo‘ldi.
Ayni ch o q d a ,tanqidchilik bilan shug‘ullangan yozuvchilar - Fitrat, ChoMpon,A.Qodiriy, Oybek, G ‘.G‘ulom, M. Shayxzoda, H. Olimjoniariiing maqolalari, taqrizlari ham adabiy tanqid saviyasi o‘sishiga jiddiy ta ’sir ko'rsatdi. Badiiy asar tahlilida shakl va mazmun birligiga e ’tib o r kuchaya boshladi. Avallari muayyan asar mavzui va sujetigina diqqat markaziga olinib, badiiy shakl ko‘pincha e’tibordan chetda qolgan bo‘lsa, endi tanqidiy asarlaming ko‘pchiligida g‘oyaviy mazmun qatorida kompozitsiya, uslub, tasviriy vositalar, obraz va xarakter birlikda baholanadigan bo‘ldi. Badiiy lil asalalariga ham alohida e’tibor berildi. Adabiy tanqid tafakkur, ruhiyat, madaniyat va ma’naviyatni shakllantiruvchi vositalardan biri bo‘lib qoldi. Maqola va taqrizlar xalq va omma qiziqishini uyg‘otishga noil bo‘la bordi. Adabiy tanqidning badiiy asar yaratilishidagi o‘mi sezildi. U ijodkorga muxolif cmas, hamkor ckani tushunib yetildi.

Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin