Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Cho'lponning munaqqidlik faoliyatining o'rganilishi tarixi haqida so zlang. 2. «Adabiyot nadur?» maqolasi nimadan bahs etadi? 3. Cho‘lpon adabiy tanqidning qaysi janriarida ish k o ‘rdi? 4. ChoUpon teatr tanqidchisi sifatida qanday taqriz va maqolalar yozgan? Vlarda qanday masalalar ko'tarilgan? 5 Cho'lponning Abdurauf Fitrat ijodiga munosabaiini izohlang. 6. Cho`lpon maqolalarining ahamiyati nima?
GUMANIZM VA ESTETIK QARASHLAR HAQIDAGI BAHSLAR MUSTAQILLIKKACHA BO‘LGAN TANQIDCHILIK REJA: 1.Hafiz abdusamatov 2. Laziz qayumov 3.Adabiy tanqidda badiy konflikt ya’ni bahslar 4. XX asrning 60—90-yillari tanqidchiiigining o‘ziga xos xususiyatlari.
HAFIZ ABDUSAMATOV (1925). Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr o‘zbek tanqidi yangi bosqichga ko‘tarilishida yosh kuchlar faollik ko‘rsatdilar. Ularning ijodiy faoliyati xilma-xil kechdi. llmiy-tadqiqotlarixarakteri ham, tanqiddagi izlanishlari saviyasi ham turlicha bo‘ldi. «Og‘irlik markazi»ni ko‘tarib borish H.Yoqubov, Sh. Rashidov, S. Azimov, S. Qosimov, A. Olimjonov, Sobirov qatorida Hafiz Abdusamatovning ham zimmasiga tushdi. Bu avlod vakillari ichida hozirga qadar adabiyotshunoslik va tanqidchilikda faol jcd qilib, o ‘z tengdoshlarining oldingi saflarida borayotganlardan bin bu H. Sh. Abdusamatovdir. U 1925-yildatug‘ildi, 0 ‘rta Osiyo davlat uiiversitcti filologiya fakultetini tugatib, aspiranturada tahsil oldi. Dra oiaturgiya muammolarini tadqiq etib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlad . 1952-yildan Olz R FA Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim sif itida faol ish olib bordi. Institut sho'balaridan biriga rahbarlik qildi 1964—1966-yillarda 0 ‘zbekiston Madaniyat ministrining birinchi c ‘rinbosari bo‘lib ishladi. H. Abdusamatov oliyatida Abdulla Qahhor bilan Komil Yashin hayoti va ijodini o‘rg;g‘nish katta o‘rin tutadi. U o‘zbek adabiyotshunosligining tarkibiy ^ismlari qahhorshunoslik va yashinshunoslikka asos solgan tadqiqotcl ilardan hisoblanadi. Ayni choqda, u ilk bor o'zbek dramaturg iyasica konflikt muammosini va o‘zbek adabiyotida satira masalalarini ke ig ilmiy planda tadqiq qilgan yirik olimdir.Shularning o‘ziyoq olim ijodi rang-barang ekanini ko‘rsatadi.O‘zbek dramaiurgiyasida konilikt masalasiga doir (1954) birinchi yirik asarida muallif A. Qahhoming «Shohi so'zana», K. Yashinning «General Rahimov», N.Safarovning «Sharq tongi», Uyg‘unning «Navbahor> Tuyg‘unning «Muhabbat» asarlaridagi yutuqlar va kamchiliklarni atroflicha tahlil qildi. Bu davrda Oybek, G‘.G ‘ulom, H.Olimjon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan alohida tadqiqotlar maydonga kcldi. H.Yoqubov G‘.G ‘ulom, Oybek ijodi haqida, H. Abdusamatov esa A. Qahhor hayoti va ijodi haqida faol ish olib bordi. Olimning o ‘nlab maqolalari bosxlib chiqdi, muttasil ijodiy izlanishlar samarasi sifatida 1960-yili «Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqida ocherk» nomli yirik monografiyasi chop etildi.
Ba’zan asar badiiyatini yetarli tushunmaslik va ayrim sxematik illatlardan boMmasa-da, tadqiqotda A. Qahhoming sermazmun va serqirra ijodi, adabiyotimiz tarixida tutgan o ‘m i tadqiqotchi tomonidan keng va atroflicha ko‘rsatib berildi. 1950-1960, I960— 1970-yillarda ham A.Qahhor asarlarini turli yo'nalishlarda tekshirish H.Abdusamat ov ijodining markaziy o‘rinlaridan birini tashkil qildi. Abdusamatov ijodiy faoliyatida muhim o‘rin oigan san’atkor bu, shubhasiz, dramaturg Komil Yashindir. 1964-yiii olimning M. Samadov bilan hamkorlikda yozgan «Yashin» nomli monografiyasi bosilib chiqdi. Bu dramaturg ijodi bilan qiziqish unda 50-yillarning avvalida langan edi. Aytish mumkinki, Komil Yashin yaratgan dramatic asarlardan deyarli birortasi HAbdusamatov e ’tiboridan chetda qolmadi. Olim G ‘.G‘ulom, H. Olimjon, Uyg‘un, Nazir Safarov, O. Yoqubov, B. Pahmonov ijodi haqida ham qator maqolalar yaratdi. Dramaturgiyaning nazariy masalalari bilan faol shug‘ullanib borishi natijasida H. Abdusamatov o ‘zbek dramaturgiyasining yirik tadqiqotchilaridan biri sifatida respublika miqyosidagina emas, undan tashqarida ham taniidi.
Uzoq yillardagi izlanishlari natijasi oMaroq «Drama nazariyasi» nomli salmoqli asari maydonga keldi. U ikki jildlik « 0 ‘zbek sovet adabiyoti tarixi ocherki» (1961-1962), uch jildlik « 0 ‘zbek sovet adabiyoti tarixi» (1968-1972) nomli fundamental tadqiqotlar yuzaga kelishiga munosib hissasini qo‘shdi. Uning « 0 ‘zbek sovet satirasining ba'zi masalalari» nomli tadqiqoti (1960) o zbek adabiyctidagi hajv muammolariga bag‘ishlangan kitoblarning birinchisi sanaladi. Hamza, S. Ayniy, A.Qodiriy, G‘.G‘ulom, A. Qahhor hajviyotini keng miqyosda tadqiq qilgan olim 1968-yilda «Olzbek sovet satirasi masalalari» nomli navbatdagi yirik kitobini nashr etdi. 1968-yiii H.Abdusamatov « 0 ‘zbek sovet adabiyotida satira» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. «Traditsiya va novatorlik problemasi* (1974) nomJi kiiobida muallif bu muammolarning o‘zaro ichki aloqasini o'rgandi. Bu asar Hamza an’analarining Yashin ijodida jilolanishi, kamol topib, keng ko lamdayangilanishi yoritib berilgan tadqiqot sifatida e’tirof etildi. «Estetika va hayot» (1976) nomli kitobida dramaturg Komil Yashinning adabiytanqidiy, estetik qarashlari tekshirildi. *Hayot, adabiyot, teatr* (1978) nomli kitobi muallifning turli yillarda yozgan maqola, adabiy o‘ylari va taqrizlaridan tarkib topgan. Faol xizmatlari uchun olim « 0 ‘zbckistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. «Traditsiya va novatorlik problemasi* va «Estetika va hayot» asarian uchun 1977-yili Hamza nomidagi 0 ‘zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Olim 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi a ’zosi va drama sho'basining raisi sifatida faol mehnat qildi.
Ayni vaqtda, u 0 ‘zbekiston Teatrjamiyati rayosatining a’zosidir. Uning mehnatJari mustaqillik davrida hukumatning qator e’tiborli nishonlari bilan taqdirlandi. Mustaqillik davriga kelib, bu zahmatkash olimning ijodi yanada faollashdi. 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchinchi Plcnumida (1956) adabiyotshunoslik va adabiy tanqid masalalari maxsus muhokama qilinib, tanqiddagi yuzakilikning umumadabiyotimiz ravnaqiga salbiy ta’sir etayotgani, bu hoi, ayniqsa, hayotni bo(yab tasvirlashga moyil asarlami tahlil etib, baholashda ko‘zga tashlanayotgani ta’kidlandi.Keyingi yillar she’riyatida, xususan, ritorika va madhiyabozlik kuchayib borayotgani haqida asosli fikrlar aytildi. Davr tanqidining muhim xususiyati nazariy masalalarga katta o'rin berilishida ko‘rinadi. To‘gri, aksar fikrlar sotsialistik realizm metodi muammolarining talqini sifatida kechdi va, tabiiyki,ulaming ma lum qismi va ularda ilgari surilgan ayrim qarashlar bugun eskirdi. Lekin lirika muammolariga bag‘ishlangan bahs 50-yillar o‘rtasidagi o‘zbck tanqidchiligining muhim hodisasi sifatida baholanishga arzigulikdir.
Undagi, ayniqsa, H.Yoqubovning «Lirikada konflikt», Ozod Sharafiddinovning «Lirika haqida mulohazalar» kabi maqolalari misolidatanqidiy tafakkurda jiddiy o zgarish namunalari namoyon bo‘ldi. Bu davrdagi o‘zbek tanqidi haqida gapirganda, awalo, Oybekning « 0 ‘zbek sovet adabiyoti yuksalishda», S.Azimovning « 0 ‘zbekistonda adabiy tanqidchilikni rivojlantirishga doir ba’zi masalalar», A.OIimion va P.Tursunmng «Adabiy tanqidchilikni yuksak darajaga ko'taraylik» V ohidovning Yosh tanqidchilar haqida», singari maqolalarini eslamaslik mumkm emas. Ularda professional tanqidchi uchun zarnr bo‘lgan fazilatlarni egallash yo hda munaqqidlar oldiga qator dolzarb vazifalar q o ‘yildi. Bu yillarda, shuningdek, hozirgi zamon o ‘zbek poeziyasi, dramaturgiyasi, bolalar adabiyoti, muayyan san’atkorlar hayoti va ijodi adabiy aloqalar va o‘zaro ta’sir, taijimachilik san’ati haqidagi qator tadqiqot, risola va maqolalar vujudga keldi. 50-yillar tanqidi va adabiyotshunosligi rus hamda o ‘zbek adabiyotlanning o czaro aloqasi hamda fao] ta ’sirini tadqiq etishga jiddiy e ’tibor berdi. Biroq bu yo‘nalishdagi ishlarda to‘g‘ri, muhim va e ’tiborli fikrlar aytihshi bilan bir qatorda o ‘zbek adabiyoti faqat rus adabiyotidan o ‘rgansagjna, unga ergashsagina, biror bir yutuqqa erishishi mumkm, busiz adiblaming mahorati haqida gap bo‘Iishi mumkin emas, qabilidagi fikrlar ham ilgari surildiki, bu bir tarafdan, milliy adabiyot va adiblaming o‘ziga xosligini mensimaslik va ikkinchi bir tarafdan, ruslashtirishdan iborat katta siyosatning adabiyotdagi ko‘rimshi sifatida nomaqbul bir tamoyil edi. Afsuski. yuqoridagi nuqtayi nazar ianqidda uzoq yillar hukm surdi va o‘zbek adabiyoti ravnaqiga muayyan masafa va mezonlarda salbiy ta’sir o‘tkazdi.
Hatto o‘rta maktabning o ’zbek sinflari uchun yozilgan va nomi «0 zbek adabiyoti» deb ataluvchi darsliklar oh.Gorkiy, gohda V.Mayakovskiy hayoti va ijodini yoritishdan boshlanguvchi edi. Xayriyatki, Istiqlol bunday yondashuvlarga tamom chek qo'ydi. Bu yillarda ham adabiy tanqid rivoji xiyla murakkab kechdi Mumtoz merosga nigilistik munosabatlarga, tarixiy adabiy faktlami soxtalashtinshga, «yagonaoqim» nazariyasi, «konfliktsizlik nazariyasi» ga qarshi keskin kurash olib borishga to‘g‘ri keldi. Bu kurash o ‘zming mohiyat-e’tiboriga ko‘ra to'g‘ri bo'lishiga qaramay, ba’zan jiddiy xatolarga ham yo‘l qolyildi, vulgar sotsiologik qarashlarning u yoki bu qirralari, u yoki bu ko'rinishlarda takrorlandi. Shu o ‘rinda «Alpomish» dostoniga bo‘lgan munosabat haqida ikki og iz to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri kcladi. Markazning qattiq tazyiqi va zimdan buyrug‘i tufayli bu qahramonlik dostoni nohaq tanqidga uchradi. «Alpomish» AAbdunabiyev va A.Stepanovlaming «Alpomish» eposi haqida», «Xalqchillikbayrog‘i ostida» nomli maqolalarida xalqqa yot, reaksion asar sifatida qoralandi. Buni anglash uchun katta aqlning keragi yo‘q. Bu maqsad zamirida o ‘zbek xalqining uning buyuk bir ma’naviy qudratidan mosuvo qilish edi.
1952-yil martida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o'tkazgan «Alpomish» dostoni muhokamasida nohaq fikrlar yanada chuqurlashtiriladi. Dostonni tashviq va targ‘ib qilib kelgan, uni ko‘p marta qayta-qayta nashr qildirgan va bu nashrlarga kirish so‘zi yozganlar, jumladan V.Jirmunskiy va H.Zaripovning «O‘zbek xalq qahramonlik eposi» kitobi, Oybekning « 0 ‘zbek poeziyasi antologiyasi», M. Shayxzodaning «Alpomish» dostonining rus tilidagi (1949) nashriga yozgan maqolalari qoralanadi. Afsuski, o ‘zbek xalq ijodiga bunday noto‘g‘ri munosabat matbuotda ancha vaqt davom etdi. Ammo asta-sekin bunday nigilistik qarashlarga keskin zarba berildi. 1956-yilda «Qizil 0 ‘zbekiston» gazetasida bosilgan «Xalq ijodining o'lmas yodgori» maqolasi «Alpomish» dostonining xalqchilligini isbot etdi — o'zbek xalqining buyuk dostoni haqqoniy va odil bahosini oldi. «Alpomish» eposi jid d iy o'rganila boshlandi. Bu o‘rinda Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti instituti hamda 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tashabbusi bilan Toshkentda (1956, 20-25-sentabr) doston muhokamasiga bag‘ishlangan regional kengash katta ahamiyatga ega bo'ldi. Kengashda va muhokamada taniqli olimlar A.K.Borovkov, V.M. Jirmunskiy, Ye.E.Bertels, L.l.K limovich, V.l. Checherov; Moskva davlat universitetidansharqshunos M.I.Bogdanova, adabiyotshunos A.Volitova, tarjimon shoir L.M.Penkovskiy; Qozog‘iston FA muxbir a ’zosi N .S.Smirnova va ilmiy xodimi T.Sodiqov, talar X.Yormuhammedov,boshqird A.Kirayev, gruzin M.Ya.Chikovani, osetin V.S.Totoyev, mordvin A.I.Maskayev, qoraqalpoq l.Sag‘itov va O*. Ayimbetov, shuningdek, o‘zbek olimlari H.Zarif, M.Shayxzoda, H.Sulaymon, M.Afzalov, Uabborovlar faol ishtirok etdilar.
Unda doston va uning variantlari keng muhokama qilindi, ularni baholashdagi noto‘g‘ri tamoyillarga barham berildi. Bu kengash milliy respublikalar folklorshunosligini rivojlantirishga jiddiy ta ’sir ko‘rsatdi. Yuqoridagidek nigilistik va noxolis qarashlar adabiy tanqidchilikda tarixiy mavzuda yaratilgan asarlarga nisbatan ham ro‘y berdi. Bobur, Muhammad Solih, Shayboniyxon shaxsiyatlari va ijodlariga salbiy munosabatlar buning dalilidir. Ba’zi tanqidchilar zamonaviylik masalasini juda tor, yuzaki talqin qildllar. Zamonaviylikning o'tmish mavwww. zusiga qarama-qarshi qo'yilishi natijasida tarixiy o'tmish aks etgan gloyaviy- adiiy baquwat asariar huda-behudaga kamsitildi. Shu yoldan borgan ba’zi munaqqidlar Oybekning «Navoiy»dek buyuk romanini qattiq tanqid qilishga kirishdilar. Holbuki, asar yaratilgan kezlar davrniug eng yuksak mukofotiga sazovor bo‘lgan, qator yirik oumlar lomonidan nafaqat o ‘zbek adabiyoti, balki «ko‘p millatli adabiyol»ning ham ulkan yutug‘i sifatida yuksak baholangan edi. lumladan, N.Tixonov uni shunday baholadi: «Biz ... o‘zbek tilida yaratilgan birinchi tarixiy roman ni ko‘rib turibmiz. Buni Oybekyaratdi. Oybek bizga, kitobxonlarga XV asr buyuk odamining fojeasini ko‘rsatdi! Keng kitobxon ar ommasi 0 ‘rta Osiyoning o‘sha davri haqida yozilgan o‘nlab ilmiy ishlardan ham ololmagan ma’lumotlarini bu romandan oldilar». Darhaqiqat, Navoiy» romani haqidagi nohaq tanqidlar uzoqqa borolmadi, asar o'zining qimmatini yo‘qotmay qolayotir.