Adabiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari. Adabiy til shakllari


-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda



Yüklə 26,88 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2022
ölçüsü26,88 Kb.
#76238
1   2   3   4   5
Adabiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari. Adabiy til shakllari

16-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra, boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar, qo‘shma korxonalarning, shuningdek, milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari matnlarning tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda. Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi.
22-modda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari va jug‘rofiy ob’yektlarining nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.
Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilinganligining 30-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi Qarori 2019-yil 4-oktabrda qabul qilingan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-5850-son
Farmoni 2019-yil 21-oktabrda qabul qilingan

  • 21-oktabr sanasini «O‘zbek tili bayrami kuni» deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

  • 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

  • 3. Atamalar komissiyasi tashkil etildi

  • 4. Sohalar va hududlar kesimida vazir va hokimlarning davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi

  • 5. Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etish belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 117-sonli Qarori 2020-yil 3-martda qabul qilingan.

  • Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etildi.

  • Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 13ta hududiy bo‘linmasi ochilib 2020-yil sentabr oyidan o‘z faoliyatini boshladi.

  • Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida davlat tashkilotlari xodimlari pullik shartnoma asosida o‘qitilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-son Farmoni 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan

  • 1. 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi;

  • 2. 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturi;

  • 3. 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

  • 4. Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlash hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etildi.




Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin