1 4 9
Yarim kecha bo‘lib qolgan, atrof jimjit. Faqat olislarda it
uliydi. Ayvon to‘sinidagi uzun mixga ilig‘liq lampochka xira
nur taratadi. Chiroq atrofida o‘ralashgan
chivinlar bir zum
tinmaydi. Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay
pushtalari orasida suv yaltiraydi. Onda-sonda rang olgan
qulupnaylar ko‘zga tashlanib qoladi. Qayoqdandir shamol keldi.
Hovli etagidagi yong‘oq shoxlari bir guvullab qo‘ydi. Shoikrom
uyqu elta boshlagan ko‘zlari bilan o‘sha tomonga bir qarab
qo‘ydi-yu, ter hidi anqib turgan lo‘labolishga boshini tashladi.
Shu ondayoq yana o‘sha tovoqqa, bandi kuygan qoshiqqa ko‘zi
tushib, tag‘in g‘ashlandi. «Ziqna bo‘lmay o‘l! – deb o‘yladi
xotinini so‘kib. –
Azaldan qurumsoq edi, zamon og‘irlashgandan
buyon battar bo‘ldi».
Ichkarida chaqaloq yig‘ladi. Beshikning g‘ichirlagani eshi-
tildi. Bola xuddi shuni kutib turganday battar big‘illay boshla-
di. Kattasi ham uyg‘onib ketdi shekilli, qo‘shilishib yig‘lashga
tushdi.
Shoikrom siltanib qaddini rostladi.
– Ovozini o‘chir, Xadicha!
Ichkaridan xotinining beshikni mushtlagani, zardali tovushi
eshitildi.
– Ovozi o‘chsa koshkiydi! To‘qqiz
kechasida jin tekkan bun-
ga! «Kambag‘alning ekkani unmaydi, bolasi ko‘payadi o‘zi, –
deb o‘yladi Shoikrom ijirg‘anib. – Shu kunimdan ko‘ra urushga
borib o‘lib keta qolganim yaxshiydi».
Uni urushga olishmadi. To‘qimachilik kombinatida montyor
yetishmasmidi yo o‘zi yaxshi ishlarmidi, harqalay, uni
olib qo-
lishdi. Shoikrom urushning boshlanishidan sal oldin uylangan
edi. Urush bo‘ldi-yu, zamona o‘zgarib ketdi. Bir xil odamlar
tirnoqqa zor. Uning xotini bo‘lsa yonidan o‘tib ketsa ham bosh-
qorong‘i bo‘laveradi. Xudo bergandan keyin tashlab bo‘lar-
mishmi deb ketma-ket uchta qiz tug‘ib berdi. Urushning qora
qanoti uzoqlab ketgan bo‘lsayam, erta-indin Gitlerning to‘ng‘iz
qo‘pishi ko‘rinib qolgan bo‘lsayam,
hamon uning soyasi odam-
1 5 0
lar boshiga ko‘lanka tashlab turibdi. Hali u qo‘shninikida aza
ochiladi, hali bu qo‘shninikida.
Hovli etagidagi pastak eshik g‘iyqilladi. Shoikrom kafti bilan
ko‘zini chiroqdan pana qilib qaradi-yu, shu tomonga kelayotgan
onasini ko‘rdi. U uylangandan keyin otadan qolgan hovlini o‘r-
tadan ikki paxsa devor olib bo‘lishgan. Bungayam bir chekkasi
Xadichaning injiqligi sabab bo‘lgan edi.
Har xil ikir-chikir gap-
lar chiqavergandan keyin Umri xola ro‘zg‘oring boshqa bo‘lsa,
o‘zingga qayishasan deb ularning qozonini boshqa qilib berdi.
O‘zi kichik o‘g‘li Shone’mat bilan narigi hovlida qoldi.
Rangi uniqqan chit ko‘ylak ustidan nimcha kiyib olgan Umri
xola sharpaday unsiz yurib keldi-da, yapaloq musulmon g‘isht-
dan yasalgan zinadan ayvonga ko‘tarildi.
– Hali uxlamovmiding? – dedi u zinadan enkayib chiqa-
yotganida surilib ketgan ro‘molini qayta o‘rab.
– Ko‘rmaysizmi, chaqaloq tinchitmayapti. O‘zim itday char-
chaganman.
– Bola bo‘lgandan keyin yig‘laydi-da, –
dedi Umri xola
yupatuvchi tovushda. – Yotaver, bolam. – U yana o‘sha unsiz
odimlar bilan ichkari uyga kirib ketdi.
Qaynona-kelin bir balo qilib bolalarni tinchitishdi. Keyin
ikkovlari boshlashib chiqishdi. Xadicha bir qo‘lida choynak-
piyola, bir qo‘lida zog‘ora non keltirib dasturxon ustiga qo‘ydi.
– Choy o‘lib qopti, – dedi u zog‘ora ushatarkan.
Umri xola Shoikromning yonboshiga, shaparak ko‘rpacha
1
ga
o‘tirdi.
– Ol o‘zing ham,– dedi u tomirlari bo‘rtib chiqqan qo‘llari
bilan sochilgan uvoqlarni yig‘ib og‘ziga solarkan. Shoikrom
onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
Ilgari ham shunaqamidi, yo‘qmidi, eslay olmadi.
– Ovqatingdan qoldimi? – dedi u cho‘kkalab o‘tirgancha
choy quyayotgan xotiniga qarab.
1
Dostları ilə paylaş: