Shaparak ko‘rpacha – qavilmagan ko‘rpacha.
1 5 1
Xadichaning uzunchoq sarg‘ish yuzi qizardi. Aybdordek
mahzun tovushda uzr so‘radi.
– Qolmovdi-ya.
Shoikrom uning qizarganidan yolg‘on gapirayotganini sezdi.
Kim bilsin, ertalab o‘ziga isitib berish uchun shunaqa
deyotgandir...
– Yo‘q, bolam, ovqat kerakmas, – dedi Umri xola shoshilib.
– Xayol surib yotib uyqum o‘chib ketdi... – U bir lahza jim
qoldi-da, o‘ziga gapirganday sekin qo‘shib qo‘ydi. – Payshanba
kuni Komil tayibning uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir
kosadan qo‘y suti ichsa, dard ko‘rmaganday bo‘lib ketadi dedi.
– Hozir qo‘y suti qatta, – dedi Xadicha. – Sigir suti otliqqa
yo‘g‘-u... Shu paytda sigirimiz tug‘gan bo‘lardi-ya.
Shoikrom xotinining gapini eshitmadi. Birdan uning ko‘z
o‘ngida deraza ostida pastak shiftga tikilib yotgan ukasi jon-
landi. Bir hovlida turib o‘n kundan buyon holini so‘ramaganiga
afsuslanib, ichidan xo‘rsiniq keldi. Shone’mat Rossiyadan ko‘-
chirib keltirilgan zavod qurilishida ishlay boshlaganida uni
urushga olishmaganidan Shoikrom suyungan edi. Gap boshqa
yoqda ekan. Ukasi sil ekan. Shuning uchun qoldirishgan ekan.
Mana, uch oydirki yerga yopishib yotibdi. Shoikrom o‘n kun-
cha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so‘ragan edi.
O‘shanda Shone’matning qoq suyak bo‘lib qolganini, katta-katta
ko‘zlari nimagadir chuqur ma’no bilan o‘ziga tikilganini ko‘r-
gan edi.
«Yaqinda o‘ladi, – deb o‘yladi u onasining ko‘ziga qaramas-
likka harakat qilib, – baribir, o‘ladi».
– Tuzukmi? – dedi u hammasi uchun o‘zi aybdorday
qovog‘ini solib.
– Shukur, – Umri xola qult etib yutindi. – Hozir uxladi. –
Onasi shu topda chiqib ovora bo‘lmagin degan ma’noda gapir-
ganini Shoikrom tushundi.
– Ertalab xabar olaman, – dedi u onasi o‘rnidan turganda.
1 5 2
– Sendan nega gina qilarkan, bolam, – dedi Umri xola ayvon
labida to‘xtab. – Ko‘rib turibdi-ku. Ertalab chiqib ketasan,
yarim kechada qaytasan. Bu kunlar unut bo‘lib ketadi, bolam.
– Zinaga yechgan kalishining bir poyi to‘nkarilib qolgan ekan,
Umri xola oyog‘ining uchi bilan to‘g‘rilayman deb ancha ovora
bo‘ldi. Keyin zinalardan enkayib tushdi-yu, sharpaday unsiz
yurgancha hovli etagiga qarab ketdi. Pastak eshik g‘iyqillab
ochilib yopildi.
– Padariga la’nat shunday turmushning! – dedi Shoikrom
bo‘g‘ilib. Keyin dasturxonni yig‘ishtirayotgan xotiniga o‘sh-
qirdi. – Seniyam padaringga la’nat! Tumshug‘ingni tagidan
sigiringni yetaklab ketsa-yu, anqayib o‘tirsang.
– Nega menga o‘dag‘aylaysiz? – Xadicha tovoqni qoshiqqa
urib yig‘lamsiradi. – Nima, meniyam Ilhom samovarchining
xotiniday so‘yib ketsinmidi? Siz kechalari smenda bo‘lsangiz.
Men uchta jo‘ja bilan jonimni hovuchlab o‘tirganim yetmay-
dimi?!
Shoikrom xotinini tarsakilab yubormaslik uchun yuzini o‘gi-
rib tishini g‘ichirlatdi.
Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan
buyon yomon ko‘paydi. Erta bahorda ularning tug‘ay deb turgan
sigirini o‘g‘irlab ketishdi. O‘sha kecha Shoikrom tungi smenada
edi. Kechasi bilan sharros jala quyib chiqdi. Shoikrom tong
saharda bir nimani sezganday ko‘ngli g‘ash tortib uyiga qaytdi.
Kelsa xotini, onasi, bolalari dod solib o‘tirishibdi. Xadicha
og‘iroyoq emasmi, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib bilolmay qolibdi.
Ertalab tursa, ko‘cha eshigi lang ochiq, yong‘oqqa bog‘log‘liq
sigir yo‘q.
«Shu paytgacha sigir tug‘ardi, ukamning og‘ziga aqalli bir
kosa sut tutardim, – deb o‘yladi Shoikrom o‘kinib. – Qani
o‘shalar qo‘limga tushsa, chopib tashlardim».
Shundoq dedi-yu, egasi ming poylasin, o‘g‘ri – bir. Mana,
bundan ikki oycha ilgari Ilhom samovarchining xotinini pi-
choqlab ketishdi. Bechoraning bitta-yu bitta echkisi bor ekan.
Hovliga o‘g‘ri tushganini bilib xotin sho‘rlik dod solibdi. Eri
1 5 3
choyxonada ekan. Yugurib borib echkining arqonidan ushla-
ganmi, xullas, yetib kelgan qo‘ni-qo‘shnilar qora qonga belanib
yotganini ko‘rishibdi.
– Shu kunda yana o‘g‘ri oralab qoldi, – dedi Xadicha ko‘r-
pani qoqib tancha chetiga solarkan. – Qulupnay qizarmasdan
bitta qo‘ymay terib ketishyapti.
– Vahima qilma! – dedi Shoikrom qovog‘ini uyib. – Bolalar
terib yegandir. O‘g‘ri qulupnayga keladimi?
– Og‘ziga bir dona olgan bo‘lsa, buyurmasin. Nega kelmas
ekan? Bir hovuchini obchiqib sotsa, bir kosa jo‘xori beradi.
Ana, borib qarang, devorning bir cheti o‘pirilib yotibdi?!
– Vahima qilma! – dedi Shoikrom yana g‘o‘ldirab. Ammo bu
safar o‘zining yuragi seskanib ketganini payqadi. Ko‘nglida
paydo bo‘lgan g‘ashlikni sezdirmaslik uchun hovliga tushdi.
Sekin yurib qulupnay pushtalari oldiga keldi. Ariqlardagi suv
chiroq nurida yaltirab, shamolda jimirlar, marjonday terilib rang
olgan qulupnaylar suvga tegay-tegay deb turardi.
«Rost-da, – deb o‘yladi u pushtalar atrofida aylanarkan, – bir
hovuch qulupnayga bir tovoq jo‘xori beradi. Tansiq narsa...
Xadicha yolg‘on gapirmaydi. Bolalar yegan bo‘lsa, buyurmasin,
deyapti-ku. Pishiq, yo‘latmaydi...»
Bultur xotini shu qulupnay tufayli onasini qattiq ranjitgan
edi. Umri xola bir hovuch qulupnay olgan ekan, Xadicha bola-
larga non puli bo‘lar deb ekkanmiz, norasidalarning nasibasiga
tegmang deb bobillab beribdi.
Shoikrom o‘shanda onasining yoz bo‘yi kelini bilan
yuzko‘rmas bo‘lib yurganini esladi-da, yana shu gap xayoliga
keldi. «Xadicha anoyi emas, qurumsoq...»
U aylanib yong‘oq tagiga bordi. Bordi-yu, chindan ham
o‘sha tomondagi devorning bir cheti o‘pirilganini, ostiga tuproq
to‘kilganini ko‘rib yuragi orqasiga tortib ketdi. Nazarida devor-
ning kemtik joyidan birov mo‘ralab turganday bo‘ldi. Yong‘oq
shoxlarining shamolda vishillashi ham, oyog‘i ostida to‘kilib
yotgan devor tuprog‘i ham shubhali, vahimali ko‘rinib, darrov
orqasiga qaytdi.
1 5 4
Xadicha allaqachon uyga kirib ketibdi. U chiroqni o‘chirib
sandal chetiga yotdi-yu, ko‘nglidagi g‘ulg‘ula kuchayib keta-
verdi.
Kuzda o‘zi bilan ishlaydigan yigitning hovlisidagi so‘ritok-
dan g‘arq pishib yotgan uzumlarni o‘g‘irlab ketishganini esladi.
Shamol borgan sari avjiga chiqar, hovlida yong‘oq barglari
shovullab, shoxlari shubhali g‘ichirlar, allakim ship-ship qadam
bosib, ayvon labiga kelayotganday bo‘lardi.
Xadicha rost aytadi. O‘zi kechalari smenada bo‘lsa, xotini
uchta jo‘ja bilan jon hovuchlab tong ottirsa, o‘g‘riga o‘ljaning
katta-kichigi bormi? Qo‘liga nima ilinsa olaveradi-da. Bordi-yu,
o‘zi yo‘g‘ida uyini o‘g‘ri bossa, xotini dod solsa, pichoqlab
tashlasa. U yoqdan onasi chiqsa, uniyam pichoqlasa... «Vijdon-
sizlar! Odamlarning boshiga kulfat tushganidan foydalanib
qoladiganlarni qirish kerak».
Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi.
Qora kunlar uchun, ne umidlar bilan tishida tishlab yurgan g‘u-
najinini o‘g‘irlagani uchun, o‘lim to‘shagida yotgan ukasini
oxirgi nasibasidan mahrum qilgani uchun, non puli bo‘lar deb
yetishtirgan mevasidan judo qilayotgani uchun shundoq qasos
olsinki o‘sha xudo bexabarlardan.
U o‘rnidan sakrab turib ketdi. Chiroqni yoqib, otilib hovliga
tushdi. Hamon shamol o‘kirar, osmonning goh u, goh bu bur-
chida chaqmoq yaraqlab, yong‘oq shoxlari shubhali g‘iyqillar,
ammo endi bular uni qo‘rqitolmas edi. U yonboshidagi osh-
xonaga kirdi-yu, cho‘ntagidan gugurt olib chaqdi. Titroq qo‘llari
bilan qorayib ketgan devordagi mixga ilig‘liq turgan ikki o‘ram
simni oldi. Bir vaqtlar urushdan oldin u bu simlarni bazmlarga
olib borar, odamlarning hovlisini mash’aladay yoritib berardi.
Endiyam yaxshilikka xizmat qilsin!
«Menga desa otib yubormaydimi! – deb o‘yladi u ayvon la-
biga cho‘qqayib o‘tirgancha usti yopiq simni ochiq simga ildam
ularkan. – Harna bitta haromxo‘rni o‘ldirganim. Bittasi o‘lsa,
boshqalari adabini yeydi».
1 5 5
U chaqqon harakat qilarkan, a’zoyi badani terlab ketgan,
ammo buni o‘zi payqamas, faqat bir so‘zni takrorlardi: «Menga
desa otib yubormaydimi!»
U simning ochiq qismini qulupnay pushtalari ustiga uloqtirdi.
Sim ilonday bilanglab pushta ustiga tushdi. Yopiq qismini
ayvon etagidan olib o‘tdi-da, bir uchini ustundagi ilgakka tiqib
qo‘ydi. Keyin birdan bolalari kechasi hovliga tushsa nima bo‘la-
di degan xayol miyasiga urildi-yu, uyga kirdi. Xadicha yotgan
joyida uyqusirab boshini ko‘tardi.
– Ha?
– Hovliga chiqma, bolalar ham chiqmasin, o‘ladi! – dedi
Shoikrom ko‘zlari yonib.
Xadicha hech nimaga tushunmadi shekilli, «xo‘p» dedi-yu,
boshini yostiqqa tashladi. Zum o‘tmay tekis, chuqur nafas ola
boshladi. Shoikrom ayvon chirog‘ini o‘chirib yana uyga kirdi.
Har ehtimolga qarshi shundoq eshik tagiga, namatga ko‘ndalang
yotib oldi.
«Menga desa otib tashlamaydimi?» deb o‘yladi yana o‘shan-
day zarda bilan. Shu topda negadir bolalarini emas, xotinini ham
emas, ukasini o‘yladi. Shone’mat bolaligida ham zaifgina edi.
Shoikrom har kuni uni maktabdan o‘zi olib kelar, ikkinchi sme-
nada dars tugaguncha poylab o‘tirardi. Otasi o‘lganida Shoik-
rom oltinchida, ukasi ikkinchida o‘qirdi. O‘shanda Shone’mat
yig‘lamagan, ammo ichikib kasal bo‘lib qolgan edi. Endi bo‘lsa
besh kunligi qoldimi-yo‘qmi, aka bo‘lib xabar ham ololmaydi.
Shoikrom uxladimi, yo‘qmi, bilolmadi. Bir mahal bola yig‘-
ladimi yo tashqarida shamolning guvullashi aralash dahshatli bir
faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi. Sapchib o‘rnidan
turib ketdi. Ayvon chirog‘ini yoqishi bilan qulupnay pushtasida
muk tushib yotgan odam gavdasini ko‘rdi-yu dahshatdan qotib
qoldi. Shu ondayoq xato qilganini, qotillik qilganini payqadi.
Sim uchini shartta ilgakdan yulib olib, hovliga otildi. «Bosh-
qalari qochdi» degan fikr lip etib xayolidan o‘tdi. Pushtalar
ustida sakrab-sakrab yurib borarkan, oyog‘i botib ketayotganini
payqadi. Keyin buklanib yotgan odamdan uch qadam beriroqda
1 5 6
to‘xtadi-yu, birdan cho‘kkalab qoldi. Bir lahza ko‘zlari olayib
tikilib turdi-da, ko‘ksidan shamol g‘uvurini ham, o‘z vujudini
ham larzaga soluvchi bir nido otilib chiqdi:
– Oyi-i-i!
U boshidan hushi uchib borayotganini elas-elas his qilib o‘zi-
ni yerga otdi. Titroq qo‘llari bilan loy changallagancha cho‘k-
kalab ko‘ksiga mushtlay ketdi.
– Oyi! Oyijon!
Umri xola bir qo‘li bilan uniqqan chit ko‘ylagining etagini
mahkam changallab olgan, etak ichida ikki hovuch pishgan-
pishmagan aralash qulupnaylar ko‘rinib turar, boshqa qo‘li bilan
esa ilondek simni ushlab turardi. Shoikrom uning qulupnay
qizili yuqqan, yorilib ketgan barmoqlarini, bo‘rtgan tomirlarini
aniq ko‘rdi. Nariroqda, loyli ariq ichida uning kalishi yotar,
chamasi, sim oyog‘iga tekkanida yulqib olmoqchi bo‘lgan-u,
qo‘liga o‘ralashib yiqilgan edi.
Shoikrom loyli marzadan emaklab borgancha o‘zini onasi-
ning quchog‘iga otdi.
– Oyijon, oching ko‘zingizni! – dedi u gezarib ketgan lablari
bilan onasining muzday yuzidan o‘pib.
U anchadan keyin o‘ziga keldi-yu, tepasida xotini turganini,
qizchalari yig‘layotganini payqadi. Boshini ko‘tarishi bilan
marza chetida o‘tirgan Shone’matga ko‘zi tushdi. Necha hafta-
lardan buyon o‘rnidan jilmay yotgan ukasi, aftidan, qandaydir
kuch topib emaklab chiqqan, ko‘ylagining yelkalari osilib turar,
katta-katta ko‘zlari vahima bilan boqar edi.
– Nima qilib qo‘ydim, ukam! – dedi Shoikrom yana balchiq-
qa belangan kafti bilan yuzini changallab. Keyin yana onasini
ko‘tarishga urinar, ammo onasining ikki buklangan gavdasi
negadir hech tiklanmas edi.
– Sut ichmay zahar ichsam bo‘lmasmidi, – dedi Shone’mat
ovozi titrab.
Shoikrom bu ojiz, titroq tovushdan seskanib, ukasiga tikilib
qoldi.
1 5 7
– Zahar ichsam bo‘lmasmidi, – dedi Shone’mat yana o‘sha
ohangda. Aftidan, u yig‘lay olmas, yig‘lashga madori yetmasdi.
– Kechayam aytuvdim, ko‘nmadilar. Qulupnayga sut alishadi,
dedilar.
Shoikrom boshqa hech nimani eshitmadi. Eshitolmadi. Foy-
dasi ham yo‘q edi.
* * *
Umri xolani peshin namoziga chiqarishdi. Go‘ristondan chi-
qib kelishayotganida Shoikrom odamlarning o‘zaro gapini eshi-
tib qoldi.
– Urush tamom bo‘pti, eshitdingizmi?
1. O‘tkir Hoshimov haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering.
2. «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasini sinchiklab o‘qing.
Asarning asosiy mazmunini so‘zlab bering.
3. Hikoyaning bosh qahramoni Shoikromning ko‘ngli g‘ashligi,
diqqinafas holatiga nima sabab ekanini tushuntiring.
4. Urush odamlarni o‘zgartirib yuborganini hikoya qahramonlari
so‘zlari orqali tushuntiring.
5. Shoikromni qotillikka undagan, ko‘rinmas o‘g‘ridan o‘ch
olishga majbur qilgan, oqibatda o‘z onasining o‘limiga sabab
bo‘lgan narsa nima?
6. Hikoya qahramonlari xatti-harakatlarini tahlil qiling. Umri xola
xarakterini izohlang.
7. Hikoyadagi Umri xola va «Dunyoning ishlari» qissasidagi ona
obrazi o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?
8. Daftaringizga hikoyada ishlatilgan maqol va iboralarni yozib
oling. Ularni yozuvchi qaysi maqsadda qo‘llaganini tushuntirib
bering.
9. Shoikromning o‘g‘rilar uchun qo‘ygan tuzog‘i tufayli Umri xola
qurbon bo‘ldi. Bu yerda Sizningcha kim qotil?
10. Umri xolaning harakatini o‘g‘rilik deb bo‘ladimi?
Dostları ilə paylaş: |