Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə125/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Nomi

Obrazlar

Obrazlar xususiyati

Rustamxon”









Devoni Hikmat









To’nyuquq”










Atoyi XV asrda Balxda1 tug‘ilgan. Atoyining hayot yo‘li, shaxsiyati haqida ma’lumotlar juda kam. U asli Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo‘lgan Ismoil Ota avlodlaridan.Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Mirzo Ulug‘bek saroyida xizmat qilgan. Atoyi turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Taxallusini mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilib, «Ato» («Ota») deb olgan. Hozirgi Qozog‘istonning Turbat qishlog‘ida unga nisbat berilgan qabr bor.


Navoiy («Majolis un-nafois») Atoyi hayoti va ijodi haqida to‘xtalib: «Mavlono Atoyi Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilde so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim:
Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur.

... Mavlono ko‘p turkona (sodda, ravon) aytur erdi...» –deydi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o‘g‘li ekanini aytadi. Atoyi devoni qo‘lyozmasining oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» degan qayd Atoyining


shayxlar oilasidan kelib chiqqaniga qo‘shimcha dalolat bo‘ladi.

Atoyi g‘azallarida muhabbat bilan bir qatorda boshqa hayotiy mavzular ham kuylangan. Atoyi ijodida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g‘azallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha go‘zalliklari va lazzatlari may timsolida vasf etiladi. Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, og‘zaki nutqqa oid so‘zlar ko‘p. G‘azallarini, asosan, aruzning turli bahrlarida yozgan, ular orasida ramalda yozilganlari ko‘proq; vazni yengil, misralari qisqa, so‘zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan. Atoyi tajohil ul-orif, laff va nashr kabi o‘ziga xos tasvir vosita va usullaridan ham unumli foydalangan. Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kelmagan. Devonining taxminan XVI asrda ko‘chirilgan, 260 g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi.




Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin