Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Topshiriq: Atoyining ijodi haqida



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə131/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Topshiriq: Atoyining ijodi haqida.


Test


Qiyosiy tahlil



simptom


Amaliy ko’nikma





SHOIR LIRIKASI HAQIDA

Atoyi – lirik shoir. U o‘z she’rlarida nozik xayol, sinchkov nigoh, baland did egasi ekanligini namoyish etadi. Go‘zal,esda qoladigan o‘xshatishlar, kutilmagan mubolag‘ali tasvirlar yaratadi. Bir g‘azalida go‘zal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog‘i og‘riydi, «yuzing buncha bo‘yradek dag‘al bo‘lmasa» deb nozlanadi. «Bo‘yra» – qamishdan sholchaga o‘xshatib to‘qiladigan bir ashyo. U gilam tagidan to‘shaladi, tom ustiga yopiladi. Yorning oyog‘i shu qadar nozik va go‘zalki, uning oldida oshiqning yuzi bo‘yraga o‘xshaydi. Ikkinchi bir she’rida esa, yorini sog‘ingan oshiqning ko‘zidan yosh emas, daryo oqayotgani, u kipriklaridan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi. Shoir yorini ulug‘lovchi, fioyilikni ko‘rsatuvchi betakror satrlar bitadi. Masalan, «Begim» radifl she’rida u kipriklarini supurgi


(«jorub»), yuzini xokandoz qilishga tayyor, yor xizmatiga olinsa bo‘lgani. Hatto yor u yoqda tursin, uning farroshligiga – «qul»likka qabul qilsa ham o‘zini baxtli hisoblaydi. Atoyi yorni mana shunday yuksaklikka ko‘taradi. Shoir yorning qaddi-qomati, yuzi, ko‘zi, qoshi, sochi, kipriklari, og‘zi, labi, xolini ta’rif-tavsif etadi. Ularni sifatlash orqali yorning go‘zallikda tengsiz timsolini chizadi. Har daqiqada o‘zining ma’shuqaga bo‘lgan sevgi-sadoqatini izhor etib boradi. O‘zini «qul», yorni «shoh» ko‘rsatish orqali bir
tomondan, go‘zal yorga sevgi-sadoqatini bildirsa, ikkinchi tomondan, bu sevgining tengsizligini («shoh» – «qul») ta’kidlab turadi. Ma’shuqa go‘zallikda nuqsonsiz, har jihatdan mukammal bir siymo sifatida namoyon bo‘ladi. Ha, ma’shuqa go‘zalligiga chek-u chegara yo‘q. Hatto, ko‘plab qissalarda go‘zallik timsoli sifatida tasvirlangan Yusuf ham unga teng kelolmaydi:
Gar husn budurkim, sanga bor, kes bu tilimni,
Yusuf so‘zidin qilsam agar zarra hikoyat.
Shoirning qator she’rlarida real yor, dunyoviy ishq, ya’ni insonning insonga bo‘lgan muhabbatini ko‘rish mumkin. Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozikligindin suv bila yutsa bo‘lur, –
baytida noziknihol qiz tasvir etilayotganiga shubha yo‘q. She’rda ma’shuqa shu qadar nozik, shunchalar go‘zal qiz sifatida tasvirlanadiki, go‘yo uni bir qoshiq suv bilan yutib yuborish mumkinday. Atoyi xalq iboralarini g‘oyat yaxshi biladi va undan o‘rinli foydalana oladi. G‘azalning matla’sida ham shu hol sezilib turibdi. Shoir navbatdagi o‘xshatishni keltiradi. Ma’shuqaning bog‘ ichidagi ariq bo‘yiga kelishi go‘yo jannat bog‘idagi Kavsar suvi (hovuzi) yoniga hur-u parining kelishiga o‘xshaydi:
To magarkim salsabil obina javloni qila,
Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.
Qizning go‘zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki, u mqo‘lini suvda yuvib tozalamaydi, balki qo‘lini yuvib suvni poklaydi: Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suvda, Balki suvni pok bo‘lsin deb iligi birla yur. Oshiq suv yoqasida paridek o‘ltirgan tengsiz go‘zalga qarab, hayrat bilan «suv qizi», ya’ni suv parisining «goh-goh ko‘zga ko‘rinishi»ga imon keltiradi. G‘azal maqta’sida shoir o‘zining ibodati ham yor husnini ko‘rishning tavallosidan iboratligini bildiradi. Atoyining ushbu g‘azaligacha yor ko‘ngliga g‘ulg‘ula solgan sanam timsoli bu qadar jonli, ta’sirchan va ayni vaqtda ilohiy yo‘sinda tasvirlanmagan edi.

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin