Solib borma meni, ey Yusuf husn,
Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda.
Oltinchi baytda «uzun» va «uzmasman» so‘zlaridagi o‘zakdosh «uz» takrorida ham xislat bor. Buni ishtiqoq san’ati deydilar. Buning ustiga, sochdan qilingan qilto‘r oshiqni o‘z tuzog‘iga olgani ham anglashiladi. Oshiq shu qadar xoksor va yalinchoqki, ma’shuqaning «ayog‘i qanda bo‘lsa, oshiqning boshi anda». Ya’ni u suyuklisi tashlagan qadamga bosh uradi. Bu o‘rinda zidlik – tazod san’atidan foydalanadi:
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda.
She’rning maqta’si g‘oyat samimiy bir tuyg‘u ifodasi bilan yakun topgan: odamlar oshiqqa yuksak mansab-martabalar tilaydilar, lekin Atoyi – «sarvi ozod»ga banda, ya’ni qul. Buni u o‘zi istaydi. Shu o‘rinda qizning go‘zal qaddi-qomati «sarvi ozod» orqali berilganini ko‘rish mumkin. Mumtoz adabiyotda qad hamisha sarvga o‘xshatilib kelingan. «Ozod» so‘zi lug‘atlarda tik, chiroyli o‘sgan sarvga aniqlovchi sifatida qo‘llanilgan. Umumiy ma’nosi xushqomat go‘zalga to‘g‘ri keladi. Lekin bu muhim emas, muhimi sarvning «ozod»ligi bilan oshiqning «banda», ya’ni qul ekani qarshilantirib tasvirlanayotganida:
Dostları ilə paylaş: |