Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur, Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofitur, –



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə136/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur,
Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofitur, –

deydi shoir shu g‘azalning uchinchi baytida. Samimiy iqror she’rning ta’sir darajasini oshirgan. Shoirning oshiqligi shu darajadaki, u ma’shuqasiz hayotdan o‘limni afzal biladi va bu gapni chin dildan izhor etadi. G‘azalning:
Bu kun vaslingni tark aylab, tilar jannatni zohidlar,
Berurlar nasyag‘a naqdni, bu ne nodon xaloyiqtur?
satrlarida so‘fiona ruh yaqqol seziladi. Chunki tariqat ahli, ya’ni mutasavviflr Allohni jannatga kirish uchun emas, balki o‘n sakkiz ming olamning yaratuvchisi, butun borliqning moyasi bo‘lgani uchun, jamolini ko‘rish uchun sevish lozim deb hisoblaydilar. Ular qiyomatda yaxshi qismatga ega bo‘lish uchun toat-ibodat qilish pora evaziga ish bitirishga o‘xshash narsadir, chin muhabbat beg‘araz bo‘lishi, ya’ni oshiq hech
narsa ta’ma qilmay, Yaratganga ko‘ngil bog‘lashi lozim deb hisoblashadi. Atoyining nazdida jannatga kirish uchun Allohga muhabbat qo‘ygan kimsa naqdni nasiyaga almashgan nodon kabidir. Allohning jamoli, go‘zalligi oldida jannatning chiroyi hechdir. Shu baytning o‘zini majoziy nuqtayi nazardan talqin qilish ham mumkin. Mumtoz shoirlarimizning mumtozligi ham shundaki, bir so‘z bilan bir necha ma’noni ifodalay olganlar.

Atoyining «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum» deb boshlanadigan g‘azali ham oshiqona bo‘lib, suyuklisiga muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq ko‘radigan oshiq holati ifoda etilgan. Shoir uchun ma’shuqa shunchaki qiz emas, balki imon ham. Negaki, lirik qahramon: «Imonim o‘shal moh degumdur dag‘i o‘lgum» deydi. Shu o‘rinda islomda har bir musulmon o‘limi oldidan kalimayi shahodatni qaytarishi kerakligi ham hisobga olingan. U o‘limiga rozi. Shu bois imon keltirishga ham tayyor. U: «Lo iloha illalloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q»), – deb emas, balki «Imonim o‘sha Moh (Alloh)», –


deya kalima qaytarmoqchi. Lekin sanamdan ajralishga toqati yetmaydi. Chunki inson abadiy rohatda bo‘ladigan jannat ham ma’shuqasiz «g‘amgoh»dir. Buni shoir shunday ifodalaydi:

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin