Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Zulfung cheriki jamol mulkin Oldi ko‘zung ittifoqi birla



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə221/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Zulfung cheriki jamol mulkin
Oldi ko‘zung ittifoqi birla,
ya’ni sening zulfig cherigi (sochlaring askarlari – qo‘shini) ko‘zing bilan ittifoq tuzib jamol mulkin egallab oldi.

SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN
SAN’ATLAR

So‘zlar takrori she’riyatda, ayniqsa, firiy siqiqlik omilidir. Biroq o‘rni bilan takrorlangan so‘zlar ko‘pincha badiiy ta’sirchanlikning, g‘oyaviy baquvvatlikning ham muhim sharti bo‘la oladi. Sharq poetikasida shuning uchun ham so‘zlar takroriga oid bir qancha san’atlar vujudga kelgan. Bulardan eng muhimlari ishtiqoq, tasdir, tasbe, mukarrar (takrir), aks, tardi aks, rad san’atlaridir. Biz quyida shularning ayrimlariga


to‘xtab o‘tmoqchimiz.
TASDIR. Tasdir – badiiy san’atning eng ko‘p tarqalgan, so‘zlar takroriga asoslangan turi. Bu san’atning mohiyati shunday: baytni boshlagan so‘z, uning oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn (yoki shu running boshlanishi) sadr, keyingi misraning oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) esa ajuz deb yuritiladi. Shunga ko‘ra tasdirni mumtoz badiiylik ilmida r a d d u l - s a d r i i l a l - a j u z
(sadrni ajuzda qaytarmoq) deb ham atashadi. Bir qarashda tasdir juda sodda usul sifatida ko‘rinsa-da,
shoirlar uni turli maqsadlarda qo‘llar ekan, uning xilma-xil ko‘rinishlarini va hatto aytish mumkinki, ancha murakkab turlarini ham kashf etishgan. Tasdirlar, eng avvalo, tuzilishga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
sodda va murakkab. Sodda tasdirlar birgina so‘zning takrorlanishiga asoslanadi. Sodda tasdirlarning bir necha ko‘rinishlari mavjud: tasdir so‘zlar hech qanday o‘zgarishsiz qo‘llanadi, shakl jihatdan ham, ma’no jihatdan ham ayni so‘zning takroridangina iborat bo‘ladi:

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin