Kuchum yetguncha ko‘p qildim v a f o lar,
V a f o li qulni asrar podsholar. (Xorazmiy)
TARDI AKS. Tardi aks ham so‘z takroriga bag‘ishlangan lafziy san’atlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham so‘zlar takroriga tayangan boshqa san’atlarga – tasdir, tasbe, ishtiqoqqa yaqin turadi. Bu yaqinlik tardi aksda ham so‘zlarning takrorlanishidir. Biroq shunga qaramay bu san’at ulardan tubdan farq
qiladi. «Tard»ning ma’nosi «qaytarib berish», «qochirish», «uzoqlashtirish» demakdir. Aks esa «zid», «teskari», «chappa» ma’nolarini bildiradi. Yuqorida tasdir va tasbelarning xususiyatlari bilan tanishdik, shuning uchun ham bu yerda ularning tardi aksdan farqini izohlashga o‘rin yo‘q. Faqat bir narsani
ta’kidlash muhimki, so‘zlar takroriga asoslangan san’atlarning hammasida ham takrorlangan so‘zlar oldingi tartibni saqlab qoladi. Faqat tardi aks va aks san’atlaridagina so‘zlarning birinchi joylashish tartibi keyingi misrada almashib keladi. Tardi aksda takrorlangan so‘zlarning o‘rni qat’iy emas, unda takrorlanayotgan so‘zlarning miqdori ikki yoki undan ortiq bo‘lib, ular o‘rinlarini almashtirgan holda qo‘llangan bo‘lishlari shartdir:
Menga dushvor erur sensiz tirilmoq,
Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur.(Atoyi)
Alisher Navoiyning: