Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə92/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Savol: Turk so’zi…

Assesment” texnologiyasi

Bu texnologiyaning maqsadi: baholash, nazorat qilish, talabalarning bilim darajasi, o’zlashtirish ko’rsatkichi va amaliy ko’nikmalarini tekshirishga yo’naltirilgan. Mazkur texnologiya orqali talabalarning bilish faoliyati turli asrektlar ( test, amaliy ko’nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo’yicha tashxis qilinadi.


Test


Qiyosiy tahlil



Simptom


Amaliy ko’nikma





Tayanch tushunchalar: O’rxun-Enasoy, Kultegin, Bilgaxoqon, Tonyuquq, runic yozuvi, dulbarchin, alletratsiya, saj’, Tuva, Borliq bitiktoshlari.

Enasoy daryosi havzasidagi rus yozuvi yodgorliklari XVIII asrning boshlaridayoq rus xizmatchisi Remezov xabari va so’ngra shved ofiseri Iogani Stralenberg va olim Messershmidt asarlaridagi ma’lumotlar orqali ilm-fanga ma’lum bo’lgan edi. Biroqo`zoq vaqt davomida olimlar bu yodgorliklarni o’qib aniqlashga muvaffaq bo’lolmadilar. XIX asrning birinchi choragida «Sibirskiy vestnik» («Sibirü axboroti») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Enisey yodgorliklari haqida maqolasi bosildi. Bu maqola latin tiliga tarjima qilindi, yodgorliklar haqidagi ma’lumotlar ko’p mamlakatlarning olimlariga ma’lum bo’ldi. Lekin tekshirish va yozuvni o’rganish harakatlari yana natija bermadi, chunki yodgorliklarning «siri» ochilmadi.

1889-yilda fin olimlari Enasoy yodgorliklari atlasini nashr etib, bu yodgorliklar fin madaniyatiga taalluqli deb taxmin qildilar. Biroq fin olimlarining taxmini uzoqqa bormadi. O’sha 1889-yiliyoq rus sayyohi va yozuvchisi N.M. Yadrinsev Mo’g’ulistondagi Kosho-Saydam vodiysida O’rxo’n daryosi bo’ylarida Enasoy yodgorliklariga o’xshash juda ko’p yodgorliklar topdi. «Noma’lum yozuv» bilan birga ayrim tekstlar xitoycha belgilar bilan xitoy tilida ham yozilgan edi. Bu hol yodgorliklarning «siri»ni topishga xiyla yordam berdi.

1980-yilda Fin-ugor ilmiy jamiyati O’rxo’n daryosiga arxeologik ekspedisiya uyushtirdi. 1981-yilda esa Rossiya Fanlar akademiyasi V.V.Radlov boshchiligida O’rxo’nga katta ekspedisiya yubordi. 1982-yilda bu ikki ekspedisiyaning ish natijalari ikkita atlas holida nashr qilindi. Atlaslarda noma’lum yozuv yodgorliklarining surati, ular topilgan joylarning rejasi, xaritasi va boshqalar ko’rsatildi.

Yodgorliklarni birinchi bo’lib Daniya olimi Vilgelm Tomsen o’qishga muvaffaq bo’ldi. U bu yodgorliklarni o’qishda turli alfavitlarga tayanmadi, aksincha, dstavval harflarning o’zaro nisbati va o’xshashliklarini aniqlashga kirishdi. U bu yodgorliklarda bir- biriga monand harflar turkumi va bir- biriga monand bo’lmagan harflar turkumi borligini aniqladit, bu ikkala turkumdagi harflar oldingi va keyingi qator harflari bo’lsa kerak , bu xususiyat esa turkiy tillarga xos degan taxminga keldi. Uning taxmini to’g’ri chiqdi. U dastlab «tangi», «turk» degan so’zlarni o’qib olishga erishdi va 1893-yilning 25-noyabrida deyarli barcha harflarni aniqlab, yodgorliklarning «siri» ni ochdi. Bu orada akademik Radlov ham 15 ga yaqin harflarni aniqlab olgan edi. V.V. Radlov V. Tomsenning va o’zining O’rxun daryosi atrofida topilgan katta yodgorliklar tekstini birinchi bo’lib tarjima qildi.

N.M. Yadrinsev topgan yodgorliklar turk hoqoni Bilga Xoqon- Mog’ilyon (734-yilda vafot etgan) va uning ukasi Kul-Tigin (732-yilda vafot etgan) qabr toshlariga o’yib yozilgan yodgorliklar ekan. Shu vaqtdan boshlab Enasoy va O’rxun daryolari atrofidagi yodgorliklar «O’rxun- Enasoy yodgorliklari» deb atala boshladi.

Shu bilan birga, yodgorliklar yozuvi yevropalik olimlar tomonidan turkiy- run yozuvi deb ham yuritiladi. Chunki olimlar qadimgi german, got, fin yozuvi va boshqa yozuvlarni topganda, ularni run yozuvi («yashirin», «sirli» yozuv) deb nomlagan edilar. Endi bu termin O’rxun- Enasoy yozuviga nisbatan ham qo’llanila boshladi.

Keyinchalik O’rxun- Enasoy yozuvining yangi-yangi yodgorliklari topildi, o’rganildi va aniqlandi. N.M. Yadrinsev 1891-yilda Ongin daryosi atrofida yangi yodgorliklar topdi. Aka-uka Klemenslar Selenga daryosi atrofida turk hoqonlarining maslahatchisi To’nyuquqka atab yozilgan katta yodgorlikni kashf qildilar. 1896-1897-yillarda Avliyo ota (hozirgi Jambul) shahri yaqinida, Talas daryosi bo’yida V-VI asrlarga doir beshta tosh yodgorliklari va boshqa yana ko’p yodgorliklar, jumladan, qog’oz, charm, yog’och va turli idish-tovoqlarga yozilgan yodgorliklar topildi.

O’rxun-Enasoy yodgorliklarini tekshirish va o’rganishda V.Tomsen V.V.Radlov, P.M.Meliornanskiy, A.Geykel va Yu.Nemet kabi rus va chet el olimlari hamda sovet olimi S.E.Malovning xizmatlari benihoya kattadir.


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin