Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Kul-Tigin va Bilgaxoqon yodgorliklari



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə93/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Kul-Tigin va Bilgaxoqon yodgorliklari

VI asr o’rtalarida Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabila va xalqlar birlashib, turk xoqonligi deb atalgan davlat vujudga keldi. Biroq bu davlat markazlashgan davlat bo’lmay, balki o’nta turk qabilasining federasiyasi edi. Turk xoqonligidagi qabila va xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoning turli bosqichida yashar edilar. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi o’troq aholi bilan birga chorvachi ko’chmanchilar ham juda ko’p edi; o’troq aholi patriarxal-feodal bosqichida yashasa, ko’chmanchi aholi, asosan, patriarxal-jamoa tuzumi bosqichida bo’lib, ularning jamoasi sinfiy ziddiyatlarning chuqurlashuvi va tobelarning ko’payishi bilan asta-sekin feodallashib bormoqda edi. Davlat boshida «xoqon» va zodagonlarning kengashi «qurultoy» turar edi. Qabila boshliqlari «bek», yirik amaldorlar «tagin», «shodi» va boshqa nomlar bilan, aholi «budun» yoki «qora budun nomi bilan yuritilar edi. Turk xoqonligi Xitoy, Vizantiya va boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarida bo’lgan. Davlat territoriyasida yagona hokim din bo’lmay, osmon kulüti, zardushtiylik, shamanizm va boshqa dinlar hamda ularning sinkretik formasi tarqalgan edi.

Xitoy yilnomasi «Tan-shu»da turklarning kumish marosimi bunday ta’riflanadi: murda boyliklari, jangda mingan oti bilan birga kuydiriladi, xoki dafn qilinib, marhum qancha dushmanni o’ldirgan bo’lsa, uning qabriga shuncha tosh qo’yiladi va marhumning surati ishlanadi, uning qilgan ishlari o’yib yoziladi.

O’rxun- Enasoy yodgorliklarining ko’pi mana shunday qabr toshi yodgorliklaridir. Bulardan Mog’ilyon va, xususan, Kul-Tiginnnig qabr toshlari juda muhimdir.

Shundan so’ng Bilgaxoqon o’zining davlat chegaralarini, qo’shni xalqlar bilan bo’lgan do’stoni munosabatda hamda olib borgan urush-yurishlari va boshqalarni hikoya qiladi. U o’zini «Yo’qsul xalqni boyitgan», «Oz sonli xalqni ko’paytirgan» «adolatli hukmron» sifatida tasvirlaydi.


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin