Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


joq cho’ qay buduvo’q kop kabartdo’m (yoki kobratdo’m) cho’qan buduno’q



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə94/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

joq cho’ qay buduvo’q kop kabartdo’m (yoki kobratdo’m) cho’qan buduno’q

bal qo’lto’m az buduno’q o’ko’sh qo’lto’m . Azu bu sabo’mda irid barqu ?

Mazmuni:

Men halok bo’lgan, qashshoq xalqni butunlay (oyoqqa) turg’izdim (yig’dim), qashshoq xalqni boy qildim, oz sonli xalqni ko’p sonli xalqqa aylantirdim. Mening so’zlarimning biror yolg’oni bo’lmas!..

Bilga-Xoqonning balanparvoz so’zlaridan keyin turk xoqonligi tarixi, urush-yurishlar hikoya qilinadi. Bilga-Xoqondavridagi voqealar bayonida Kul-Tiginning faoliyatiga ko’proq o’rin beriladi. Uning davlatni kengaytirish va mustahkamlashdagi , urush-yurishlardagi xizmatlari tasvirlanadi, qahramonona janglardan epizodlar hikoya qilinadi. Matn Kul-Tiginnning o’lkalardan ta’ziya uchun choparlar keladi, qo’y yili - (732) 9-qoyning 27-kuni dafn etish marosimi o’tkaziladi. Bilga-Xoqonning tilidan aytilgan so’zlarda Kul-Tigindan judolik qayg’usi marsiyaga xos uslubda bayon etiladi, turli badiiy til vositalari qo’llaniladi:

Kul-Tigin yo’q arsar, kop oltachi artigiz! Inim Kul-Tigin kargak bolti, o’zim saqintim ; korur kozim kormaz tag, bilir biligim bilmaz tag bo’ldi,o’zim saqintim. OD TANGRI yasar, kisi oqli ko’p o’lrali torumis.

Mazmuni:

Agar Kul-Tigin bo’lmasa edi. Hammangiz halok bo’lar edinglar. Mening inim Kul-Tigin bo’ldi, men qattiq qayg’urdim; ko’rar ko’zlarim ojiz bo’ldi, aql fahmim o’tmas bo’lib qoldi. O’zim qayg’yordim. Qismat (vaqti)ni ko’k samo (xudo) taqsim qiladi, odam bolasi o’lish uchun tug’ilgan...

Kul-Tigin qabr toshi yozuvi turk xoqonligi davlatining ijtimoiy-siyosiy hayoti, qabila va xalqlarning urf-odatlari, tili va ma’lum darajada badiiy so’z san’ati bilan tanishtiradi.
Uyga vazifa:

1.Mavzu asosida 20ta test savollari tayyorlash.

2.Mavzu asosida qirqma qog’ozlar tayyorlash.


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin