Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


O’rxun-Enasoy va “To’nyuquq” yodgorliklarining ahamiyati



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə99/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

O’rxun-Enasoy va “To’nyuquq” yodgorliklarining ahamiyati

O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o‘rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.Dastlab, O‘rxun, Selenga va To‘li daryolari atrofian – Shimoliy Mo‘g‘ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Enasoy daryosi qirg‘oqlaridan ham shunday yodgorliklar topilgan.Ular keyinchalik O‘rxun-Enasoy yodgorliklari nomini oldi. Ma’lumki, turkiy xalqlar o‘z davlatiga ega bo‘lgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. O‘rxun-Enasoy obidalari ana


shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular O‘rta Osiyodan boshlab Dunaygacha bo‘lgan ulkan hududda o‘z davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI–VIII asr voqealarini aks ettiradi.
V–VI asr o‘rtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat O‘rta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy o‘lkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografi jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bog‘lab turuvchi, «Buyuk ipak yo‘li» ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta bo‘lgan. Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VIII asrgacha hukmronlik qildi. Toshbitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning o‘ziga xos badiiy solnomasidir. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan o‘rganmoqda. V. Tomson va V. Radlovdan keyin S. E. Malov,
S. G. Klyashtorniy, I. V. Stebleva, H. O‘rxun, T. Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, o‘zbek olimlaridan A. Qayumov, A. Rustamov, G‘. Abdurahmonov, N. Rahmonov, Q. Sodiqovlar o‘rganishgan. Yodgorliklar hozirgi o‘zbek tiliga bir necha marotaba tabdil qilingan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qog‘ozga, turli buyumlar (kumush ko‘zachalar, yog‘och, teri, oyna, qayish to‘qasi)ga yozilgan namunalari ham bor. Masalan, «Irq bitigi» («Ta’birnoma») qog‘ozda yozilgan.

So‘zni «To‘nyuquq» bitiktoshidan boshlaylik. To‘nyuquq –shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo‘lgan. To‘nyuquq «Turk Bilga xoqon davlatida bu bitigni yozdirdim» deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o‘g‘li edi. Bitiktoshdagi voqealar To‘nyuquq tilidan hikoya qilinadi:«Men – Dono To‘nyuquqman. O‘zim Tabg‘ach davlatida voyaga yetdim. Turk xalqi Tabg‘ach davlatiga bo‘ysunar edi...»So‘ng ana shu dahshatning – turkiylarning o‘z erkini qo‘ldan berib qo‘yishlarining sababi aytiladi: «Turk xalqi boshboshdoqlikka, o‘zibo‘larchilikka, beparvolikka yo‘l qo‘ydi... o‘zining xoni bilan birga bo‘lmadi».




Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin