Adabiyot darslarida matn ustida ishlashning metodik shartlari


G.Pransova, Ye.Romanicheva, A.Mayorov, T.Braje, N.Belyayeva



Yüklə 438,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü438,49 Kb.
#126728
1   2   3
Malika Jazilova 1502-1511

G.Pransova, Ye.Romanicheva, A.Mayorov, T.Braje, N.Belyayeva 
kabi 
olimlarning qarashlarida ham matn ustida ishlash metodikasi ishlangani va milliy 
o‘qitishda ularning ayrim qarashlariga tayanish hollari kuzatiladi.
Ma’lumki, adabiy ta’lim jarayonida badiiy asar ustida ishlashning muhim 
talablari mavjud bo‘lib, ular muayyan metodik yondashuvlarni taqozo etadi. Asar 
mazmunini tahlil qilish va o‘qish (to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali) o‘zaro izchillik va 


1504 
bog‘liqlikda amalga oshiriladi. O‘quvchilarning shaxs sifatida kamol topishida 
asarning g‘oyaviy asosi, mavzusi, obrazlar tizimi, sujet chizig‘i, qurilishi va badiiy 
ifoda vositalarini tushuntirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jihatlar ezgu sifatlar 
qatori bog‘lanishli nutq takomiliga ham xizmat qiladi. Matn ustida ishlash jarayonida 
bolalarning hayotiy kuzatishlari va tajribasiga asoslanish asar mohiyatining teran idrok 
etilishi va tahlil qilishining muhim omillaridan biridir. Shuningdek, badiiy asar matni 
ustida ishlash orqali o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini yanada faollashtirish, 
atrof-muhit, jamiyat hayotiga xos bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, ilmiy mushohada 
yuritish ko‘nikmalari rivojlantirishga ham zarur muhit yaratiladi. 
Matn ustida ishlash adabiyotshunoslik, pedagogika, psixologiya fanlari nazariya 
ma’lumotlariga tayanilib, olib boriladi. O‘qituvchi ayni jarayonda matn tahlilining 
asosiy bosqichlari, psixologik asoslari, o‘quvchilarning o‘zlashtirish xususiyatlarini 
ham e’tiborga olishi maqsadga muvofiq. Adabiyot darslarida badiiy asarlarning bir-
biridan farqli jihatlarini ajrata bilish; muallifning hayotiy voqealarni qaysi badiiy 
vositalar orqali aks ettirgani va obrazlarni yaratishdagi mahoratini aniqlashi hamda 
adabiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish asosida asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini 
tushunish sari qadam qo‘yadi, muayyan vaqt orqali shu jihatlarni o‘zlashtirishga 
erishadilar ham.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar tahlili maqol, topishmoq, tez aytish, masal, 
ertak, dostonlardan parchalar qatori ularda qo‘llanilgan sifatlash, o‘xshatish, 
jonlantirish kabi badiiy vositalarni o‘rganish orqali amaliy tarzda aniqlashga 
yo‘naltiriladi. Badiiy asar tilini tahlil qilish asosida o‘quvchilarda matn g‘oyasini idrok 
etish ko‘nikmasi ortib boradi. Masalan, bolalar uchun sevimli bo‘lgan ertak janrining 
qiziqib mutolaa qilishinish yoki tinglanishi mazkur janrdagi asarlar tilining ta’sirchan, 
sodda, o‘tkir sujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Shuning uchun ham ertak o‘qib 
bo‘linganidan so‘ng uning tili ustida ishlash o‘quvchilar bilish jarayonlari rivojiga 
alohida ta’sir ko‘rsatadi.
Har qanday matn ustidagi asar ishlar o‘qib bo‘lingach, undagi badiiy til vositalari 
ustida ishlash bilan davom ettiriladi. Masalan, janriga ko‘ra: masallarda allegoriyani 
ochish undagi ko‘chma ma’noli so‘zlarga izoh berilishi bilan farqlanadi.
Maqollarda aksariyat hollarda ma’no ko‘chishi; topishmoqlarda jonlantirish, 
o‘xshatish; tarixiy asarlarda tasviriy-bo‘yoqdor so‘zlar izohlashni talab etadi.


1505 
Matn ustida ishlashning metodik talablari borasidagi qarashlarida taniqli 
metodist olim S.Matchonov o‘rinli qayd etganidek, “Badiiy asarda borliqni voqelikni 
obrazlar vositasida tasvirlash, obyekt mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda 
berish haqidagi qoidalar metodika uchun nazariy-amaliy ahamiyatga ega. 
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning 
asarda tasvirlangan voqealarga munosabati o‘qituvchining diqqat markazida turadi. 
O‘quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuna 
boradilar. 
Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar 
tasvirlanadi. Shuning uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgan 
taqdirdagina matnni to‘g‘ri tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholash 
mumkin. Buni tadbiq etganda, avvalo, bolalarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha 
tanishtirish, keyin o‘quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatini ular 
yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o‘stirish zarur. 
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o‘quvchilarning yoshlariga 
mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq. 
To‘rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o‘quvchilarni asarning g‘oyaviy 
yo‘nalishini tushunishga o‘rgatish muhimdir, bu asarni to‘g‘ri idrok etish uchun, matn 
ustida ishlash ko‘nikmasini, o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun 
zarur”
1

Bizningcha, matn ustida ishlash jarayonida mualif asarda aks ettirgan hayotiy 
voqealarga, ijtimoiy hodisalarga yoki o‘zaro munosabatlarga nisbatan o‘quvchining 
shaxsiy pozitsiyasini shakllantirish zarur. Muallifning hayotiy voqealarga munosabati 
konkret faktlar orqali yaratilgan asarning badiiy-g‘oyaviy asosini tashkil etishini 
anglashiga e’tibor berish maqsadga muvofiq.
Badiiy asar matni ustida ishlashda va uning bosqichlarini belgilashda dastlab 
uning san’at asari sifatidagi o‘ziga xosliklari va o‘quvchilarning adabiy tayyorgarlik 
darajasi hisobga olinadi. Badiiy asarda barcha qismlar bir-biriga chambarchas bog‘liq. 
Masalan, sujet rivoji asosida qahramonlarning yangi qirralari kashf etila boradi. Bu esa, 
o‘z navbatida, asarni yaxlit holda o‘qishni va idrok etishni taqozo etadi.
1
Matchonov S. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Ishonchli hamkor, 2021. – 259–
260-b.


1506 
Metodist olim A.Zunnunov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Maktabda badiiy asarni 
tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali 
o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan 
muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. 
O‘quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g‘oya, muammolarni to‘liq tushunishlariga 
erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib 
bo‘lmaydi”
2
.
Professor B.To‘xliyevning fikricha, matn ustidagi ushlarning tarkibiy bo‘lagi 
sujetli asarlarni qayta hikoyalash bo‘lib, bunda “asar voqealarini qayta bayon qilish 
emas, balki badiiy asardagi muallif qo‘llagan so‘zlardan foydalangan holda qayta 
hikoyalashga, asardagi so‘zlovchi shaxsini o‘zgartirib hikoyalashga, asar mazmunidagi 
asosiy o‘rinlarni saqlagan holda, uni qisqartirib aytib berishga, asar voqealariga o‘z 
shaxsiy munosabatlarini bildirgan holda hikoyalashga e’tibor berish ko‘proq samara 
beradi’
3

Metodist olima M.Mirqosimovaning tadqiqot ishida matn ustida ishlash orqali 
o‘tkaziladigan tahlil badiiy asarni o‘zlashtirish, adabiy matnning badiiy xususiyatlarini 
o‘rganish asosi ekanligi ta’kidlanadi
4
.
Fikrimizcha, matn ustida ishlashda o‘quvchilar uning mazmunini o‘qish 
chog‘ida anglab yetsa, tahlil paytida poetik vositalarni o‘rganishga keng yo‘l ochiladi.
Shu bois ham o‘qituvchi matn ustida ishlashda bir qancha masalalarni e’tiborga 
olishi zarur. Jumladan: 
1. Asar matni ustida ishlashning maqsad, vazifalarini begilash va shu asosda ish 
mazmunini rejalashtirish. 
2. Asar tahliliga doir dars bosqichlarini belgilash. 
3. Tahlil uchun savol-topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. 
4. Matn tahlilini amalga oshirishga oid yondashuvlarni rejalashtirish.
5. O‘quvchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va 
kompetensiyalar doirasini aniqlash. 
2
Зуннунов А. ва бошқ. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – 160-б. 
3
Tўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. – 53-б.
4
Мирқосимова М. Ўқувчиларда адабий таҳлил малакасини шакллантириш ва такомиллаштириш усуллари. – 
Тошкент: Фан, 1995. – 15-б. 


1507 
Matn ustidagi ishlar nutq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan. O‘quvchilar 
o‘rganilgan materiallar mazmunini ongli ravishda o‘zlashtirishlari, asosiy mazmunini, 
g‘oyasini tushunib yetishlari uchun tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi 
mantiqiy usullar qo‘llaniladi.
Matnning yuzaga kelishiga sabab muallif ifodalagan ma’lum bir fikr, g‘oyaning 
mavjudligidir. Nazariy-metodik materiallar matnida muallifning g‘oyalari dalil va 
isbotlar bilan asoslansa, badiiy matnda obrazlar vositasida gavdalantiriladi. “Dalil va 
isbotlar asosidagi bayon mazmunini tushunish uchun, – deydi bu haqda metodist 
S.Matchonov, – juda katta majburiyat va mas’uliyat talab etiladi. Badiiy asarlar 
matndagi ma’noning ko‘lamdorligi esa o‘quvchi mas’uliyatini yanada oshiradi”
5

Ma’lumki, umumta’lim maktablarining 5-sinfdan boshlab o‘quvchilarga adabiy-
nazariy tushunchalar tizimli holda o‘rgatib boriladi. Maktabda, so‘ng o‘rta maxsus 
kasb-hunar ta’limi tizimida adabiyot o‘qitish dasturlari o‘quvchilarga bosqichma-
bosqich badiiy adabiyotning mohiyati, adabiy tur va janrlar, badiiy obraz va obrazlilik, 
shе’r tizimlari, badiiy tasvir va ifoda vositalari kabi adabiy-nazariy tushunchalarni 
o‘rgatib borishni ko‘zda tutadi. 
Keyingi yillarda badiiy matn, badiiy matn tahlili va talqini, matn turlari, badiiy 
matn va unda til birliklarining qo‘llanish, umuman, matn bilan ishlash imkoniyatlarini 
adabiyotshunoslik hamda tilshunoslikning turli sathlari doirasida tadqiq etishga 
qiziqish sezilarli darajada kuchaydi va bu muammolar bugungi kunda ham kun 
tartibidan tushgan emas. Matn ustidagi ishlar doirasida nutq o‘stirish muammosini 
tadqiq qilgan Sh.Sariyevning fikricha, “Badiiy matn ustida ishlash jarayonida asosiy 
e’tibor uning mazmuniga qaratilsa-da, tuzilishini ham nazardan qochirmaslik kerak. 
Jumladan, voqea kechayotgan sharoit, peyzaj, asar qahramonlarining kechmishlari, 
ruhiyati tasvirida o‘tgan, hozirgi yoki kelasi zamon shakllaridan foydalanilishini 
anglagan o‘quvchi matn mazmunini og‘zaki hikoya qilishda adashmaydi”
6

Insonning eng nozik his-tuyg‘ulari asosida yuzaga kelgan badiiy matnlarda 
o‘quvchiga estetik ta’sir ko‘rsatish xususiyati kuchli tarzda namoyon bo‘ladi. Badiiy 
matn shu ma’noda xalqimizning o‘ziga xos mentaliteti, xarakteri, ijtimoiy turmush 
tarziga xos urf-odatlari, milliy-ma’naviy qadriyatlari va asrlar osha davom etib 
5
Матжон С. Мактабда адабиётдан мустақил ишлар. Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 66-б. 
6
Сариев Ш. Бошланғич синф ўқиш дарсаларида матн устида ишлаш орқали нутқ ўстириш. – Тошкент: YURIST-
MEDIA MARKAZI, 2010. – 39-б.


1508 
kelayotgan an’analarini o‘zida yaqqol ifodalaydi. Ijodkor tomonidan hayotni teran va 
sinchkovlik bilan kuzatish natijasida yuzaga kelgan har bir ijod namunasida ma’lum 
ma’noda ijodkorning o‘z davriga xos hayot tarzi aks etadi, unda keng qamrovli 
masalalar qatori badiiy adabiyotimiz muammolari ham bo‘rtib turadi
7
.
Nazarimizda, adabiyot darslarida matn ustida ishlashda ko‘proq o‘quvchilarning
matn bo‘yicha og‘zaki yoki yozma tarzda fikrlarini ifodalash talab etiladi. Og‘zaki 
nutqda, asosan, bolaning fikrlash qobilyati, tafakkuri, dunyoqarashini rivojlantirsa, 
yozma nutqda esa o‘quvchilar o‘z fikrlarini tilning imloviy-gramatik qoidalari, adabiy 
til me’yorlariga rioya qilgan holda aniq, qisqa va tushunarli, yozma va og‘zaki nutq 
savodxonligiga rioya qilgan holda ifodalashni talab etadi. Demak, o‘quvchi-yoshlarda 
mana shu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni matn ustida ishlashda, birinchi 
navbatda, yozuvchi yoki ijodkorning o‘z davri, hayot tarzi aks etgan nazariy 
ma’lumotlar bilan tanishtirish, muallifning audio, videoyozuvlar, fotosurat yoki 
filmlardan lavhalar bilan tanishtirish mumkin. Shu jihatlariga e’tibor qilinsa 
o‘quvchilarda badiiy matnga qiziqish va matn ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishlari 
ortadi va matndan o‘zlari uchun qiziqarli axborotni topish va ajratib olish, sharhlash, 
matndan tashqari bilimlariga tayanib, tushunish va baholash matn mazmunini 
anglashga va estetik zavq olishga va dunyoqarashini shakllantirishga undaydi.
Badiiy matnlar millat ma’naviy dunyoqarashi, orzu-istaklarini tildagi mavjud 
usul va vositalar, lisoniy birliklar orqali yorqin ranglarda ifodalab beradiki, bu 
xususiyat uni san’atning boshqa turlaridan bir pog‘ona yuqori ko‘taradi. Shu o‘rinda 
har bir badiiy ijod namunasining mukammal bo‘lishi bevosita unda g‘oya va ifoda 
uyg‘unligidan iborat ekanligi, til va adabiyotning o‘zaro uzviy bog‘liqligi, ularning bir-
birini taqozo etuvchi tushunchalar ekanligi ayon bo‘ladi. Ularni bir-biridan ajratib 
o‘rganishning iloji yo‘q. Til va badiiy ijod orasidagi chambarchas aloqadorlik, shakl va 
mazmun yaxlitligi o‘zbek xalqining shakllanishi va taraqqiy etishidan guvohlik 
beruvchi shonli o‘tmishi, turmush tarzi, dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir 
bo‘lgan tarixiy evrilishlar, ichki va tashqi ta’sirlar tufayli tilimiz lug‘at tarkibining 
kundalik boyib borishidagi yangiliklar bilan hamohangdir
8
.
7
Хализев В. Теория литературы. – Москва: Высшая школа, 2000. – С. 78. 
8
Фитрат. Адабиёт қоидалари. – Toшкент: Ўқитувчи, 1995. – 25-б.


1509 
Yaxshi ayonki, metodika ilmida 5–7-sinflar tayanch sinflar deb yuritiladi. 
Mazkur sinflardagi adabiy tahlil yuqori sinflardagidan farq qilib, bunda o‘quvchilar 
diqqati matnni ifodali o‘qishga, asar mazmunini o‘zlashtirishga, yozma va og‘zaki 
nutqni rivojlantirishga qaratiladi. O‘qituvchi ko‘proq o‘quvchi nutqi orqali, uning 
taassurotlarini tinglashga va fikr-mulohazalarini boyitishga intiladi, asarda tasvirlangan 
voqea-hodisalarning yaxshi va yomon oqibatlarini tushunib olishlarida o‘quvchilarga 
ko‘maklashadi, ma’naviyatiga hamda tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. 
O‘quvchida badiiy asarni to‘g‘ri anglash va ta’sirlanish xususiyati adabiy asar 
o‘qish bilan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Badiiy asarning mohiyatini anglab 
yetish uchun har bir kishi muayyan darajada estetik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerakki, 
umummilliy miqyosda bu yumush faqat maktab adabiy ta’limi tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin. Ya’ni, maktabni bitirgan o‘quvchida badiiy asarni o‘qish va 
anglash bo‘yicha muayyan tushunchalar shaklantirilishi, badiiy tahlilning ilk 
ko‘nikmalari yuzaga keltirilishi kerak. 
Adabiy asar tahlilining muhim tamoyillaridan biri san’at asariga g‘oya ifodalash 
vositasigina deb qaramaslik va uning, birinchi navbatda, estetik hodisa ekanini hisobga 
olish kerakligidir. Adabiyotshunoslikda hanuzgacha ham badiiy asarga, avvalo, 
qandaydir g‘oyani o‘tkazish yo‘li, deb qarash uchrab turadi. Bu hol badiiy asarning asl 
qimmatini pasaytiradi. Uning birinchi navbatda estetik zavq manbayi ekanini 
e’tibordan tashqarida qoldiradi
9

Demak, birinchi navbatda badiiy ijod namunasi o‘quvchi tomonidan his etilib, 
anglanib, nafis adabiyotning sehr-u jozibasidan atroflicha xabardor bo‘lsagina 
ta’sirchan estetik-ma’naviy energiya ololadi. Buning uchun, avvalo, badiiy asar o‘qib, 
uning matni ustida ishlash orqali tahlil va talqinni amalga oshirish mumkin. Badiiy asar 
vositasida o‘quvchi asarga chuqurroq kirishi, uning mohiyatini, badiiy-estetik 
tafakkurni, so‘zning sehrini va jozibasini anglab haqiqiy kitobxon darajasiga erishishi 
mumkin. O‘quvchi bevosita voqealarga aralashadi, qahramonlarni jonlantiradi, 
ularning gap so‘zlari va xatti-harakatlaridan o‘zi uchun kerakli xulosalar chiqaradi, va 
ruhiy holatlarini qalbdan his etadi. Ayni shu holatdagina badiiy matn o‘quvchilar uchun 
estetik zavq manbayiga aylanishi va ma’naviy yuksaklikka erishishiga, kitobxonlik 
9
Введение в литературоведение / под.ред. Г.Н.Поспелова. – Мoсква: Высшая школа, 1987. – С. 78. 


1510 
madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy-estetik tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirishi 
mumkin. 
Adabiy asarni tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik asoslarning 
ustuvorligi tamoyilidir. Badiiy asar inson ruhiyati manzarasi bo‘lgani bois, 
o‘quvchilarni eng qabariq, eng ta’sirchan tuyg‘ular bilan yuzma-yuz qiladi. Shu tariqa, 
kitobxonlar o‘zga odamlarning ruhiyatiga oshno bo‘ladilar. Aslida, o‘z tuyg‘ularida 
anglab yetishga qiynaladigan kitobxonni o‘zgalar hissiyotini tuyishga yo‘naltirish 
uning sezimlarini ingichkalashtirib, kechinmalarini o‘tkirlashtiradi. Estetik asoslar 
ustuvor bo‘lgan badiiy tahlilgina o‘quvchining qalb ko‘zini ochib, uni tuyg‘usizlik va 
hissizlikdan qutqaradi. Badiiy asar vositasida beparvolik va loqaydlikdan xalos bo‘lish 
inson ma’naviy taraqqiyotida ulkan ahamiyat kasb etadi
10

Rus metodisti G.N.Pospelovaning ta’kidlashicha, “Chinakam badiiy asarning 
estetik jozibasi uning sirtida turmaydi. Matndagi yashirin nafosatni, zariflikni anglash, 
uning badiiy qatlamlarini kashf etish uchun o‘quvchilarda muayyan adabiy bilim va 
estetik diddan tashqari go‘zallikni kerakli joydan qidira bilish malakasi ham 
shakllangan bo‘lishi kerak. Chin go‘zallik hamisha yashiringan bo‘ladi. Yashirin 
go‘zallikni topish esa oson emas. Ijodkor tomonidan “shifrlab qo‘yilgan” noma’lum 
badiiy ma’noni, estetik jozibani topish adibning estetik idealini, tasvir uslubini payqay 
olgan o‘quvchigagina nasib etadi. Badiiy tahlil qilinmagan asar yechilmagan test kabi 
noma’lumlikdir”
11
. Tahlil ana shu noma’lumlikni ochadigan mantiqiy-estetik kalit 
vazifasini bajaradi. 
Tahlilda o‘quvchilarning estetik asoslarga yetarli e’tibor bermaslik asl san’at 
asarlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Hazrat Navoiyning:

Yüklə 438,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin