АDАBIYOTLАR SHАRHI Sillik Shirinmiya (Glycyrrhiza glabra-L.)–dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub koʼp yillik oʼt oʼsimlik. Feofrast oʼz asarlarida bu oʼsimlikni solodkoviy korenь,skifskaya trava, pontiyskaya trava nomi bilan atagan. Mazkur oʼsimlikni rus tilida –solodka golaya, oʼzbek tilida-shirinmiya, chuchukmiya, qizilmiya, Qoraqalpogʼiston avtonom respublikasida esa boʼyan deb atashadi. Shirinmiyaning tarqalish areali juda keng boʼlib, sibiq ittifoqning Yevropa qismida, Qrim, Kavkaz, Sibir, Kichik Osiyo, Eron, Аfgʼoniston, Shimoliy Аfrikada tarqalgan.
Shirinmiya issiq sevar o῾simliklar jumlasiga kiradi, asosan yer usti qismining eng yaxshi o῾sish davri yozning issiq oylariga to῾g‘ri keladi. Birinchi yilning oxiriga borib bo῾yining balandligi 50-60 sm ni tashkil qiladi va har bir o῾simlikda 15 dan 25 gacha yon novda va chinbarg chiqaradi.
Shirinmiyaning poyasi yog‘ochlashib kuzda quriydi, ikkinchi yili shirinmiya o῾simligidan 1 tadan 4 tagacha yangi yer usti poyalari o῾sib chiqadi. Ikki yillik o῾simlik poyasining xo῾l holatdagi og‘irligi bir gektarda 150 dan 245 sentnergacha, o῾rtacha 187 sentner bo῾lib, uning hosildorligi uchinchi va to῾rtinchi yillari mos holatda 300, 360 sentnerni tashkil qiladi (Saidov, Pauzner, Shamsivalieva 1975). Shirinmiya o῾simligining shifobaxshlik xususiyati qadim zamonlardan beri ma’lum va mashhur bo῾lgan va davo tariqasida keng foydalaniladi. O῾simlikning gullari oqishbinafsha rangli bo῾lib, shingillar hosil qiladi, mevasi cho῾zinchoq, to῾g‘ri yoki sal bukilgan dukkak, urug‘lari deyarli dumaloq, mayda, to῾q jigar rang, silliq bo῾ladi. Aprel-avgust oylarida gullaydi, maysentyabrda mevasi yetiladi. O῾simlikning ildizi va yer osti qismida glitserizin, flavanoidlar, steroidlar, efir moylari barg ostlarining, biroz miqdori qand, pigmentlar topilishi. Flavanoidlar, yer ustki ,qismida kumarinlar, saponinlar, ajratib olingan. Shirinmiya turkumiga bir nechta o῾tchil o῾simliklar kirib, ulardan shirinmiya asalarichilikda katta ahamiyatli, ularning gullari butun yoz bo῾yi asalarilar uchun nektar va gulchangi beradi. Shirinmiyaning gullari 0,10-0,15 mg/gacha nektar ajratadi, nektarning konsentratsiyasi 40-50% ni tashkil qiladi. Shirinmiya to῾qayzorlar tipining eng yaxshi asalli o῾simliklardan hisoblanadi va ulardan o῾z vaqtida foydalanish lozim (Hamidov, 1977). Shirinmiya mamlakatimzning tog‘li va tog‘oldi hududlarida, ariq va kanallar bo῾ylarida uchraydi. Amudaryoning quyi qismidagi va deltasida, Xorazm viloyatining ayrim hududlarida shirinmiya qalin qoplamlar hosil qiladi, uning birqancha assotsiatsiyalari shu nomli formatsiyani tashkil qiladi (Maylun, 1973). Farg‘ona vodiysining viloyatlarida, ayniqsa Markaziy Farg‘onada boshqa o῾simliklar qoplamlarida shirinmiyani uchratamiz. Quyidagi Yozyovon maxsus qo῾riqlanadigan hududida yakka-yakka tarqalgan shirinmiya ishtirokidagi har xil o῾tli-sho῾rajriq assotsiyasiyasi tarkibini keltiramiz:
-Populus pruinosa schrenk, Sol Nonea caspica (Willd) L.Don sp
-Haloxylon aphyllum (Minkw) Jesin Sol Arnebia obovata Bge sp
-Tenuarix hyspida Willd. Sol Ylyccyrhiza glabra L
-Elaegnus angustifolia L.Sol
-Heliotropium dasycarpum Ldv. sp
-Convolvulus arvensis h. sp
-Bromus tectorum L. sp
-Sesale glabreatum Willd. sp
-Cinanchum sibirium Willd. sp
-Yalium aparine L
-Vulpia myuoros (L) Ymel.
-Alhagi sparsitolia Shap Sol
-Ceematis orientalis L. sp
-Cichorium intybus L. Sol
-Zydophyllum atriplicoides Fisch. sp
-Cistanehe salsa (Canm) L.Beck. Sol
-Erodium cicutarium Ldb sp
-Phragmites australior Trin Sol
Mazkur qoplam ancha keng maydonlarda mavjud bo῾lib, bu joylar ko῾proq chorva mollari uchun yozgi va qishki yaylovlar rolini o῾ynaydi. Bulardan tashqari shirinmiyaning Shoximardonsoy, Isfayramsoy, So`x daryolarning vohalarida va terrassalarida uchratamiz. Mazkur maydonlarda ham shirinmiya yaxshi o῾sib, rivojlangan, ularni balandligi 180 sm/ga yetadi, ular yaxshi shohlangan va shingil urug‘ hosil qiladi. Farg‘ona vodiysi hududlaridan o῾tadigan Norin, Qoradaryo va Sirdaryolarning vohalarida, daryo bo῾ylarida ham shirinmiyaning ayrim tuplarini uchratamiz. Sirdaryoning chap sohilidagi (Qo῾qon shahri yaqinidagi) cheklangan maydondagi Abdusamat degan hududdagi to`rang‘izor, terakzor, yulg‘unzorlardagi o῾simliklar qoplamida ham shirinmiyani uchratamiz. Vodiyning sug‘oriladigan zonalaridagi mavjud mevali buta va daraxtlaridan tashkil topgan bog‘lari oralarida ham shirinmiyani uchratamiz. Bu borada Quva va Yozyovon tumanlari dalalarida yaxshi o῾sgan, rivojlangan va urug‘ shingillari hosil qilgan shirinmiya tuplarini ko῾ramiz.
O῾zbekistonlik botanik olimlardan S.Muinova, S.Ne’matov va F.S.Lermanlarning ko῾rsatishicha, ikki yillik shirinmiya ildizidan (o῾simlikning har gektariga joylanishi hisobga, olingan holda), sho῾rsiz tuproqda gektariga 4,13 tonna, o῾rta sho῾rlangan tuproqda 7,34 tonna va kuchli sho῾rlangan tuproqda esa 4,43 tonna quritilgan ildiz olish mumkin ekan. Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, mazkur o῾simlikni Markaziy Farg‘ona yerlarida (Yozyovon maxsus qo῾riqlanadigan hududda) madaniylashtirishning imkoniyatlarini aniqlash maqsadida tajribalar olib borishga kirishdik. Tajriba olib borilishi mo῾ljallangan mazkur yerlar engil sho῾rxok tuproqlardan iborat, nisbatan kam qumli, barhanli maydonlar hisoblanadi. Mazkur maydonlarda har hil o῾tli sho῾rajriq formatsiyasining bazibir fitotsenozlari mavjud. Bulardan tashqari mazkur maydonlarda boshqa o῾simliklar jamoalari ham uchraydi. Shirinmiya formatsiyasi. “O῾zbekiston o῾simliklar qoplamining” II tomida Z.A.Maylun (1973)tomonidan yozilgan. Unda ta’kidlanishicha, shirinmiyaning nisbatan katta maydonlardagi jamoalari Amudaryoning quyi qismida keng tarqalgan (Beruniy, Kegayli, Chimboy va Ko῾ng‘irod tumanlari hududlarida). Daryo vohalarida tarqalgan qamishli-shirinmiya assotsiatsiyasi ham anchagina keng tarqalgan. Uncha katta maydonlarni ishg‘ol qilmagan yovvoyi supurguli shirinmiya va kendurli-shirinmiya assotsiatsiyalari ham uchraydi. Mazkur hududlarda to`rang‘ili-shirinmiya, yulg‘unli-shirinmiya, jiydali-yulg‘unli-shirinmiya guruhlari tarqalgan. Shuningdek sho῾rajriqli va qorabarakli-sho῾rajriqli shirinmiya assotsiatsiyalari ham mavjud. Daryo o῾zanlari va namli-suvli joylarda har hil+o῾tli shirinmiya qoplamlari ham nisbatan katta arealarga ega. V.V.Sedovning (1959) ishlarida Zarafshon daryosi havzasidagi har hil shirinmiyaning fitotsenotik rang-barangligi keltiriladi.
Hulosa o῾rnida shuni ta’kidlash joizki shirinmiya xalq xo῾jaligining bir nechta tarmoqlarida qo῾llaniladigan hom ashyo vasitasi bo῾lib hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, shirinmiyani Markaziy Farg‘ona hududlarida madaniylashtirish istiqbolli bo῾lishi kerak. Glitsirrizin moddalarini o῾z tarkibida to῾playdigan o῾simliklarni o῾z ichiga olgan Glycyrrhiza L. Turkumi insonlarga qadimdan ma’lum bo῾lgan, shirinmiya ildizi xalq tabobatida keng ishlatilgan, ildizidan olingan moddalar zaharlanishi antagonisti hisoblangan, kasalliklarning ko῾pchiligiga davo bo῾lgan, estriol moddali hayvonlardagi garomonal faolligini oshiradi, natijada ularning go῾sht va sut mahsulotlari miqdorini oshiradi. Ammo hozirda vodiyda qizilmiya o῾simligini parvarishlash texnologiyalari yaratilmagan. Ilgari yangi o῾zlashtirilgan dasht, cho῾l va sho῾rlangan yerlarda (KFK-Andijon kanali) oraliqlarda qizilmiyaning ko῾p turlarini chorva uchun pichan hamda ko῾z va qish davrlarida yaylov tariqasida foydalanib kelingan edi, natijada Yozyovon massivida sho῾rlanish ham hozirgidek yuqori emas edi bu o῾simlikni (fitomeliarativ xususiyatdir).