AMALIYOT JAROYONIDA SILLIQ SHIRINMIYA O῾SIMLIGINI ILMIY TADQIQOT SIFATIDA O῾RGANISH § 3.1. Bugungi kunda bu yer maydonida respublikamizning ekologik muhitini toza saqlash va iqtisodida muhim o῾rin tutadi. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti tajriba yer maydonida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda qishloq xo῾jalik eki nlarini barcha turlarini yetishtirish, o῾zga yurt o῾simliklarni O῾zbekiston sharoitiga introduksiya qilish va moslashtirish, o῾quv maskanlari, shifoxonalar hududini ko῾kalamzorlashtirishda yetishtiriladigan o῾simliklarni ustirish sohalarida bevosita faoliyat ko῾rsatib kelmoqda. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti ning tajriba yer maydonlari adirlik mintaqaga to῾g‘ri keladi. Buning natijasida O῾zbekistonning adirlik mintaqalari iqlim va tuproq sharoitlariga mos keladigan o῾zga yurt o῾simliklari, shifobaxsh dorivor o῾simliklar hamda manzarali daraxtlar va butalar saqlanmoqda. Bugungi kunda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tajriba yer maydonlari hududida qishloq xo῾jaligining barcha sohalariga doir o῾simliklarni yetishtirish texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Meva sabzavodchilik o῾simliklari, gidropon qurilmasi, sholichilik va baliqchilik xo῾jaliklari shular jumlasidandir. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tajriba yer maydoni hududidagi barcha turdagi qishloq xo῾jaligi o῾simlik dunyosi bugungi kunda professor o῾qituvchilar va ishchi xodimlar atroflicha o῾rganiladi va ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Iqlimi. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tajriba yer maydoni joylashgan hudud iqlimi sharoiti bo῾yicha B.A. Alisova va boshqalar shimoliy yarim sharning subtropik o῾lkasi va keskin kontinental iklim sharoitlariga kiritgan. Ushbu mintaqada havo 19 haroratining oylar bo῾yicha o῾rtacha ko῾rsatkichi 14,70С, shundan eng yuqori yozgi harorati +42,70C va eng past harorat esa -32,10С dan iborat bo῾ladi. Qishning qorli kunlari ba’zan fevral oyining oxiri va mart oyining birinchi o῾n kunligigacha davom etish mumkin. Havoning harorati yoz oylariga oshib boradi va aksincha, nisbiy namligi esa ayni paytda 6% gacha pasayib boradi. Atmosferaning yillik o῾rtacha yog‘ingarchilik miqdori 310- 428mm ni tashkil etib, asosiy yog‘ingarchilik miqdori kuz-qish fasli, ya’ni- noyabr oyi oxiridan to mart oyining uchinchi o῾n kunligiga to῾g‘ri keladi. Bunda yog‘in miqdori 280mm dan iborat bo῾ladi yoki yillik yog‘ingarchilikning 65% ni tashkil etadi. Yilning iliq kunlaridagi yog‘in miqdori asosan aprel oyi va oktyabr oyiga to῾g‘ri kelib, bu ko῾rsatkich 35% atrofida qayd etiladi Suv zahirasi va uning manbai Tyan-Shan tog‘laridan oqib keladigan suv asosan Chirchiq daryosi hamda undan olinadigan ariq va kanallarga to῾g‘ri keladi. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tajriba yer maydoni hududida yog‘ingarchilik asosan qish va bahor faslining boshlanishiga to῾g‘ri keladi. Qorli kunlar 60-70 kungacha, umuman yog‘ingarchilik esa 120-150 kungacha davom etadi. Yuqoridagi ma’lumotlarni o῾rganib chiqqan holda, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti tajriba mer maydonida sovuq havo haroratining bahor oylarida ham bo῾lishini (aprel oyida) kuzatish mumkin. Toshkent hududida mavsumiy yog‘in tushishining notekisligi, yoz mavsumining to῾liq bo῾lmasligi, yoz davomida namlik yetishmasligi kabi bir qator noqulay omillar o῾simlikning o῾sishi, rivojlanishi va hosildorligni ta’minlashda ularni sug‘orish talab etiladi.
§ 3.2. Toshkent tuproqlari bo῾z tuproqdir. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti tajriba yer maydoni tuproq sharoiti bo῾z tuproq. Ushbu hududning tuprog‘i asosan tipik bo῾z tuproqdan, daryo atroflarida ba’zan qumoq va toshli tuproqlarni ham uchratish mumkin. 20 Sug‘oriladigan tipik bo῾z tuproqlar o῾zining biologik faolligi ya’ni o῾simliklari, mikroflorasi va tuproq faunasi bilan sug‘orilmaydigan bo῾z tuproqlardan keskin farq qiladi. Bu jarayonning yuz aga kelishi va rivojlanishiga tuproqdagi namlik, harorat, aerasiya hamda tuproqda ishlash va o῾g‘itlashga o῾ziga xos ta’sir ko῾rsatadi. Shu sababli sug‘oriladigan bo῾z tuproqlarning belgi va xususiyatlari, sug‘orilmaydigan tuproqlardan ajralib turadi. O῾simlik dunyosi har-xil yer usti efimer, 1 yillik va ko῾p yillik o῾t o῾simliklardan yovvoyi arpa, boshoqlilar, bug’doyiq, g’umay, ajriq, salomaleykum va b.
§ 3.3. Ilmiy tadqiqot ishining tajribalari Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida tajriba amalga oshiriladi. Tajribada o῾simlikning vegetativ va generativ usulda o῾stirishga e’tibor qaratiladi. O῾simlik ildizpoyalarini dala sharoitida 4 marta takrorlash asosida o῾rganiladi. Urug‘larni ekish chuqurligi variantlar asosida belgilanadi. O῾simliklarni biomorfologik xususiyatlari Cheripanov, Serebryakov (1952) usullari bilan o῾rganiladi. Ildiz sistemasini kuzatishda Krasilnikovning (1983) uslublaridan foydalanamiz. Vegetativ ko῾paytirishda esa umum qabul qilingan metodlardan foydalaniladi.O῾simliklarni mavsumiy rivojlanishi Beydeman (1974) Zaysev (1978) usullari bilan o῾rganiladi. Tashqi omillarga munosabati Lapin, Ryabova, Belolipov va boshqa olimlar metodikasiga binoan kuzatiladi. Tajribani qo῾yish, kuzatishlar hisob va tahlillarni qilishda B.A. Dospexovning «Metodika polevogo opыta » (1979) va O῾ZPITIda ishlab chiqilgan « Dala tajribalari uslubiyati (2007) dan foydalaniladi. Tajribalar maydonchasida 21 quyidagi fenologik, biometrik kuzatuvlar, o῾lchashlar va hisoblashlar olib boriladi va tahlil qilinadi:
1.Tajriba maydoni tuprog‘ini o῾rganish;
2. O῾simlikni etishtirish agrotexnologiyasini kalendar rejasi ishlab chiqish;
3. O῾simlikni o῾sish va rivojlanishini variantlar asosida kuzatish;
4. Sug‘orish va agrotexnik chora tadbirlar muddatlarini belgilash;