Varganov JI.A, Pauzner L.E.Chevrenidi S.X (1985) ma’lumotlariga ko῾ra 1972 yilda Sirdaryo viloyatida 4 yil davomida 100 ga maydonga qizilmiya ekilib, gektaridan 25 tonnadan ildiz hosili olingan. Qizilmiya (shirinmiya) o῾simligi dukkakdoshlar oilasiga mansub bo῾lib respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida yovvoyi o῾simlik sifatida uchraydi, lekin ichki va tashqi bozor talabalari bo῾yicha sug‘oriladigan maydonlarda yetishtirish uchun Farg‘ona viloyatida agrotexnologiyalar yaratilmagan, bundan avvalgi yillar maboynida Sirdaryo viloyati va Qoraqolpog‘istonda kamroq maydonlarda ekilib sanoat uchun yetkazib berilgan (Badalov, 1979; Muinova 1985; Xaydarov 1989). Hozirgi kunda shirinmiya o῾simligi formavsevtika sanoati uchun zarur bo῾lgan glitsirrizin to῾plovchi o῾simlik bo῾lgani sababli hamda yer sho῾rlanishni kamaytiruvchi, undagi azot moddasini oshiradigan, chorva uchun oqsilga boy yem-hashak (15-18%) bo῾lganidan Farg‘ona sharoitida parvarishlab ildiz hamda yer ustka kismini jadal o῾stirish agrotexnologiyalarini yaratish innovatsion yangilik bo῾lib xizmat qilish mumkin. Ma’lumki, har qanday o῾simlik o῾sib rivojlanishi uchun o῾ziga xos iqlim va edafik sharoitini talab qiladi, bu ekin ham morfofiziologik diopazani xususiyatlariga ko῾ra o῾ziga xos sharoitlarni talab etadi, ammo vodiy sharoitida yuqori hosildorlikka erishmoq uchun tavsiyalar yo῾q. Shundan kelib chiqib shirinmiyani Farg‘ona sharoitida jadal o῾sishi va rivojlanishi uchun sug‘orma sharoit uchun parvarishlash texnologiyasini yaratish lozim. Buning uchun statsionar dala sharoitida quyidagi tartib bo῾yicha ilmiy ishlar o῾tkazish eng samarali variantlarni fermer xo῾jaligi yerlarida sinovdan o῾tkazish, kerak. Tadqiqotlar quyidagi bosqichma-bosqich ishlarni o῾z ichiga oladi: 1) ildizlar kavlab olinishi uch xil qalamchalar (10;- 15;20sm) (kurtakli) qilib kesiladi. Qalamchalar tayyorlash bilan birga ekiladigan maydonni 30-32 sm chuqurlikda haydash kuz faslida, chizillash, egat olish lozim. O῾simlik freatofit hisoblanib, ildizi chuqur qatlamga etib boradi, yer osti suvidan yaxshi foydalanadi. O῾simlik kuz faslida haydalgan yerga (25-26sm) qalamcha holatda har 10,15, 20 sm/ga bir qalamcha ekiladi. Tajribalarda qalamchalarni 60 sm qator orasiga ekiladi (60x10-1; 60x15-1; 60x20-1) hamda shu tizimda 4,5,6 variantlarda ekishdan oldin azot o῾g‘itidan gektariga 40-50 kg/ga solish rejalashtiriladi. Bahorda mart-aprel oyi boshlarida tuproq harorati 12-15S bo῾lganda, kuzda ekilganda esa oktyabr oyida bajariladi. Shuningdek, tajriba variantlarida urug‘idan ko῾paytirish ham amalga oshiriladi. Har bir variant hajmi dala (karta) sharoitiga ko῾ra belgilanadi. Dala tajribalari 4-takrorlikda, har bir bo῾lakga 96 m2 joy (400 m) maydonga ekiladi. Tajriba dalasi tuprog‘i qumlar so῾rilgan paxta, kuzgi bug‘doy 15 yil uzluksiz ekilgan kuchsiz sho῾rlangan, xloridli, azot juda ham kam (0,012), almashinuvchi kaliy uchraydi.
Ekilgan muddatdan 20 kun o῾tgach o῾sib chiqish tezligi aniqlanadi, har bir delyankadan 2 m uzunlikdagi ko῾kargan o῾simtalar hisoblanadi va to῾liq (80%) chiqqancha har 3 kunda feno kuzatuv davom etadi. (Masalan 1/IV, 5/IV, 10/1V) va vegetatsiya davri oxirida. Har variant delyankasi 8 yoki 12 qatorli qilib ekilsa mexanizmlar ishlov berishda, o῾g‘it solishda, sug‘orish egatlari olinganda va ildizlarni kavlab terib olishda zarurdir. Ba’zi tadqiqotchilarda (Durdishev, 1985) silliq qizilmiya o῾simligini kuzda ekilsa bahordagiga nisbatan yuqori natija bergan, masalan, o῾simlikni 10, 20, 30 sm oraliqda 1 donadan ekilganda bahorgi ko῾chatlar sentyabr oyidagi kuzatuvda 40,3-53,1%, kuzda ekilganda 45,3-65,2% ko῾karish yuz bergan, bundan 30 sm chuqurga ekilganda 13-10,1%) ortiq o῾sib chiqqanligini ko῾rsatib o῾tgan.
Demak, qalamchalarni ekishda ekish chuqurligini ham e’tibor berish zarur bo῾ladi. O῾simliklarni har biridan to῾liq ko῾kargandan so῾ng shonalash, gullash va mevalar pishishi davrlarda shoxlar soni, barg sathi, fotosintez jadalligi va maxsuldorligi kabi ko῾rsatkichlarni o῾sish jarayonining fazalari bo῾yicha o῾zgarib turadi. O῾simlik tanasidagi azotli, fosforli kaliyli hamda boshqa moddalarni miqdorini aniqlash organizm tarkibidagi turli birikmalarni ko῾p yoki oz to῾planishga olib keladi, shuni nazarda tutib qizilmiya tarkibidagi azotli moddalarni oqsilli, oqsilsiz, aminli, amidli, ammiak shakllarni Bernshteyn usulida (Keldol) amidli va ammiakli shakllari A.N.Belozerskiy va P.I.Proskuryakova (1951), aminlar Suverkalova usulida aniqlanadi.