Adabiyotlar sharxi


§ 3.4. Silliq shirinmiya o῾simligini urug’idan ko῾paytirish



Yüklə 175,84 Kb.
səhifə7/8
tarix05.10.2022
ölçüsü175,84 Kb.
#64592
1   2   3   4   5   6   7   8
Safarov G Amaliyot hisoboti

§ 3.4. Silliq shirinmiya o῾simligini urug’idan ko῾paytirish. Qizilmiyani urug‘idan ko῾paytirish uchun sentyabr-oktyabr oylarida dukkaklari yig‘ib olinadi, ularni quritiladi, va qoplarda quruq xonada saqlanadi. O῾simlik urug‘lari tabiiy holatda juda sekin unadi, urug‘ni 2-3 sm chuqurlikka ekiladi, qator orasi 60 sm, O῾simliklar orasi 5-10-15 sm 2-3 dona urug‘ qadaladi. Ertaroq (mart oyi o῾rtalarida) ekilsa urug‘lar ko῾proq unib chiqadi, unib chiqishni tezlashtirish uchun biostimulyatorlar bilan ekishdan oldin urug‘lar ishlanadi. Optimal ekish muddatlarini aniqlash uchun mart, aprel, may va iyun oylari oxirgi o῾n kunligida ekib sinovdan o῾tkazib ko῾riladi. Tajribalar kamida 4 takrorlikda o῾tkaziladi. Unib chiqish 30 kun kuzatiladi, so῾ngra ko῾chat sonlari aniqlanadi. O῾simliklarni o῾sish va rivojlanishi fazalari shonalash, gullash, dukkak hosil qilish, urug‘lar pishish vaqtlari yozib boriladi, o῾simliklarni rivojlanishi fazalari bo῾yicha har oyda bir marta morfologik tuzilmasi aniqlanadi, fiziologik analizlar uchun o῾simlik namunalari olinadi, laboratoriya sharoitida rejadagi miqdori analiz ishlari bajarildi. Jami 105 namunada sifat analizlari o῾tkazilishi lozim.
§ 3.5. Silliq shirinmiya o῾simligini ildiz qalamchadan ko῾paytirish.Ma’lumki, har qanday o῾simlik o῾sib rivojlanishi uchun o῾ziga xos iqlim va edafik sharoitini talab qiladi, bu ekin ham morfofiziologik diopazani xususiyatlariga ko῾ra o῾ziga xos sharoitlarni talab etadi, ammo vodiy sharoitida yuqori hosildorlikka erishmoq uchun tavsiyalar yo῾q. Shundan kelib chiqib shirinmiyani Farg‘ona sharoitida jadal o῾sishi va rivojlanishi uchun sug‘orma sharoit uchun parvarishlash texnologiyasini yaratish 40 lozim. Buning uchun statsionar dala sharoitida quyidagi tartib bo῾yicha ilmiy ishlar o῾tkazish eng samarali variantlarni fermer xo῾jaligi yerlarida sinovdan o῾tkazish, kerak. Tadqiqotlar quyidagi bosqichma-bosqich ishlarni o῾z ichiga oladi: 1) ildizlar kavlab olinishi uch xil qalamchalar (10;- 15;20sm) (kurtakli) qilib kesiladi. Qalamchalar tayyorlash bilan birga ekiladigan maydonni 30-32 sm chuqurlikda haydash kuz faslida, chizillash, egat olish lozim. O῾simlik freatofit hisoblanib, ildizi chuqur qatlamga etib boradi, yer osti suvidan yaxshi foydalanadi. O῾simlik kuz faslida haydalgan yerga (25-26sm) qalamcha holatda har 10,15, 20 sm/ga bir qalamcha ekiladi. Tajribalarda qalamchalarni 60 sm qator orasiga ekiladi (60x10-1; 60x15-1; 60x20-1) hamda shu tizimda 4,5,6 variantlarda ekishdan oldin azot o῾g‘itidan gektariga 40-50 kg/ga solish rejalashtiriladi. Bahorda mart-aprel oyi boshlarida tuproq harorati 12-150S bo῾lganda, kuzda ekilganda esa oktyabr oyida bajariladi. Shuningdek, tajriba variantlarida urug‘idan ko῾paytirish ham amalga oshiriladi. Har bir variant hajmi dala (karta) sharoitiga ko῾ra belgilanadi. Dala tajribalari 4-takrorlikda, har bir bo῾lakga 96 m2 joy (400 m2 ) maydonga ekiladi. Tajriba dalasi tuprog‘i qumlar so῾rilgan paxta, kuzgi bug‘doy 15 yil uzluksiz ekilgan kuchsiz sho῾rlangan, xloridli, azot juda ham kam (0,012), almashinuvchi kaliy uchraydi. Ekilgan muddatdan 5-20 kun o῾tgach o῾sib chiqish tezligi aniqlanadi, har bir delyankadan 2 m uzunlikdagi ko῾kargan o῾simtalar hisoblanadi va to῾liq (80%) chiqqancha har 3 kunda feno kuzatuv davom etadi. (Masalan 1/IV, 5/IV, 10/1V) va vegetatsiya davri oxirida. Har variant delyankasi 8 yoki 12 qatorli qilib ekilsa mexanizmlar ishlov berishda, o῾g‘it solishda, sug‘orish egatlari olinganda va ildizlarni kavlab terib olishda zarurdir. Ba’zi tadqiqotchilarda (Durdishev, 1985) qizilmiya o῾simligini kuzda ekilsa bahordagiga nisbatan yuqori natija bergan, masalan, o῾simlikni 10, 20, 30 sm oraliqda 1 donadan ekilganda bahorgi ko῾chatlar sentyabr oyidagi kuzatuvda 40,3-53,1%, kuzda ekilganda 45,3-65,2% ko῾karish yuz bergan, bundan 30 sm chuqurga ekilganda 13-10,1%) ortiq o῾sib chiqqanligini ko῾rsatib o῾tgan. 41 Demak, qalamchalarni ekishda ekish chuqurligini ham e’tibor berish zarur bo῾ladi. O῾simliklarni har biridan to῾liq ko῾kargandan so῾ng shonalash, gullash va mevalar pishishi davrlarda shoxlar soni, barg sathi, fotosintez jadalligi va maxsuldorligi kabi ko῾rsatkichlarni o῾sish jarayonining fazalari bo῾yicha o῾zgarib turadi.

Yüklə 175,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin