XULOSA VA TAKLIFLAR 240 soatlik (8 kreditt)da tajriba amaliyotida olib borilgan ishlardan quyidagi xulosalarga kelindi:
- Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tajriba yer maydoni iqlimi keskin kontinental boʼlib, tuprogʼi madaniy sugʼoriladigan tipik boʼz tuproq hisoblanadi.
- Laboratoriya sharoitida oʼsimlik urugʼlarining unuvchanligi yuqori boʼlib, bu koʼrsatkichlar variantlarda 82—85 % gacha qayd etildi.
- Oʼsimliklarning mavsumiy rivojlanishi iqlim sharoiti bilan bevosita bogʼliqdir. Yoz oylarining moʼtadil va issiq kelishi bilan oʼsimliklarda vegetatsiya davri nisbatan yaxshi boradi va o῾simlik ko῾p yosh shoxlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi. Oʼsimliklarda mavsumiy fazalarning oʼzgarishi oʼz navbatida ekogeografik muhitining oʼzgarishidan dalolat beradi.
- Oʼsimliklarning oʼsish va rivojlanishi bevosita agrotexnik chora tadbir va sugʼorish meʼyoriga bogʼliqdir. Barcha agrotexnik ishlar muntazam o῾z vaqtida bajarilishi lozim.
- Silliq shirinmiya oʼsimligi ekiladigan yerlarni kuzda 15—20 tonna chirigan goʼng va 30-40 kg superfosfat, yogʼingarchilik kam boʼladigan mintaqalarda va sizot suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda 20 kg dan azot oʼgʼiti berib yerni 25-30 sm. chuqurlikda shudgor qilish lozim.
- GOST qoidalari talablariga toʼgʼri kelishi: Bunda, urugʼ kondetsiyaga yetgan va I yoki II sinf talablariga mos kelishi lozim. Urugʼning tozaligi 94—96 % va unuvchanligi 65 % dan kam boʼlmasligi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO῾YXATI Sh.Mirziyoev. Erkin va faravon, demokratik Oʼzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.:”Oʼzbekiston” 2017y.