Assotsiativ syujet ilgarilari asosan lirik asarlar uchun xarak-terli bo`lib, lirika
tashqi hodisalarga shoirning munosabati yoki tashqi hodisalar ta’sirida shoir Shaxsida
tug`ilgan tuyg`u va kechinma-larga asoslanardi. Hozirda syujet qurishning assotsiativ
usuli yirik nasriy va dramatik asarlar uchun ham xos bo`lib qolmoqda.
Bunday
asarlarda hikoya qilinmaydi, balki qahramonning xotiralari, o`y-xayol-lari,
tasavvurlari oqimi beriladi. Masalan, A.Muxtorning «Davr me-ning taqdirimda»,
«CHinor», S.Anorboevning «Umr», CH.Aytmatovning «Alvido, Gulsari», «Asrga
tatigulik kun», O`.Umarbekovning «SHoshma quyosh», O.YOqubovning «Ko`hna
dunyo» asarlari asotsiativ syujet asosida qurilgan. Lirik poemalar syujeti ham
assotsiativ usulga asoslanadi.
Asarda har bir personaj o`z xarakteri va vazifasiga ega bo`ladi. Ularning
barchasi
asosiy narsaga, ya’ni voqealar rivojiga birlashti-riladi va shu bilan asar
syujetini ochishga xizmat qiladi. Syujet bi-lan kompozitsiya ajralmasdir. Syujet
bo`shligi kompozitsiyaning bo`shli-gini keltirib chiqaradi. Aniq Shakllantirilmagan
bo`sh kompozitsiya esa syujetni halok qiladi. Biroq yaxshi ishlangan
kompozitsiyaning o`zi ham muvaffaqiyat keltirmaydi.
Kompozitsiyaning qimmati
g`oyaning qimmati bilan belgilanadi. Yaxshi kompozitsiyada ifodalangan g`oya
syujetni ham yaxshilaydi. Demak, syujet asar mazmunini ochish Shaklidir.
Kompozitsiya - voqealar, obrazlar va asosiy g`oyani ochishga xizmat qiladigan
vositalarning joylashtirilishi, me’yori va nisbatidir. Kompozitsiya - asarning qurilishi,
tuzilishi, uning strukturasidir.
Kompozitsiya - asardagi barcha qismlarni uyushtiruvchi muvofiq-likdir,
alohida elementlarning, voqea va epizodlarning joylashishi, elementlarning bir
butunga xizmat qildirilishidir. Kompozitsiya markaziy
figurani belgilab olib, so`ng
boshqa personajlarni uning atrofida joylashtirishdir. Kompozitsiyaning qurilishi ham
san’atkor tanlab olgan va tasvirlagan hayotiy materialga bog`liqdir. Badiiy maz-mun
kompozitsiyaning qanchalik aniq qurilganligiga bog`liqdir. Asarda-gi kompozitsion
elementlarning barchasi umumiy maqsadga qaratilgan bo`lishi kerak.
Kompozitsiya elementlari:
- syujet elementlarining tartibi;
- qoliplash;
- qistirma hikoyalar;
- chekinishlar. CHekinishlarda muallif syujetdan chetga chiqib, tas-
virlanayotgan voqea va qahramonlarga munosabat bildiradi;
- syujet liniyalarining joylashishi;
-
obrazlarning joylashishi;
- qahramonlarning dialog, monologlari, o`z tuyg`ularini ifoda etish-
larining o`rni, ichki monologlar;
- portret xarakteristikasi. Portretda qahramonlar tashqi qiyofasi-
gina emas, ularning ichki dunyosidagi o`zgarishlar ham mujassam-
lanadi.
- peyzaj va muhit xarakteristikasi.
Syujet kompozitsion tartib orqali yuzaga chiqadi. Kompozitsiya syujetdan
kengroqdir. U syujet bilan bog`liqdir. Asar voqealarini xronologik tartibda
joylashtirmaslik, tugun va echimini har erda berish mumkin. Bu ham kompozitsiya
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: