Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Badiiy adabiyotning ahamiyati nimada? 
2. Adabiyot va jamiyat munosabatlari. 
3. Estetik did nima? 
4. Adabiyot va axloq munosabatlarini izohlang. 
5. Badiiy adabiyotning ma’rifiy ahamiyati nimada? 
6. Badiiy adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati. 
7. Badiiy adabiyotning estetik ahamiyati. 
8. San’atning insonga ta’siri. 
9. Millat va adabiyot. 
10. Estetik did nima? 
TAYANCH IBORALAR: 
1. Adabiyot va jamiyat. 2. Adabiyot va axloq. 3. Adabiyot va tarbiya.
4. San’at va did. 5. Badiiy adabiyotning ahamiyati.
ADABIYOTLAR: 
1.S.Mirvaliev. Adabiyot - ma’naviyat demakdir. Muloqot. 2001 yil,
№6, 35-36-betlar. 
BADIIY ADABIYOTNING XALQCHILLIGI 
R E J A:
1. Badiiy adabiyotning xalqchilligi. 
2. Badiiy adabiyotda tarafkashlik. 
3. Adabiyot - umuminsoniydir. 
 
Xalqchilik badiiy adabiyotning muhim xususiyatidir. Badiiy asar-ning 
qimmati uning xalqchilik darajasiga ham bog`liqdir. San’atkor o`z ideallarida xalq 
ommasining estetik tushunchalarini qanchalik ifo-dalay olsa, u yaratgan 
asarlarning qimmati shunchalik yuqori bo`ladi. Badiiy asarning xalqchilligi 
darajasi unda ana shu xalq estetik tushunchalari va orzu-havaslarining 
ifodalanishi darajasiga bog`liqdir.
«Xalqchillik» atamasini birinchi marotaba P.A.Vyazemskiy ki-ritgan bo`lib, bu 
so`zni 1819 yilda I.S.Turgenevga yozgan maktubida va «Klassikning noshir bilan 
suhbati» (1825) maqolasida ishlatgan.
«Xalqchillik» tushunchasi tarixiy bo`lib, turli davrlarda unga turlicha ma’no 
berganlar. Badiiy adabiyot taraqqiyoti bilan bu atamaning ma’nosi ham o`zgarib, 
rivojlanib, chuqurlaSha borgan. Masalan, XVIII asr rus adabiyotida mehnatkash xalq 


hayoti tasvirlanmas edi, u diqqat - e’tibordan chetda qoladi. Karamzin dvoryanlikni 
butun xalqning tajassumi, ifodasi deb tushunadi. SHunday bir holda badiiy 
adabiyotga oddiy xalq turmushi va tili elementlarini olib kirish, so`zsizki, ijobiy hol 
edi, biroq xalq hayotini ifodalashning o`zi hali badiiy asar xalqchilligini 
ko`rsatmasligi ma’lum. Badiiy adabiyotning rivojlanishi bilan «xalqchillik» 
tushunchasi ham chuqurlaSha boradi. Xalqchillik tushunchasini xalq ruhi, uning 
milliy xususiyatlarini aks ettirish bilan bog`lay boshlaydilar.
San’atkor oldiga har bir xalq va millat hayot Sharoitlarining o`ziga xosligi 
bilan belgilanadigan xarakterli xususiyatlarni topa olish va badiiy aks ettirish vazifasi 
qo`yiladi. SHunday qilib, xalq ruhiyati, hayoti va xarakterning milliy xususiyatlarini 
aks ettirish hayotni badiiy aks ettirishning zaruriy Shartiga aylanadi. Biroq 
«milliylik» tushunchasi «xalqchillik» tushunchasi bilan yaqin bo`lsa-da, ular teng 
emas. Xalqchillik milliylikning tarkibida mavjud bo`lgan eng yaxshi tomonlarini o`z 
ichiga oladi. Demak, milliylik tushunchasi xalqchillik tushunchasidan kengroqdir.
Xalqchillik masalasi V.G.Belinskiy tomonidan chuqur ishlab chi-qilgan. 
V.G.Belinskiyning fikricha, xalqchillik haqiqiy san’atga xos xususiyatdir. Tanqidchi 
badiiy adabiyotni «xalqning tafakkuri» deb ataydi. Ana shu xalq tafakkurini haqqoniy 
aks ettirish xalqchillikni ta’minlaydi. «Xalq hayotini haqqoniy ifodalash xalqchillikni 
keltirib chiqaradi», - deydi V.Belinskiy. 
San’atning xalqchilligi dastavval uning xalq bilan birligida-dir. Faqat xalq 
uchun muhim bo`lgan masalalarni qo`ygandagina san’at-kor o`z obrazlarini 
ommaning tuyg`usiga etkaza oladi.
Buyuk san’at asarlari haqiqiy xalqchildir. CHunki ularda davr-ning muhim 
ziddiyatlari aks etgan bo`lib, bularni bilib olish xalq uchun muhim qimmatga egadir. 
Xalq hayotini tasvirlamasdan turib ham xalqchil bo`lish mumkin. Masalan, 
Pushkinning «evgeniy Onegin» romanida xalq tasvirlanmaydi. Biroq Belinskiyning 
ta’rificha, asar yuksak darajada xalqchildir. CHunki shoir unda xalq uchun muhim 
aha-miyatga ega bo`lgan masalani - dvoryanlik inqirozi, mavjud Sharoitda Tatpyana, 
Onegin, Lenskiy kabi iste’dodli va barkamol Shaxslarning yaShashi va ravnaq topishi 
uchun Sharoit yo`qligini ko`rsatadi. SHunday qilib, xalqchillikning birinchi Sharti - 
san’atkor o`z asarlarida umumxalq axamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ygan 
bo`lishi kerak. Biroq buning o`zi etarli emas. CHunki yozuvchi asarida umumxalq 
ahamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ygani bilan, o`z dunyoqarashining bir 
tomonlamaligi natijasida ana shu masalalarni xalq man-faatlariga muvofiq keladigan 
holda aks etmasligi mumkin. Demak, ba-diiy asar xalqchilligining ikkinchi zaruriy 
Sharti shuki, san’atkor o`z asarida qo`ygan xalq hayoti uchun muhim bo`lgan 
muammoni o`Sha xalq manfaatlariga muvofiq ravishda hal etishi ham kerak. SHu 
bilan u xalqning hayoti va ana shu hayotni yaxshilash uchun kurashga yordam berishi 
lozim.
O`tmish san’atkorlari xalq manfaatlariga muvofiq keladigan masalalarni 
ifodalamagan bo`lishlari mumkin. Bu holda ularning asarlari xalqchilligi, 
tasvirlanayotgan hayotning rang-barangligi, tas-virning halolligi, hayotning dolzarb 
masalalariga e’tibor bilan mu-nosabatda namoyon bo`ladi. Ana shuning o`zi ham 
yozuvchi xohlasa-xohla-masa, odamlarni hayot haqidagi to`g`ri xulosalarga olib 
keladi. SHuning uchun ham xalqchillik san’atkorning dunyoqarashiga bog`liq 


bo`lmagan holda ham namoyon bo`lishi mumkin. Dobrolyubovning guvohlik 
berishicha, N.Gogolp o`z asarlarida ixtiyorsiz xalq nuqtai nazariga yaqin kelib 
qolgan. YOzuvchiga bu narsani tushuntirib, shu yo`lda davom etish va bar-cha 
masalalarni shu singari xalq manfaatlari nuqtai nazaridan ko`rib chiqishga da’vat 
etganlarida, Gogolp o`z-o`zidan qo`rqib ketgan ekan. 
Xalqchillikning uchinchi Sharti - badiiy asarning xalqqa tushu-narli bo`lishi, 
asar Shaklining demokratikligidir. Asar Shaklining demokratikligi deganda, inson 
kechinmalarini va hayotiy voqealarning xalq tajribasiga yaqin bo`lishi, asarda 
borliqning xalqqa tushunarli bo`lgan tomonlarini unga tushunarli va yaqin qilib 
tasvirlash ko`zda tutiladi. 
Xullas, san’at insonning o`sishi, uning ma’naviy kamolotiga xizmat qilmog`i 
kerak. Insonni tasvirlar ekan, san’atkor undagi yaxshi fazilatlarni ko`rsatishi, uning 
hayot kechirishiga to`sqinlik qiladigan bo`lmag`ur Sharoitlarni fosh etishi kerak. 
San’atkor insonni davrning asosiy masalalari nuqtai nazaridan tasvirlamog`i lozim. 
SHunday qilingandagina, sanpatkor insondagi eng muhim tomonlarni topib, ko`rsata 
oladi. SHunday qilib, insonni tasvirlash ham adabiyot xalqchilligining zaruriy 
Shartlaridan biri bo`lib qoladi. Masalan, lirikada insonning ichki dunyosi diqqat 
markazida turadi. Lirikaning qimmati, uning xalqchilligi ham ana shunda. 
Adabiyotda xalqchillik masalasini noto`g`ri tushunish o`zbek ada-biyotining 
Navoiy, Mashrab, Nodira va boshqa arboblari ijodiga munosabatda yaqqol namoyon 
bo`ldi. Ular ijodining qimmati davr bilan bog`liq holda emas, qaysi sinfga 
mansubligidan kelib chiqib baho-landi va sho`ro mafkurasiga yot shoirlar deb e’lon 
qilindilar. 
50-yillarning boshlarida Abdunabiev va Stepanov kabilar «Al-pomish», 
«Go`ro`g`li» singari xalq qahramonlik dostonlarini xalqqa qarshi ruhda bo`lgan 
asarlar deb e’lon qilgandilar. Bu Shaxslar adabiy merosni u yaratilgan davr bilan 
bog`liq holda o`rganish kerakligini, xalqchillik har davrda turlicha namoyon 
bo`lishini unutib qo`ydilar.
Demak, badiiy asarning xalqchilligi odamlarni tasvirlash, ular-ni qurShab 
olgan muhit, tabiatning o`ziga xosligini ko`rsata olishida namoyon bo`ladi. CHunki 
zamonning asosiy ziddiyatlarini payqay olmay turib, xalqning orzu va ehtiyojlarini 
his qilmay turib, san’atkor o`z asarini xalqchil qiladigan qahramonlar, hayotiy 
Sharoitlarni topa ol-maydi. Bu holda asarning xalqchilligi ham o`zining butun boyligi 
va chuqurligi bilan namoyon bo`la olmaydi. SHunday qilib, san’atkor ijo-dining 
xalqchilligi umumxalq ahamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ya olishda, ana shu 
muammolarni xalq manfaatlari nuqtai nazaridan hal etishda, insonni tasvirlashda, 
uning ma’naviy kamolotiga xizmat qi-lishida, badiiy Shaklning ommabopligida
namoyon bo`ladi. 
Taraqqiyotning ko`rsatishicha, jamiyatdan sinflar, tabaqalar bor ekan, ularning 
manfaatlari ma’lum darajada adabiyotda ham aks etishi mumkin. CHunki adabiyot - 
hayotning, borliqning in’ikosi bo`lib, o`zida jamiyat mafkurasi, tasavvurlari va 
taassublarini ham aks ettiradi. Jamiyatda sinflar mavjud bo`lgan taqdirda ular 
adabiyotdan ham o`z sinfiy manfaatlari yo`lida foydalanishga urinadilar, badiiy 
adabiyotni o`z muxoliflariga qarshi kurash quroli sifatida ishlatishga intiladilar. Bu 
narsa ba’zan adabiyotda o`zining aniq ifodasini topdi. Olmon shoiri Xeynrix Xeyni 


(1797-1856) «shoirning she’ri mungli nay emas, bong nog`ora sadosi kabi yangrasin, 
uning na’rasi ko`hna istibdod an’analarini qulatib yuboradigan taran bo`lsin»,- deydi. 
V.Mayakovskiy (1893-1930) o`zi she’rlarini miltiq va bombaga tenglashtiradi, o`z 
she’rlari bilan proletar inqilobiga xizmat qilayotganligini ta’kidlaydi. Qadimgi yunon 
shoiri Aristofan (e.a 446-385) «aniq ifodalangan tendentsiyali shoir» degan nomga 
sazovor bo`lgan. CHunki u «Suvoriylar» komediyasida aristokratlar partiyasi 
tomonida turib demokratlar partiyasini qattiq tanqid qiladi. Buyuk olmon dramaturgi 
Fridrex SHillerning (1759-1805) «Makr va muhabbat» dramasi ham bi-rinchi olmon 
siyosiy-tendentsioz dramasidir. SHiller dramada ongli ravishda quyi tabaqaning 
yonini oladi, tarafkashlik qilib ularni zo-dagonlar toifasiga qarshi qo`yadi.
Odatda yozuvchi o`zi qaysi sinfdan, muhitdan chiqqan bo`lsa, o`Sha sinfning 
taassublaridan butunlay holi bo`la olmaydi. U ochiq oydin yoki o`zi anglamagan 
ravishda o`Sha sinfning manfaatlarini aks ettira-di. Masalan, Navoiy o`zining ijobiy 
ideali, orzusi bo`lgan ma’ri-fatli shoh tomonidan boshqariladigan feodal tuzumga 
qarshi chiqqan qasoskor isyonchi - Jobirni hazm qila olmaydi, uni qora bo`yoqlarda 
tasvirlaydi. O`rta asr frantsuz shoiri Bertran de Born qalamiga man-sub bo`lgan bir 
sirventada shoir yangi paydo bo`lib kelayotgan, omadi yurishgan Shaharlik 
ishbilarmon toifani, feodal oqsuyaklar manfaat-lari nuqtai nazaridan zo`r qahru-
g`azab bilan tasvirlaydi. Gogolga o`z asarlari bilan xalq ommasining manfaatlarini 
yoqlayotganligini es-latishganda, u qo`rqib ketgan ekan. Xamza «shohlar bir kun 
gado, bir kun gado Shahzoddir», - degan edi. Demak, har qanday yozuvchi o`zi 
yaxshi biladigan toifa hayotini tasvirlaydi. Masalan, Dikkensning roman-larida 
jamiyatning quyi tabaqasi turmushi chuqurroq ifodalangan bo`lsa, Golsuorsi 
romanlarida esa yuqori tabaqa hayoti chuqur ifoda etilgan bo`lib, fuqaroning hayoti 
esa yozuvchining e’tiboridan chetda qolgan. SHuningdek, Ayniyning qariyb barcha 
asarlari jamiyatning eng quyi toifasi - qullar hayotini tasvirlashga bag`ishlangan. 
Ayniy tas-virlagan qullar orasida yomon odamlarni topib bo`lmaydi. A.Qodiriy esa 
yuqori tabaqa hayotini ko`proq tasvirlaydi. Uning asarlarida ham qullar bor, lekin 
ularning taqdiri Ayniy ta’riflagan qullarniki-chalik ayanchli emas. Qodiriy odamning 
yaxshi yoki yomonligi qaysi toifa-dan ekanligiga bog`liq emasligini ko`rsatadi. Bu 
esa ikki yozuvchining asarlarida sinfiy xususiyatlar oz bo`lsa-da, aks etganligini 
ko`rsatadi. Agar shunday bo`lmaganida edi, ikkala yozuvchining asarlarida 
tasvirlangan qullar bir xil chiqib qolishi mumkin edi. Ayniy ongli ravishda yuqori 
sinfni qoralaydi. Qodiriy esa aksincha. CHunki ular ma’lum ma’noda o`Sha tabaqa 
muhiti bilan aloqadordirlar.
SHo`rolar jamiyatida yozuvchidan faqat proletar (ishchi) sinfi va-killarini 
ulug`lash talab etildi. Bu qolipga tushmagan yozuvchilar qa-tag`on qilindilar. 20-
yillarda A.Qodiriyni yuqori tabaqa vakili bo`lgan yozuvchi sifatida ta’qib etdilar. 
San’atkor qaysi tabaqa ichida etishgan bo`lsa, o`Sha tabaqa hayotini yaxshi 
biladi va shu to`g`rida yozadi. Sotti Husayn «men Qodiriyni proletar yozuvchisi 
qilaman», - deydi. Darhaqiqat, yozuvchining dunyoqa-rashiga ehtimol ta’cir qilsa 
bo`lar, unga aql-idrok, ilm-fandan saboq berish ham mumkindir. Lekin uni 
o`zgartirish mumkin emas. Demak, san’atkor borliqni biror toifa tomonida turib aks 
ettirishi mumkin. Bu tendentsiozlik yoki tarafkashlik deyiladi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin