Adabiyotshunoslik. Tarjimashunoslik literature. Translation studies


“Tarixi muluki аjam” uslubidagi asosiy jihatlar



Yüklə 278,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü278,62 Kb.
#169315
1   2   3   4   5
qodirjon-ergashev.-tarixi-muluki-ajamning-uslubiy-xususiyatlari

“Tarixi muluki аjam” uslubidagi asosiy jihatlar
Bizning tekshirishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, “Tarixi muluki 
аjam” uslubining asosiy jihati unda ikki – ilmiy va adabiy uslublar 
unsurlarining mavjudligi va sintezida namoyon bo‘ladi. Bu hol 
bejiz bo‘lmay asar strukturasida bir-biri bilan uzviy bog‘langan ikki 
plastning mavjudligi bilan izohlanadi. Bular ilmiy va adabiy plastlar 
bo‘lib, “Tarixi muluki аjam”dagi tarixiy ma’lumotlar, faktlar, tarixiy 
voqealar va hodisalar qaydi 
ilmiy plastni
, ularning badiiylashtiril-
gan bayoni, afsonaviy-romantik talqini 
adabiy plastni
tashkil etadi.
“Tarixi muluki аjam”da ilmiy uslubga xos xususiyatlar 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Tarixiy ma’lumotlar va bilimlarning tizimlashtirilishi va 
o‘quvchiga tizimli (sistemali) tarzda taqdim etilishi. 
Ma’lumki, ma’lumotlar va bilimlarning tizimga solinishi turli 
tarzda amalga oshirilishi mumkin. Navoiy bunda sulolaviy prinsipni 
tanlaydi va ma’lumotlar va faktlarni ana shu asosda tizimlashtiradi. 
Asarda Ajam tarixiga oid ma’lumotlar o‘sha davrda hukmronlik 
qilgan to‘rt sulolaga mos ravishda to‘rt qismga bo‘lib bayon etilgan. 
Har bir qism o‘z navbatida sulolalarning vakillariga bag‘ishlangan 
bo‘limlardan iborat. Bunda sulola vakillari ularning hukmronlik 
yillariga mos ketma-ketlikda zikr qilinadi, ya’ni sulolaviy prinsip 
bilan birga xronologik prinsip ham amal qiladi.
2. Bayonning aniqligi va ravshanligi. 
Ilmiy uslub aniqlik va ravshanlikni talab qiladi. Navoiy buni 
yaxshi tushungan. Uning tarixchi Mirxondga tarix kitobining uslubi 
sodda, iboralari majoz, istiora, kinoya va boshqa murakkabliklardan 
xoli, har kim uchun tushunarli bo‘lishi haqidagi so‘zlari shundan 
dalolat beradi. Aniqlik va ravshanlikka erishishning eng maqbul
yo‘li – soddalik. Shu sababli muallif “Tarixi muluki аjam”da matn 
tuzishning kombinatsiyali usulini deyarli ishlatmaydi, murakkab 
badiiy vositalar va san’atlarni qo‘llashdan o‘zini tiyadi. Biz asar 
matnida u yoki bu hukmdor ta’riflangan yoxud uning faoliyatiga
baho berilganda aniq, ayni paytda sodda va qisqa sifatlashlar 
qo‘llaganini ko‘ramiz: 
oqil, odil, zolim, johdo‘st, badgumon, xiradmand, 
nodon
va hokazo. Masalan, Shopur binni Ardasher haqida: “Va 
oqil-u odil podshoh erdi”; Bahrom binni Hurmuz haqida: “Va bu 
Bahrom xudoparast erdi, va xiradmand podshoh erdi”; Faridun 


44
Qodirjon ERGASHEV
haqida: “Yaxshi axloqliq, olim va odil podshoh erdi”; Hurmuz binni 
Nasri haqida: “Ul bag‘oyat mutajabbir va mutavahhish kishi erdi”; 
Yazdijurd binni Bahrom haqida: “... ul zolim va nodon kishi erdi”.
Muallif faqat hukmdorlarni ta’riflashda emas, ular bilan 
bog‘liq tarixiy voqealarni bayon qilishda ham aniqlik, ravshanlikka 
intiladi va bu hol matn kompozitsiyasida o‘z aksini topadi. Matnning 
ko‘p hollarda uncha uzun bo‘lmagan, ixcham jumla va gaplardan 
iborat bo‘lishi va ularning har biri konkret bir ma’lumot, axborot 
yoki faktni o‘z ichiga olishi shundan dalolat beradi va Shopur binni 
Ardasher zikridan olingan quyidagi parcha misolida bunga ishonch 
hosil qilish mumkin:
“Chun otasi o‘rnida taxtqa o‘lturdi, ota rasmi va qonunin 
tag‘yir bermadi va ul tayin qilg‘an elni viloyatlaridin va manosibidin 
azl qilmadi. Va oqil-u odil podshoh erdi. Va anga arz qildilarkim, 
Qustantaniyada Rum qaysari o‘z haddidin tajovuz qilibtur. Shopur 
Nisibin shahrin muhosara bila oldi va qaysarning xazoyinin tasarruf 
qildi. Qaysar o‘z haddin bilib, shafi’lar vosita qilib, xiroj qabul qildi. 
Shopur fath va nusrat bila qaytti. Va aning osoridin Xurosonda 
Nishopurdirkim, ani Tahmuras bunyod qilib erdi, tuganmasdin 
burun buzug‘luqqa yuz qo‘ydi. Ammo Shopur ani yangi boshtin 
shatranj bisoti bila vaz’i bila obodon qildi” [Навоий 1967 (a), 210]. 
3. Bayonning izchilligi. 
“Tarixi muluki аjam”da Navoiy tarixiy ma’lumotlarni bayon 
etishda izchillikka qat’iy rioya qiladi. Asarning har bir qismi 
xronologik planda ham, mazmun planida ham oldingi qismlarning 
uzviy davomi sifatida namoyon bo‘ladi. Muallif voqealardan oldinga 
o‘tib ketmaydi. Shuningdek, muayyan fikrlar yoki voqealar bayonini 
bir nuqtada to‘xtatib, boshqalariga o‘tish, keyin esa yana avvalgi 
voqealarga qaytish holatlari ham deyarli kuzatilmaydi.
Izchillik matnning ichki tuzilishida ham saqlanadi. Bunda har 
bir jumla, ibora va uning mazmuni oldingilari bilan bog‘liq bo‘lib,
ulardagi fikrni davom etdirish, to‘ldirish hamda rivojlantirishga 
xizmat qiladi va bayonni ilgari surib, bayon zanjirining bir xalqasini 
tashkil etadi.
4. Fikrlarning asoslanishi va dalillanishi, ma’lumot va fakt-
larning tasdiqlanishi. 
Ilmiy asarlarga va ilmiy uslubga xos bu xususiyatlar “Tarixi 
muluki Ajam”da ham mavjud. O‘zi berayotgan ma’lumotlar va bayon 
qilgan fikrlarni asoslash maqsadida Navoiy bir qator manbalarga 
murojaat qiladi. “Nizom ut-tavorix”, “Jome’ ut-tavorixi Jaloliy”, “Tarixi 
Tabariy”, “Jome’ ut-tavorixi Banokatiy”, “Muntaxob ut-tavorix”, 


45
“Tarixi muluki ajam”ning uslubiy xususiyatlari
“Devon un-nasab”, Hamidulloh Al-Mustavfiyning “Tarixi guzida”, 
G‘azzoliyning “Nasihat ul-muluk”, Sharafuddin Ali Yazdiyning 
“Zafarnoma”si, Qozi Bayzoviyning tarixiy asari, Mirxond asarlari 
shular jumlasidandir.
Bundan tashqari Navoiy adabiy asarlar – dostonlarning
tarixiy shaxslar va voqealar bilan bog‘liq jihatlariga ham e’tibor 
qaratgan va o‘z kitobida sof tarixiy manbalar bilan bir qatorda
ularga ham murojaat etgan.
5. Tahliliy va tanqidiy ruhning mavjudligi. 
Tahlil va tanqid ilmiy uslubning asosiy komponentlaridir. 
Navoiyning manbalarga tanqidiy qaragani uning “Tarixi anbiyo va 
hukamo” asarida keltirilgan quyidagi she’ridan ko‘rinadi:
Tarix ahlining ixtilofi ko‘ptur,
“Shohnoma”ning andoqki lofi ko‘ptur, 
Ba’zi mutaassif el gazofi ko‘ptur, 
Sen degali ham nuktai vofi ko‘ptur
[Навоий 2011 (b), 623].
“Tarixi muluki ajam”ni tahlil qilish Navoiyning yuqoridagi 
she’rda bildirgan fikrlari shunchaki aytilgan so‘zlar emasligini 
ko‘rsatadi. Asarning ko‘p o‘rinlarida Navoiy tarixiy manbalar va 
ularda keltirilgan ma’lumotlarga o‘z munosabatini bildiradi, ularni 
tahlil, ayrim o‘rinlarda tanqid qiladi. Masalan, peshdodiylarning 
oxirgi vakili Girshosb zikrida u tarixiy asarlar mualliflarining
Rustami dostonni Girshosb naslidan ekanligi haqida bergan 
ma’lumotlariga ishonchsizlik bildiradi va shunday yozadi: “Ko‘prak 
tavorixda Rustami dostonni aning naslidin debdurlar. Ammo faqir 
qoshida bu qavl yiroqroq ko‘runur, nevchunkim, Zolkim, Rustamning 
otasidir, aning qoshida sipohsolor erdi va Girshosbni “Guzida”da va 
xeyli tavorixda Manuchehr nabiralig‘ig‘a chiqaribdurlar va Rustamni 
Som binni Narimon binni Atrub binni Abtung‘a yеtkurubdurlar, 
vallohu a’lam” [Навоий 1967 (а), 192].
Doro zikrida Navoiy uning o‘limiga doir ikki versiya keltiradi 
va “Avvalg‘i qavl sahihroqdur” deya ularning birinchisi ishonchliroq 
ekanini ta’kidlaydi. Asarning Ashkoniylarga bag‘ishlangan qismida 
u Hamidulla Mustavfiyning “Tarixi guzida” asarida o‘z fikriga o‘zi 
qarshi borgan holatni qayd etadi va tanqid qilib shunday yozadi: 
“Guzida”da Hamidulloh Al-Mustavfiy uch firqa qilib, yigirma bir 
podshoh bitibdur va ani muluki tavoyifdin tutubdur. Go‘yoki bu xud 
g‘alatdurkim, alar muluki tavoyif bo‘lg‘aylar, nechunkim o‘zi-o‘q 
tanoquz kelturubdurkim, muluki tavoyifdin ba’zini Ashk binni Doro 
o‘lturdi va Ashkoniylarni bu Ashk binni Doro nasli debdur” [Навоий
1967 (а), 204].



Yüklə 278,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin