134
135
kirish bob o‘ziga xos kompozitsiyaga aylangan. Navoiyning
tafakkur tarzi va tasvir uslubiga xos sistemali yondashuv de
bochadagi boblar tartibi va tasvirida aniq namoyon bo‘ladi.
Navoiy tasvir uslubiga muayyan fikrni turlicha poetik ifo-
dalarda tasvirlash – poetik variatsiya hodisasi ham xos. Na
voiy tasviridagi poetik variatsiya tabaqalanish xususiyatiga
ham ega, ya’ni ularning ba’zilari murakkab bo‘lsa, ba’zilari
sodda xarakter kasb etadi, poetik variatsiyaning xilma-xilligi
istalgan saviyadagi kitobxonga ijodkor fikrining yetib borishi
ga zamin bo‘lgan.
Alisher Navoiy ijodining Ozarboyjon
adabiyotiga ta’siri
1
Jahon adabiyotshunosligida Alisher Navoiy ijodini o‘rga-
nish qariyb olti yuz yillik tarixga ega bo‘lib, bu davr mobayni
da Sharq va G‘arb mamlakatlarida navoiyshunoslikka doir
ko‘plab durdona asarlar yaratildi hamda ulug‘ shoir va mu
tafakkir ilmiy-ijodiy merosining jahon madaniyati tarixidagi
o‘rni yuqori baholandi.
O‘zbek-ozarboyjon adabiy aloqalari,
Alisher Navoiy
she’riyati, shoir ijodining ozarboyjon mumtoz adabiyoti
ga ta’siri va adabiy merosining Ozarboyjonda o‘rganilishi
kabi masalalar B.Valixo‘jayev, A.Hayitmetov, Yo.Is’hoqov,
N.Komilov, A.Hojiahmedov, A.Rustamov, M.Muhiddinov,
A.Qayumov, S.G‘aniyeva, R.Vohidov, M.Hakimov, I.Haqqulov,
A.Abduqodirov, M.Akbarova, N.Bozorova, K.Mullaxo‘jayeva,
M.Sharipov kabi olimlarning ilmiy asar hamda maqolalarida
o‘z aksini topgan.
1
Султанов Т. Алишер Навоий ва Озарбайжон адабиёти: тарихий илдизлар, анъаналар,
ворисийлик (Кишварий ва Содиқий асарлари мисолида). – Тошкент, 2019.
Mushtarak til, madaniyat va an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek
va ozarboyjon xalqlari orasidagi tarix uzoq o‘tmishga borib taqa
ladigan adabiy aloqalar XV asrda Alisher Navoiy tufayli yuksak
cho‘qqiga chiqdi. Nizomiy Ganjaviy, Imodiddin Nasi miy, Ashraf
Marog‘iy, Qosim Anvor kabi ozarboyjon shoirlarining asarlari-
dan bahramand bo‘lgan Navoiy o‘z
davridan boshlab hozirga
qadar Kishvariy, Xatoyiy, Fuzuliy, Rahmatiy, Sodiqiy, Amoniy,
Zafar, Soib, Qo‘vsiy va boshqa ko‘plab ozar shoirlarining ijo-
diga ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek shoiri ijodiyotidagi insonparvarlik,
chuqur ma’no, yuksak san’atkorlik mahorati asarlarining ulkan
jo‘g‘rofiyada – butun Turkistondan tashqari Ozarboyjon, Eron,
Turkiya va hatto Hindistonda ham yoyilishiga sabab bo‘ldi. Na
voiyshunos olim Porso Shamsiyevning ta’kidlashicha, Navoiy
qo‘lyozmalarining dunyoga tarqalishida Abduljamil va Sulto
nali Mashhadiy kabi xattotlar muhim o‘rin tutgan.
Ko‘pchilik manbalarga asoslangan
holda shuni ayta ola-
mizki, Nizomiy merosi O‘zbekistonda Navoiy davriga qadar
ham keng yoyilgan, sevib o‘qilgan edi.
Alisher Navoiy ozar
shoiri Nizomiy Ganjaviyning «Panj ganj» asaridan badiiy
ta’sirlangan holda turkiy tilda «Xamsa» asarini yozgan bo‘lsa,
Ozarboyjonda Ne’matulloh Kishvariy,
Muhammad Fuzuliy,
Sodiqbek Afshor Sodiqiy, Ahdiy Bag‘dodiy va boshqa mashhur
ijodkorlar Navoiy asarlaridan ilhomlanib nazira, taxmis, taz
kira hamda dostonlar yaratishdi.
Navoiy ijodining ozarboyjon adabiyotiga ta’sirini ko‘rsa-
tuvchi eng muhim manbalardan biri chig‘atoy lug‘atlaridir.
Bunday lug‘atlarning aksariyati Eron va Ozarboyjonda yozil
gani e’tiborni tortadi. Mualliflar orasida faqat Fazlullohxon
va Muhammad Ya’qub Chingiy hindistonlikdir. Mazkur lug‘at
larning Hindistonda yaratilishi Navoiy asarlari ta’sir darajasi
ni yoritishda muhim ahamiyatga ega.
136
137
Ushbu asarlardan «Badoye’ ul-lug‘at» chig‘atoy tilining eng
eski lug‘atlaridan biridir. Iroq shevasi va ozarboyjon tili xu-
susida so‘z yuritilgani lug‘atning originalligini belgilaydi.
Yana bir muhim lug‘at «Sangloh»da ozarboyjon shoiri Mu
hammad Fuzuliy ijodidan namunalar keltirilgan.
XVI asrda Safaviylar hukumat tepasiga kelishdi. Ozarboy
jon adabiyotining oltin davri hisoblanadigan mazkur asrning
eng taniqli shoirlari Xatoyiy (Shoh Ismoil) va Fuzuliydir. Xa
toyiy (1486–1524) Fuzuliy va Soibdan oldin Navoiy yo‘lidan
borib, o‘z asarlarini ona tilida yozish orqali ozarboyjon adabiy
tilining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan. Uning devo
nidan
tashqari, «Dahnoma», «Nasihatnoma» nomli doston
lari ham sodda, xalqqa tushunarli tilda yozilgani bilan ajralib
turadi.
Xatoyiy ijodida Navoiy she’rlariga o‘xshash jihatlar ko‘p.
U ham Navoiy kabi insonning mavjudligini kuylash, uning
samimiy, real va hayotiy muhabbatini ulug‘lash,
hayotdan
zavqlanish, umrdan unumli foydalanish g‘oyalarini ilgari sur
gan. Jumladan, uning «Gәlmәdi» («Kelmadi») radifli g‘azali
vazn, radif va uslub jihatdan Navoiyning mashhur «Kelmadi»
radifli g‘azalini eslatadi:
Dostları ilə paylaş: