P.M.Topper (1923–2010) – rus adabiyotshunos olimi, tar
jimon. «Chet el adabiyoti» (Иностранная литература) jurna
li tahririyati a’zolaridan biri. Uning ilmiy izlanishlari asosan
urush mavzusini rus va jahon adabiyoti kontekstida o‘rga-
nishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari tarjima nazariyasi,
tarjimashunoslik tanqidi bilan ham shug‘ullangan. Tarjima-
ning qiyosiy adabiyotshunoslik obyekti ekanini ilmiy nazariy
jihatdan asoslab, «Tarjima qiyosiy adabiyotshunoslik tizimi
da» mavzusida fundamental asar yaratgan.
Boris Reyzov (1902–1981) – Yevropa adabiyoti bo‘yicha
mutaxassis. XIX asr fransuz tarixiy romanlarini jahon adabiy
kontekstida tadqiq qilgan. «Stendal romanist»(1939) mavzusi
da yirik fundamental asari mavjud.
Yu.Borev (1925) – akademik, rus adabiyotshunos olimi.
50 dan ortiq monografiya, 500 dan ortiq maqolalar mualli
fi, ilmiy asarlari dunyoning 41 ta tiliga tarjima qilingan.
«Академические тетьради» jurnalining bosh muharriri. Ilm
olamida mashhur bo‘lgan «Estetika» asari estetika va ijodiy
faoliyatni qiyoslab o‘r gangan. Yozuvchi uslubini estetik kate
goriya sifatida ochib bergan.
R.Zimner (Rüdiger Zymner) – nemis zamonaviy kompara-
tivist olimi. Germaniyaning Bergish universiteti professo
ri
1
Qiyosiy adabiyotshunoslik, nazariyasi va metodologiyasi
bo‘yicha ko‘plab kitoblar muallifi. Olimning 2013-yilda ham
mualliflikda nashr qilingan ilmiy asari (Handbuch Kompara-
tistik: Theorien, Arbeitsfelder, Wissenspraxis) bu boradagi
fundamental asarlaridan biri sanaladi
2
.
V.R.Amineva– rus zamonaviy komparativist olimasi.
Rossiyaning Qozon shahridagi filologiya va madaniyatlararo
kommunikatsiya instituti professori. Qiyosiy va chog‘ishtirma
adabiyotshunoslik bo‘yicha bir qancha qo‘llanmalar va badiiy
asar poetikasi, semiotikasi, semantikasi bilan bog‘liq ko‘plab
ilmiy maqolalar muallifi.
3
1
www.germanistik.uni-wuppertal.de/de/teilfaecher/neuere-deutsche-literatur/perso nen/
ruediger-zymner.html
2
Handbuch Komparatistik: Theorien, Arbeitsfelder, Wissenspraxis / Hrsg. von Zym ner R.,
Hölter A. – Stuttgart: Verlag J.B. Metzler, 2013. – 406 s.
3
https://scholar.google.ru/citations?user=I_id2N4AAAAJ&hl=ru