Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

A.Dima (XXasr) – rumin adabiyotshunosi, akademik, qi-
yo siy adabiyotshunoslik xalqaro assotsiatsiyasining a’zosi. 
Uning mashhur «Qiyosiy adabiyotshunoslik tamoyillari» mo-
nog rafiyasi da jahon komparativistikasining tadrijiy taraqqiyoti, 
rumin qiyosiy adabiyotshunosligi, xalqaro adabiy aloqalar ning 
turlari va shakllari, komparativistikaning nazariy va ama-
liy ahamiyati kabi bir qator masalalar yoritilgan. Olim xalqaro 
adabiy aloqalarning turlari haqida yozar ekan, genetik jihat­
dan yaqin bo‘lmagan, ijtimoiy va tarixiy jihatdan uzoq xalqlar 
adabiyotida ham tipologik o‘xshashliklar bo‘lishi mumkinligini 
isbotlaydi
1
. A.Dima yaratgan nazariya turli xalqlar adabiyotida 
o‘xshash va farqli tomonlarni tahlil qilish orqali, ular orasida­
gi umumiy qonuniyatlarni aniqlash imkonini beradi (Masalan, 
Mark Tven va G‘afur G‘ulom asarlari komparativistikasi)
A.N.Veselovskiy (1838–1906) – rus adabiyotshunosi, aka-
demik. Tarixiy poetika nazariyasi asoschisi, qiyosiy-tarixiy 
adabiyotshunoslik bo‘yicha yetuk mutaxassis olim sifatida 
slavyan, Vizantiya, G‘arbiy Yevropa xalqlari adabiyotini ja­
hon adabiyoti kontekstida o‘rgangan. «Roman va qissa tarixi», 
«Tarixiy poetika» kabi ilmiy asarlar muallifi.
V.M.Jirmunskiy (1891–1971) rus adabiyotshunosi, kom­
parativist olimi, xorij va o‘zbek adabiyoti tadqiqotchisi. Tur­
li xalqlar adabiyoti tipologiyasini, jumladan «Odisseya» va 
«Alpomish» asarini qiyosan o‘rganish asosida sayyor (ko‘chib 
yuruvchi) motivlar nazariyasiga asos solgan. «Turkiy epos», 
«Qofiya tarixi va nazariyasi», «Adabiyot nazariyasi», «Qiyosiy 
adabiyotshunoslik», «Bayron va Pushkin kabi ilmiy asarlar 
muallifi. Turkiy qahramonlik eposining paydo bo‘lishi, shakl-
lanishi va qarindosh bo‘lmagan boshqa xalqlar eposlariga 
ta’siri borligini ilmiy jihatdan isbotlangan. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin