MUSALLASCHILIK TEXNOLOGIYASI
Jahonda yetishtirilgan uzumning asosiy miqdori musallas uchun ishlatiladi. SHu
maqsadda ishlatiladigan xom ashyoni yetishtirish tarixi o’z ichiga ko’p asrlarni oladi.
O’rta Osiyoda Iskandar Zulqaynar istilosidan avval, ya’ni eramizdan oldingi IV asrda
uzum yetishitirilgan. Greklarning istilosidan keyin esa shu yerlarda uzumchilik,
ayniqsa musallaschilik rivojlangan davr (eramizdan avvalgi 1 asr) edi. Musallaschilik
bilan Farg’ona vodiysi mashxur bo’lib, u yerdagi ba’zi badavlat xo’jaliklarda katta
tokzorlar bo’lib, u yerlarda musallas tayyorlanar edi. VII asrda, ya’ni arab istilosi
boshlanganida hozirgi O’zbekiston diyorida uzumchilik va mussallaschilik juda
rivojlangan davr edi.
O’rta Osiyoga XIII asrda mug’ullar bostirib kelishi natijasida butun qishloq
xo’jalik qatori uzumchilik ham inkirozga uchradi.
Keyingi asrlarda, aniqrog’i XV asrda uzumchilik tiklandi, ammo o’sha davrdagi
Xorazm, Buxoro, Qo’qon davlatlarida hukm surgan feodalizm davrida hamda
musulmon dinini tarqalishi natijasida musallas iste’mol etish taqiqlandi. SHu sababli
bu yerlarda uzumning xo’raki va kishmish navlari yetishtirila boshlandi. Ana shu
navlardan hozirgi kungacha Baxtiyori, Bishti va boshqalar yetib kelgan bo’lib, ular
xo’raki maqsadda va shinni tayyorlash uchun ishlatilgan. SHunday taqiqlarga qara-
masdan mavhum sharoitlarda quritilgan uzumdan musallas tayyorlangan.
Musallaschilik texnologiyasi - bu uzumning qayta ishlashni alohida diqqatga
sazovor sohasidir. SHu bilan bir qatorda bu soha juda qadimiy bo’lishiga qaramasdan
u deyarli o’zgarmagan. Uzumni qayta ishlash va musallas tayyorlash ochiq havoda
yoki maxsus musallas xonalarda tayyorlangan. Uzum oyoq, qo’l yoki shu maqsad
uchun tayyorlangan yog’och moslamalar yordamida ezilgan. XIX asrga kelib, avval
yog’och keyin temirdan yasalgan uzumni maydalovchi (drobilkalar) moslamalar bun-
yod etildi. Bu moslamalardan chiqqan bo’tqani qoplarga solib, har xil presslar
yordamida ezib sharbat olingan. Bo’tqani achitish, musallasni saqlash va tashish
uchun sopol va yog’och idishlardan foydalanilgan. Uy sharoitida asosan tarkibida 9-
12 % spirt bo’lgan oddiy musallaslar tayyorlangan. Ba’zi yerlarda dorivor o’tlar
qo’shib, xushbo’y musallaslar tayyorlangan.
Uzum mevasi musallaschilikda suvdorligi, tarkibida qand miqdorining ko’pligi,
bir tekis nordonligi, boshning turli qismlarida mavjud xilma-xil moddalarga boyligi
bir-biridan farq qiladigan musallaslar olish imkonini beradi. Bir qator sharoitlarda
po’stloq, urug’ va bandi ham mahsulot sifatiga ta’sir etadi. Normal sharoitda yetilgan
uzum boshining 3-7 % meva bandi, 15-20 % po’sti, urug’i 3-6 % va 75-85 % laxm
sharbati bilan tashkil etadi.
26
Uzum musallassi, uning sifati va tarkibi turli ekologik omillarda yetishtirilgan va
qo’llanadigan agrotexnik tadbirlarga bog’liq.
Musallaslarni yetilish asosida havodagi kislorod va moddalar bilan bog’liq
bo’lgan oksidlanish-tiklanish jarayonlari tashkil etib, ular yoxud oksidlanishga
qarshilik ko’rsatadi yoki aksincha oksidlanishga yordam beradi. Ikkilamchi musal-
laschilik texnologiyasi kislorod qo’shish va oksidlanish-tiklanish jarayonlarini
boshqarishga asoslangandir.
Musallasni yetilishi uchun tindirish va saqlashga ajratiladi. Tindirish vaqt bilan
bog’liq bo’lib, texnologik ishlov beriladi, unda musallas eng yuqori dasta sifati va
ta’mga ega bo’ladi. Buning uchun turli kislorod va harorat muhitida tindirish, kislo-
rodsiz stolovoy va shampan musallaslarini butilkalarda tindirish va nihoyat yirik
rezervuarlarda tindirish turlari amalga oshiriladi. Saqlash musallasning sust holati
bo’lib, unda ishlov berilmaydi, u yetilmaydi, ammo o’z sifatlarini dam olish hisobiga
yaxshilaydi.
Musallaslarni tindirish, saqlash va yetilish jarayonlari ularni ikki yo’nalishdagi
ishlov berish bilan uzviy bog’langan:
musallas turini shakllanishi va yetilishdagi-idishdan-idishga quyish, turli
Dostları ilə paylaş: |